Foydalanilgan adabiyotlar.
1.D.Quronov,Z.Mamajonov,M.Sheraliyeva, Adabiyotshunoslik lug‘ati, T.2013,
339-bet.
2.Rahmonqul Orzibekov Lirikada kichik janrlar,T,1976,93-bet
3.Amiriy,Devon, T,2017,440-bet
4.B.To‘xliyev,B.Karimov,K.Usmonova, 10-Adabiyot,1-qism,T.2017,168-bet
698
NODIRA SHE’RIYATIDA RUBOIYNING O‘RNI
Dilshunosxon INOMOVA
QDPI o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi
2-bosqich magistranti
Annotasiya
: Ushbu maqolada ruboiy va uning genezisi, Nodira ijodida
ruboiyning tutgan o‘rni haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
ruboiy, taronayi ruboiy, xosiy ruboiy.
Аннотация:
В данной статье рассказывается о рубаи и его генезисе,
роли рубаи в творчестве Надиры.
Ключевые слова:
рубаи, таронайи рубаи, хаси рубаи.Annotation: V
dannoy state rasskazyvaetsya o rubai i ego genesis, roli rubai v tvorchestve Nadiry.
Annotation:
V dannoy state rasskazyvaetsya o rubai i ego genesis, roli rubai
v tvorchestve Nadiry.
Key words:
rubai, taronayi rubai, khasi rubai.
Ruboiy Sharq klassik poeziyasining qadimiy,asrlar osha mutaasil rivojlanib
kelgan janrlaridandir.Shuning uchun ham ruboiyning lirik janrlar sifatidagi
xususiyatlari,poetikasi uzoq asrlardan buyon juda ko‘p adabiyot muxlislarining
diqqatini o‘ziga tortib kelgan. Ruboiyning tarixiga oida birinchi bo‘lib fikrlar
bayon qilgan olim XIII asrning mashhur adabiyotshunosi Shamsiddin Muhammad
binni Qays ar-Roziydir.Uning ,,Al-mo‘jazam fan maosiri ash’or ul-Ajam” asarida
ruboiy haqidagi fikr va sharxlar o‘z aksini topgan.Ruboiyning janr sifatidagi
ta’riflari Qabu Muhammadning ,,Haft qulzum”, Vohid Tabriziyning ,,Jam’i
muxtasar”,so‘nggi turk adabiyotshunoslaridan Doyi Javodning ,,Zeboihoi suhan
yo ilmi bade’ dar zaboni forsizy”. Muallim Nojiynig ,,Istilohoti adabiya”,
Muhammad Fuod Ko‘pruluzodaning ,,Turk adabiyoti tarixi asarlarida
uchraydi.[1:2] Qabul Muhammad : ,,Bilgilki,ruboiy lug‘atda ikki baytli she’r.Vazn
va qofiyada to‘rttala misrasi ham muvofiq kelgan she’r ruboiy deyiladi.Uning
ko‘pincha birinchi,ikkinchi va to‘rtinchi misralari qofiyalandi.Mabodo uchinchi
misrasi qofiyalanib kelsa, unda ,,ruboyi tarona” deb yuritiladi.ruboiy vazni
muxtasar qilib aytganda, ,,hazaj” bahridadir” tarzida tarif bergan.[2:89]
Ruboiyning lug‘aviy va istilohiy ma’nolariga doir qiziqarli ma’lumotlari biz
,,G‘iyos ul-lug‘ot” asarida ham uchratamiz. Muallif ,,Ruboiy deb… yet yoshlik
tuya va qoramolni va otni aytiladi, to‘rt yoshlik qo‘y va yetti yoshlik tuya shuning
uchun ruboiy deb aytiladiki,ularda yetti yoshda to‘rtta tish bo‘ladi…Ajam shoirlari
1,2,4- misralari qofiyalangan,uchinchi misrasi qofiyasiz kelgan hazaj bahrining
axrab va axram shu’balarida yozilgan she’rni ruboiy deb ataydilar.Agar she’r
699
ko‘rsatilgan vaznda yozilmagan bo‘lsa,uni ruboiy emas, balki qit’a deydilar.”
[3:846]
Ruboiy dastlab fors-tojik she’riyatida Rudakiy ijodida paydo bo‘lgan.Unga
xalq to‘rtliklari zamin bo‘ldi.Bu janr arab she’riyatida salmoqli o‘rin oldi.O‘zbek
klassik she’riyatida ruboiyning poetik formasiga ,bir tomondan, ford-tojik tilidagi
ruboiylari,ikkinchi tomondan,o‘zbek xalq she’riyati muhim asos bo‘ldi. O‘zbek
xalq og‘zaki ijodida ruboiyga o‘xshab ketadigan asarlar qadimdan buyon
mavjuddir.O‘zbek folkloridagi ko‘pgina qadimiy lirik she’rlar formal jihatdan
ruboiyni eslatadi.Bunga ,,Devonu lug‘otit-turk” dagi ko‘pgina to‘rtiklar misol bo‘la
oladi.[3:846]
O‘zbek mumtoz adabiyotida Alisher Navoiy va Bobur ruboiyning eng yaxshi
namunalarini yaratdilar. Navoiy ruboiylarida mehnatni ulug‘lash, do‘stlikni
yoqlab, munofiqlikni fosh qilish,ezgulikni tarnnum etib, yovuzlikka nafrat kabi
his-tuyg‘ular o‘z aksini topgan.[4:154]
Ruboiyning kompozision qurilishi ma’lum bir masala yuzasidan fikrni izchil
rivojlantirib, ixcham va tugal ifodalashga mos dastlabki ikki misrada g‘oya va
maqsad, keyingi ikki misrada dalil va xulosa o‘z aksini topadi. Shundan kelib
kelib chiqib ruboiyning birinchi misrasi tesiz, ikkinchi misrasi antitezis, uchinchisi
moddai ruboiya( yoki xulosa uchun asos bo‘ladigan ko‘prik),to‘rtinchi misra esa
sintez deyiladi. Ya’ni ruboiyning birinchi misrasida juda muhim bir fikr tezis qilib
qo‘yiladi-da,keying uch misra shu fikr talqiniga bag‘ishlanadi; yoki birinchi va
ikkinchi misradagi fikriy tezisga uchinchi misradagi antitezis qo‘yilib,to‘rtinchi
misrada sintez(xulosa) beriladi.[5:262]
Nodira ijodida haqida so‘z borar ekan uning ijodi chuqur gumanizm bilan
sug‘orilganligi uchun ham uning she’riyati xalqchil va xalq diliga tez yetib boradi.
Nodiraning hayoti va ijodi xon saroyida kechdi,shunday bo‘lsa-da u o‘z atrofida
ijodiy muhit yarat oldi,bunga misol qilib Uvaysiyning hayotini olishimiz mumkin.
Ilm-fan ,adabiyot rahnamolari Amiriy va Nodira tufayli Uvaysiy ham qizg‘in ijod
markazida yashadi va ijod qildi. Nodira she’riyatning g‘azal, muxammas,
tarkiband, tarjiband.musaddas kabi janrlarida ijod qilgan. Amiriy kabi Nodira
ijodida ham ruboiy janriga oid namunalar ijodkorlar ,,Devon”ining debocha
qismida uchraydi. Amiriyning devoni debochasida ham ikkita ruboiy berilgan
bo‘lsa, Nodira devoni debochasida ham ikkita ruboiy berilgan.
Alvon g‘azal yig‘ildi devon o‘ldi.
Devon demakim,rashki guliston o‘ldi.
Hijronda so‘zlarim parishon erdi,
Har kim o‘qidi,tabi parishon o‘ldi.[6:32]
Ushbu ruboiy a-a-b-a tarzida qofiyalangan bo‘lib,xosiy ruboiydir.Qofiyadsoh
so‘zlar devon,guliston,parishon, ,,N” tovushi raviy bo‘lib kelgan. ,,o‘ldi” so‘zi esa
700
radif bo‘lib xizmat qilyapti.Shoira yozgan g‘azallarini alvon rangga
qiyoslaydi,alvon-so‘zi qizil rang ma’nosini beradi,shoira yozgan g‘azallarini yurak
qoni,dardi singdirilganligiga ishora qilib alvon g‘azal deya ta’riflaydi. Bilamizki,
she’riyat inson qalbi,yuragi,quvonch-u shodliklari,iztiroblarining so‘zdagi
aksidir.Shoira ,,Alvon g‘azal” deganda ana shunday his-tuyg‘ular aks etgan
g‘azallarni nazarda tutgan.Devon tuzish uchun arab alifbosining har bir harfi bilan
boshlanuvchi g‘azallar bo‘lishi kerak, shundagina devon tuzila oladi,demak
shoiraning devon tuzishi uchun yetarli darajada g‘azallari yig‘ilganligi,ularning
esa rangi alvon rangdaligi( majoziy ma’noda, bu yerda g‘azalning rangi
emas,undagi his-tuyg‘ular haiqda so‘z boryapti) haqida aytib o‘tadi.Ruboiyning
ikkinchi misrasida ruju she’riy san’atidan foydalanilga, Ruju-arabcha so‘zdan
olingan bo‘lib qaytish degan ma’noni bildiradi.Mumtoz adabiyotdagi she’riy
san’at, avval aytilgan fikr (biror narsa-tushuncha,holat haqida aytilgan gap, unga
qilingan qiyos, tashbeh, tamsil )dan qaytib, so‘ng uni kuchliroq, tas’irliroq,
go‘zalroq tarzda ifodalash. Ya’ni ruju san’atida shoir she’rda o‘zi keltirgan
chiroyli o‘xshatish va sifatlashlarni go‘yo bilmasdan aytib qo‘ygandek yoki
ulardan qanoatlanmaydigan bo‘lib,fikridan qaytadi va avvalgilardan ko‘ra
go‘zalroq tashbeh-u sifatlashlarni keltiradi.Atoulloh Husayniy ta’rifiga ko‘ra ruju
qahramon ma’shuqa go‘zalligi yoki boshqa biror sabab tufayli hushini yo‘qotar
holatga keladi va shu holatida beixtiyor fikr aytib qo‘yib,keyin,hushiga kelgach,
,,aslida mana bundoq edi” tarzida ,,gapini to‘g‘rilab oladi”.[5:262] Masalan,biz
yuqorida keltirgan rubiyning ikkinchi misrasida ruju san’ati qo‘llangan:
Alvon g‘azal yig‘ildi devon o‘ldi.
Devon demakim,rashki guliston o‘ldi
Alvon demagin,rashki guliston bo‘ldi deya avvalgi aytgan fikridan qaytib
yanada kuchliroq fikr yuritgan. Uchinchi misrada esa hijron tufayli so‘zlari
parishonligini, ya’ni yoridan ayrilgan shoiraning iztiroblari tufayli so‘zlari
parishonligini va bu parishonlik o‘quvchiga ham ta’sir etganligini to‘rtinchi
misrada bayon etiladi.Xalqimizda,qalbdan chiqqan so‘z qalbga yetib boradi,degan
so‘z bor. Shoiraning qalbidan chiqqan so‘zlari o‘quvchiga ham ta’sir qiladiki,u
ham shoira his qilgan tuyg‘ularni his qiladi,u shodlanasa shodlanadi,iztirob cheksa
iztirob chekadi.
Yo rab, bu savol ishqida sodiq bo‘lg‘ay,
Iqbol bayozig‘a muvofiq bo‘lg‘ay.
Ishq ahlini xotiri bo‘lib xush andin,
Maqbuli
tabiati
xaloyiq
bo‘lg‘ay.[6:33]
Shoiraning ushbu ruboiysi ham xosiy ruboiydir.Sodiq,muvofiq,xaloyiq
so‘zlari qofiyadoshlikni hosil qilgan,bo‘lg‘ay so‘zi esa radif bo‘lib kelgan.Ushbu
ruboiyda shoira tuzgan devonining xalqqa ma’qul bo‘lishini,xato va kamchiliklari
701
bo‘lsa insof va muruvvat bilan mahv etishliklarini aytib o‘tadi.Buni quyidagi
so‘zlar orqali aytib o‘tgan: ,, Iltimos mudaqqiq rasolaridin va muxaqqiq
fuzalolardin uldurki,har sahv-u xato va xalalkim,zohir bo‘lsa va har nuqsonki voqe
bo‘lg‘on ersa,insof va muruvvat kazlaki birla mahv qilib,lutf va marhamat qalami
birla isloh berib,barcha nuqsonlarin kamol kisvatida ko‘rguzsalar,ayni shafqat va
marhamat bo‘lg‘usidir.Va bu amaldin ajri azim va savobi jazil topqaylar.”[6:33]
Nodira ijodida ruboiy janrining ikkala namunasida ham shoiraning oddiy,sodda
va ravon tiliga guvoh bo‘ldi.Shoira tuzgan devoni haqida,unda aks etgan g‘azallari
haqida soddadillik bilan ruboiyda so‘zlaydi,g‘azallaridagi mavzularni juda chiroyli
o‘xshatishlar bilan izohlaydi,devondagi xato va kamchiliklari bo‘lsa uni
,,marhamat qalami birla” tuzatishlarini ham to‘rt misrali ruboiyga
sig‘dirib,o‘quvchiga yetkazib bera olgan.
Dostları ilə paylaş: |