Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə322/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   431
Anjuman Boku (6)

 
Ключевые слова:
 повесть, фелетон, джадед, джадидизм, поэтика. 
XX asr jadid adabiyotini kuzatar ekanmiz, bir necha asrlik oʻzbek mumtoz 
adabiyotiga shiddat bilan yangi-yangi ise'dodlar, yangi yoʻnalishlar va yangi til 
kirib kelganini koʻramiz. Oʻtgan asr boshlarida adabiyotimizda misli koʻrilmagan 
darajada novatorlik koʻrsatgan ijodkorlardan bir bu, shubhasiz, Choʻlpondir.
Uning ,,Kecha va kunduz" romani, ,,Yorqinoy" dramasi, oʻziga erkinlik va hurlik 
tuygʻularini singdirgan sheʼrlari adabiyotimizning eng sara namunalaridan 
hisoblanishi ham bor gap. Ammo sobiq tuzum davridagi mafkuraviy hukumronlik 
oʻz vaqtida shoirning ijodini adolatli tarzda oʻrganishga, tadqiq etishga imkon 
bermadi. Oʻtgan asrning 20-yillarida shoir ijodi shov-shuvli baxs munozaralarga 
sabab boʻlgan boʻlsada, adabiyotshunos Olim Sharofiddinovning ,,Kecha va 
kunduz" romani haqidagi kichik informatsiyasi va ,,fosh etish" ruknidagi 
taqrizidan[1:6] soʻng Choʻlpon ijodi faqatgina mafkuraviy jihatdan tadqiq etlidi. 
Adib ijodining badiiy jihatlari, nasr poetikasi qariyib oʻrganilmadi. XX asrning 80-
yillariga kelib Choʻlpon nomini oqlashga harakatlar boshlanganidan soʻng, bir 
qator adabiyotshunoslar shoir ijodini badiiy nuqtai nazardan tadqiq etishga 
kirishdilar. Jumladan, O. Sharofiddinov va R.Otayevlar oʻz maqolalarida ,,Kecha 
va kunduz"ning syujet-kompozitsion qurilishi, undagi obrazlar tizimi, adibning 
xarakter yaratish mahorati haqida fikr bildirildi. O.Sharofiddinov va 
N.Karimovning ilmiy-ommabop risolalarida tahlilga tortilgan nasriy asarlar orqali 
oʻquvchini Choʻlponning badiiyat sirlariga oshno qilishga intlish boshlandi. 
Ammo, xalqimiz, adabiyotimiz tarixida munosib oʻringa ega boʻlgan Choʻlpon 
ijodini, uning shaxsiyatini mustaqillik gʻoyalari bilan neytral tahlilga tortish 
masalasi koʻndalang boʻlib turaverdi. Mustaqillik yillarining boshida mana 
shunday masʼuliyatli vazifani yelkasiga olganlardan. biri Dilmurod Quronov 
boʻldi. 
Bu borada olib borilgan ishlar samarasi oʻlaroq, Dilmurod Quronov
1993-yil ,,Choʻlponning ,,Kecha va kunduz" romanida xarakterlar psixologizmi" 
mavzusida nomzodlik hamda 1998-yilda ,,Choʻlpon poetikasi" mavzusida 
doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Choʻlpon ijodini gʻoyaviy-mafkuraviy 
qoralanishi haqida gapirar ekan, domla ,avvalo, jadid adabiyoti haqida fikr 
yuritadi.


703 
,,Turkistondagi jadidchilik harakati ham Yevropa ma'rifatchiligi singari 
mafkura edi. Konkret ijtimoiy-tqrixiy sharoitda-yurt mustamlaka zulmi ostida 
ezilgan, jahon taraqqiyotidan uzilib, qoloqlik domiga tushib qolgan bir paytda bu 
xilda yashab boʻlmasligini teran idrok etgan ziyolilar ijtimoiy hayotni isloh qilish, 
millatni taraqqiy ettirish harakatiga tushgan edilar".[2:13] ,,Choʻlpon nasri 
poetikasi"dan olinga ushbu fikrlar orqali adabiyotshunos jadid adabiyoti oʻzining 
shakl hamda mazmun darajasi jihatidan Yevropa marifatchilik adabiyoti singari 
maʼlum gʻoyalarga ega boʻlganligini, faqatgina millatning yuksak tafakkurli 
farzandlarigina buni oʻz vaqtida anglab, harakatga tushganini aytadi. Shu 
jumladan, Choʻlponning ham ushbu safda ekanligini taʼkidlar ekan, Choʻlpon oʻz 
boshidan nimaki zulm, adolatsizlik oʻtkazgan boʻlsa, barchasi millat va xalq uchun 
boʻlganligini aytadi. 
Choʻlpon asarlarining janr xususiyatlarini belgilash borasida soʻz borganida 
ham adabiyotshunoslikda koʻp yillar chalkash, tahrirga muhtoj boʻlgan 
maʼlumotlarga duch kelamiz. ,,Sadoyi Turkiston" gazetasining 1914-yil 6-sonida 
eʼlon qilingan ,,Qurboni jaholat" asari Choʻlponning birinchii nasriy asari sifatida 
qaralib, shoir tomonidan ,,feleton" deb belgilangan. Adabiyotshunoslikda uzoq 
yillar davomida ,,ushbu asar ,,feleton" emas, hikoya talablariga mos keladi. Asar 
janrini belgilashda Choʻlpon xatolikka yoʻl qoʻygan" degan fikr oʻrnashib qolgan.
Bu haqida adabiyotshunos S.Mamajonov ,,Garchand ,,Qurboni jaholat"ni 
yozuvchining oʻzi feleton desa-da, asl mohiyatiga koʻra hikoyadir. Choʻlpon uning 
tanqidiy ruhiyatidan kelib chiqib feleton deya belgilagan boʻlishi mumkin"[4:5] 
deya izohlaydi. Dilmurod Quronov ,,Choʻlpon nasri poetikasi"da olimning asar 
janri borasidagi fikrlariga qoʻshilgan holda, maʼlumotlarga aniqlik kiritadi. 
,,Sadoyi Turkiston" gazetasining 6-sonini koʻzdan kechirar ekanmiz, katta harflar 
bilan ,,feleton" deb yozilgan, ikki tarafidan naqsh bilan bezatilgan, ostida kichikroq 
harflar bilan hikoya nomi ,,Qurboni jaholat" yozilgan. Odatda janr belgilanganda 
sarlavha ostida yozilar edi. Ehtimol, u paytlar bu narsa rasm boʻlib ulgurmagandir.
Gazetalar taxlamini varaqlashga davom qilsak, 24-sonda yana yuqoridagicha 
tartibda yozilgan ,,feleton"soʻziga duch kelamiz. Uning ostida hikoya nomi 
,,Doktor Muhammadiyor" sarlavha ostida esa yana ham kichikroq harflar bilan 
,,hayoliy hikoya" deb yozilgan. Tabiiy savol tugʻiladi: agar Choʻlpon ,,Qurboni 
jaholat"ni tanqidiy ruhidan kelib chiqib ,,feleton" desa unda nega keyingi 
hikoyasining janrini ham shunday belgilaydi? Oʻylashimizcha, ,,Doktir 
Muhammaddiyor" sarlavhasi tepasidagi feleton soʻzi uning janriga ishora 
qilmaganidek, avvalgi hikoya eʼlon qilingan sondagi feleton soʻzi ham 
Choʻlponga aloqador emas. Gap shundaki, feleton soʻzining dastlabki maʼnosi 
hozirgisidan birmuncha farqli edi. Matbuotda ilk bor 1800-yil 28- yanvardan paydo 
bo’lgan atama fransuzcha ,,varoq" soʻzi bilan bogʻliq. Oʻshanda ,,Jurnal de deba"


704 
nomli Parij gazetasi qoʻshimcha varoq ilova qildiki, bu gazetaning feleton nomli 
yangi rukniga asos soldi. Yevropa matbuotida tez ommalashib ketgan bu rukn 
ostida odatda nosiyosiy, norasmiy materiallar, eʼlonlar, moda yangiliklari, teatr 
talqinlari hikoya va hatto romanlar eʼlon qilina boshladi. Atamaning hozirgi 
maʼnoda qoʻllanishi publitsistikaning ijtimoiy-siyosiy tanqidiy ruhidagi alohida 
janrini anglata boshlashi 19-asr oxiriga togʻri keladi. Bizningcha, har ikki hikoya 
eʼlon qilinganda uchratganmiz ,,feleton" soʻzi Choʻlponga taalluqli boʻlmas, balki, 
gazeta tahririyatiga tegishlidir."[2:27] Dilmurod Quronov ushbu dalillarni keltirar 
ekan, zamondoshlarining taʼkidlashicha, Choʻlpon mazkur hikoyalar yozilgan 
davrda anchagina adabiy, ilmiy bilimlarga ega ekanligini, Choʻlponning madrasa 
va rus-tuzem maktabi taʼlimini koʻrganligini, bu orqali esa mumtoz va jahon 
adabiyoti namunalaridan xabardor inson boʻlganligini ilova qiladi. Bu fikrlari 
orqali esa, uzoq yillar adabiyotshunoslikda oʻrnab qolgan ,,Choʻlpon ,,Qurboni 
jaholat" asarining janrini belgilashda xatolikka yoʻl qoʻygan" degan yanglish fikrga 
oydinlik kiritadi. 
Xulosa qilib aytganda, Choʻlpon ijodini asliyatga yaqin tahlil qilishda, 
Choʻlpon hayoti va ijodiga doir maʼlumotlarga tarixiy haqiqat nuqtai nazaridan 
qarashda, uning asarlarini bugungi kun yoshlariga singdirishda ustoz Dilmurod 
Quronovning xizmatlari beqiyosdir. Domlaning Choʻlpon tugʻilgan yil, ,,Kecha va 
kunduz" asarining ijtimoiy va psixologik tahlil uygʻunligi borasidagi qarashlari 
keyingi maqolalarimizning bosh gʻoyasi boʻladi. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin