681
amaldorlarining olib borayotgan harakatlariga keskin e’tirozini bildirar ekan, bu
yurt ulug‘ zotlar beshigi ekanligini uqtirmoqchi bo‘ladi:
Singiljon hamsoya bo‘lding, sirni pinhon etmagil,
O‘zbeku g‘ayriya bu deb, millat isyon etmagil.
Pokiza ustolda o‘tirmoq ajab bergay shukuh,
Bu faqat bizlarg‘a xos deb fikri nodon etmagil.
O‘zbek ahlidin nechand olim chiqqandir bilsangiz,
Shak kelturub ilmimizg‘a fe’li shayton etmagil [1, 54].
Anbar Otinning yoshligi qiyinchilik bilan o‘tdi. U Dilshodi Barno maktabida
tahsil oldi va 14 yoshida majburan turmushga berildi. Maktabdagi tahsil esa o‘z-
o‘zidan to‘xtatildi. Lekin Anbar Otin o‘qish jarayonida ustozlari e’tiboriga tushib,
adabiyot sirlaridan to‘liq boxabar bo‘lishga ulgurgan edi.
Dilshodi Barno unga
shunday ta’rif beradi: “Navoiy, Fuzuliy, Hofiz, Bedil nazmig‘a oshufta
bo‘lg‘onlardin Anbar oy sakkiz yoshidin o‘n to‘rt yoshig‘acha ta’limi adab
mashg‘uli erdi. O‘z yozg‘on nazmlarni ko‘rsatur erdi. Ani saliqasig‘a tan berur
erduk. Ul qiz ulug‘ shoira bo‘lub yetushur, deb umidim bor” [3, 16]. Darhaqiqat,
Anbar Otin yetuk shoira edi. Undagi qat’iyat, millat taqdiri uchun kuyinish hislari
shu davrda ijod qilgan shoirlarning ko‘pchiligida uchramaydi. Anbar Otin
shoirlikni, eng avvalo, xalq dardini tushunish va haq so‘zni ayta olishda, deb bildi.
U o‘z safdoshlariga ham shunday talab qo‘ydi. Oddiy xalq zo‘rg‘a kun ko‘rayotgan
davrda ulug‘ insonlarni madh qilib she’r yozish uning uchun qabul qilib bo‘lmas
holat edi:
She’r yozsangiz, xaloyiq holidin mavzu eting,
Ko‘p ulug‘larni madh etmoq erur bu isrof.
Avvalo, o‘ylang el ichra zindagi qay xildadur,
Ikki yoqlik zulmni, siz aylang hamesha e’tirof [1, 48].
Turkiston tariqat peshvolari, ulug‘ avliyolar,
mutafakkir allomalar,
arslonkelbat bahodirlar yurti bo‘lgan. Undagi jasur o‘g‘lonlar jur’ati butun olamga
ibrat qilib ko‘rsatsa arzigulik. Bu buyuk zotlarning eng asosiy xislati, shubhasiz,
ilmu ma’rifat sohibi ekanligidir. Xalq rahnamolari,
mard himoyachilarning keng
tafakkur sohibi bo‘lganlari xalq dostonlarida, ayniqsa, yaqqol ifoda qilinadi. Shu
o‘rinda “Alpomish” dostonidagi bir voqeani esga olsak. Hakimbek etti yoshida
Alpinbiy bobosidan qolgan o‘n to‘rt botmonli yoyni ko‘tarib, Alpomish nomini
olganidan so‘ng otasi bilan suhbat qiladi. Boybo‘ri o‘g‘lidan kishi nimadan baxilu,
nimadan saxiy bo‘lishi haqida so‘raydi. Alpomishning javobi esa hayratomuz edi:
“Vaqt-bevaqt
birovnikiga mehmon kelsa, otini ushlab, joyi bor bo‘lsa, ko‘nglini
hushlab jo‘natsa, bul ham saxiy; agar joyi bor turib, joy yo‘q deb qo‘ndirmay
jo‘natsa, bul odam baxil. Vaqt-bevaqt kishi bir mozorotning qabatidan o‘tsa, chap
oyog‘ini
uzangidan chiqarib, mozordagi odamlarning haqiga duo qilib o‘tsa, bul
682
ham saxiy, agar bunday qilmasa, baxil” [3,12]. Anbar Otin zamon farzandlarining
bobolaridek jasorat va ma’rifat egasi bo‘lishlariga juda orzumand:
Dostları ilə paylaş: