Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə318/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   431
Anjuman Boku (6)

[4. 22-b]
Ruhning bir 


692 
rang (bosqich) dan boshqa rangga tadrijiy ravishda o‘tishi uning takomilini 
anglatadi. “Favoyih ul-jamol” 
[5.12-b]
asarida esa yetti rang ruhiy holat belgisi 
sifatida berilgan. Tasavvufda solihning ilk bosqich e’tiqod va iymoni, ko‘pincha, 
yashil, qizil va qora ranglar bilan izohlanadi. Yashil rang – qalbning barhayotligi 
ramzi, undan keyin keluvchi qizil – aqiq tosh ranggi esa aqli kabir (hikmat) ning 
rangidir. So‘fiylarning ruhiy holati aynan ranglar bilan bog‘liqdir. Ranglar 
solihning Alloh tomonga qo‘ygan qadamining bosqichlarini ifodalab turadi. 
Zangori rang – solikning tavba qilib tariqatga qadam qo‘yganini ifodalaydi. Sariq 
rang – solihning Alloh yodi bilan yashashini va iymonga erishishini anglatadi. 
Qizil rang esa solikning ruhi vujudidan ajrala boshlaganini va Haq ma’rifatiga 
yaqinlashayotganini bildiradi. Oq rang – haqiqatni anglash va yurakning 
poklanishiga ishora qiladi. Yashil rang vahiylikdan darak beradi. U sirlarning 
siriga, g‘aybga oshnoligini bildiradi va solihning asl mohiyatga yetishganini ham 
anglatadi. Mazkur ranglar solihning Alloh tomon ruhiy safarini anglatsa, qora rang 
Allohdan xalq sari safarni bildiradi. Futuvvat ilmida qora rang sirlar xazinasini 
egallashni va hayratga g‘arq bo‘lishni ifodalaydi. Hayratdagi ruh shariatning 
mag‘zi – hikmatni yangidan idrok etib, qorong‘u bir dog‘ ranggiga o‘raladi. 
Nihoyat solih ruhi yana Alloh huzurida paydo bo‘ladi. Keyin u qora rangdan halos 
bo‘lib rangsiz holatga kiradi. U yakranglik orqali o‘z maqsadiga yetadi. 
Navoiy o‘zining g‘oyaviy-badiiy maqsadini ifodalashda o‘zidan oldingi 
o‘tgan ustozlarning ranglar haqidagi tasavvufiy fikr-mulohazalarini inobatga olgan 
holda, uni falsafiy jihatdan boyitib hikoyatlarining mazmun-mohiyatiga singdirib 
yuboradi. Hikoyatlardagi musofirlar tomonidan aytilgan har bir hikoyatlar alohida 
rang tasvir bilan tasvirlanadi. Masalan, “Farrux va Axiy” hikoyatida qora rang 
ustuvorlik qiladi. Navoiy qora rangni futuvvat (fatiylik) bilan bog‘laydi. Qora rang 
juda ko‘p ma’no qirralariga ega. U ijobiy va salbiy sifatlarni ham ifodalab keladi. 
Qora rangni salbiy rang sifatida qabul qilish insonning mistik (mifologik) tafakkuri 
bilan bevosita bog‘liqdir. Qora rang yoshlikni, buyuklikni ham ifoda etadi. 
Qadimda qora rang turkiylar uchun buyuklik ma’nosida qo‘llangan. Qora rang turli 
xil tashkilot va firqalarning ramziy belgisi sifatida ifodalangan. Masalan, salb 
yurishida qora rang ularda ramziy ma’no kasb yetgan va kiyimlarida bu rang o‘z 
aksni topgan. Kichik Osiyodagi axiylar harakatida ham qora rang ramziy ma’no 
kasb etgan. Xuroson javonmardlarida ham qora rang yoshlik, navqironlik, mardlik 
sifatida qadrlangan. Navoiy ham ushbu hikoyat orqali saxovatning Allohdan 
kelishi va inson qo‘lidan kelganicha Xalqqa yaxshilik qilish g‘oyasini ilgari suradi. 
Xalqqa qancha yaxshilik qilinsa, insonning ruhiy dunyosi shunchalar Haq 
ma’rifatini anglashga tomon yuksalaveradi.
Ikkinchi hikoyatda sariq rang orqali insonning iymonga qarab harakatlanishi 
ifodalanadi. Masalan Zayd Zahhobning xatolarga yo‘l qo‘yib keyin avf etilishi, 


693 
saxiylik ko‘rsatishlari va “ Lo Iloha illolloh” kalimasini keltirishidan anglash 
mumkin. Demak, Navoiy sariq rang orqali zohiriy jihatdan qimmatbaho oltinni 
nazarda tutgan bo‘lsa, botiniy jihatdan esa musulmon uchun oltindan ham aziz 
bo‘lgan iymon masalasiga alohida diqqat qaratadi.
Uchinchi iqlim yo‘lidan kelgan musofir hikoyatida esa yashil rang – ehsonni 
bildiradi. Navoiy ehson orqali saxovat va karam g‘oyasini ilgari suradi. 
Hikoyatning kirish qismida Navoiy Sa’dning juda ko‘p ehsonlar qilishini alohida 
tasvirlaydi. Futuvvat ilmining bir yo‘nalishi bo‘lgan javonmardlikda yashil rang 
saxovat va ehson ma’nosida qo‘llanadi. 
[2. 212-b]
Yashil rang bundan tashqari 
solihning tavba qilib tariqatga qadam qo‘yganini, asl mohiyatga qarab intilishini, 
sirli g‘aybga talpinishini, donishmandlikni va qalbning barhayotliligini ifodalab 
keladi. Hikoyatda Sa’d ham o‘z qismatini bilishga intilishi va buning natijasida 
donishmand Faylaqusni uchratishi bu rang orqali yanada aniqroq ifodalanadi. 
Asarda qoradan boshlangan ranglar asta sekinlikda ochiq ranglar tomon 
harakatlanadi. Natijada Bahromning ruhiy holati ham yaxshilana boshlaydi. 
Hikoyatlardagi ranglar ikki xil ma’noda qo‘llangan. Birinchisi Bahromning ruhiy 
iztiroblarini ifodalasa, ikkinchi tomondan esa ranglar hikoyatlarning qatiga 
yashiringan ramziy ma’nolarni ifodalaydi. Ushbu yetti hikoyatni tahlil qilgan juda 
ko‘plab olimlar ranglar orqali faqat Bahrom holati bilan bog‘liq tomonlariga 
ko‘proq urg‘u berishadi. Vaholanki, ranglar faqat Bahrom holatinigina emas, balki 
u bilan birgalikda hikoyatlarning mazmun-mohiyatini ham ifodalab keladi. (S.U) 
Chunki Navoiy “Sab’ai sayyor”dan “g‘araz yetti hikoyatdir”, deb bejizga 
aytmagan. 
[1. 3-б]
Shu sababli hikoyatlardagi rang-tasvir masalasini ikki jihatini 
uyg‘un holda o‘rganish dostondagi hikoyatlar poetikasini to‘g‘ri anglashga yordam 
beradi.
To‘rtinchi iqlim yo‘lidan kelgan musofir hikoyatida ifodalangan gulgun qizil 
may ranggi irfonni anglatadi. Qizil rang solik insonning ruhi vujudidan ajrala 
boshlaganligini va Haq ma’rifatiga yaqinlashayotganini anglatadi. 
[3.154-б]
Hikoyatdagi shoh Jo‘na va Mas’ud o‘zlarining adolati va himmatlari orqali irfon 
bosqichiga ko‘tarilgan solih obraz sifatida tasvirlanadi.
Beshinchi iqlim yo‘lidan kelgan musofir hikoyatida tilga olingan moviy ko‘k 
nilufar rang oshiq va mashuqning ruhiy holatini ifodalaydi. Ushbu rang tasavvuf 
adabiyotida ishonch ma’nosida qo‘llangan. Ranglardagi tovlanishlar koinotning 
qoraligidan boshlanib, yerga tomon intiladi.
Oltinchi iqlim yo‘lidan kelgan musofir hikoyatida sandal (jigarrang) rang 
ruhiy holat belgisini ifodalab kelgan. Sandal rang hikmat ma’nosida qo‘llansa,
yettinchi iqlim yo‘lidan kelgan musofir hikoyatida esa oq (kofuriy) rang sifatida 
tasvirlanadi. Oq rang tasavvuf adabiyotida keksalik, donishmandlik, intiho, “badan 
mulki”ning tanazzulini bildiradi. “Sabʼai sayyor”dagi yettinchi hikoyat bunday 


694 
ishora va ramzlardan butkul xoli emas. Hali hayot gulining o‘nidan biri 
ochilmagan Bahrom oq qasrda Dilorom haqidagi quvonchli mujdani eshitadi. Unda 
o‘likdan tirikka evrilish, hayotini tugagan joyidan qayta boshlash imkoniyati aynan 
oq qasrda paydo bo‘ladi. Yaʼni intiho nuqtasida ibtido tasvirlanadi. Navoiy “odina 
kuni” taʼrifi ostida, yigirma oltinchi bob boshidayoq, Bahrom hayotidagi tong, 
yangilanishga ishora qiladi. Ayni paytda, oq qasrda kutib olingan tong, ibtido, 
quvonch va o‘tkinchi farah bilan bir qatorda, maʼnaviy intiho, tanazzul, qayg‘u-
alamni ham ifodalab keladi. Zotan, zamin saodati, qanchalik farahbaxsh 
bo‘lmasin, o‘tkinchi va “quyi olam” tomon eltuvchi vositadir. Bahrom qismatining 
qon o‘pqoniga tushish bilan yakunlanishi bunday xulosa qilishimizga to‘la imkon 
beradi. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin