Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə328/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   431
Anjuman Boku (6)

Shoir 
dunyo e’tirofida ekanligini, YUNESKO tomonidan 2016-yilni Ahmad Yassaviy yili 
sifatida e’lon qilinganligini Yassaviy ijodining qadrini baholab beradi
). UNESKO 
tomonidan 2016-yil Ahmad Yassaviy yili deb e’lon qilinishi bu butun turkiy 
xalqlar adabiyotiga, madaniyatiga berilgan baho deyish mumkin. Sababi, dunyo 
sivilizatsiyasida uning takomillanishiga xizmat qilgan islom madaniyatiga berilgan 
ahamiyat va g‘amxo‘rlik sifatifda ta’rif berishimiz mumkin. Shoir ijodidagi o‘ziga 
xoslik va yassaviya tariqati maslak va ahkomlarining davomiyligi undan keyingi 
tariqatlarda ham aksini topadi. Ahmad Yassaviy ijodi adibning tasavvuf 
adabiyotining yorqin nomoyandalaridan bo‘lganligini isbotlay olgan olim yana 
shunday yozadi: “
Ahmed Yesevî Tanrının varlığı ve birliğine, İslam dininin özüne 
ters düşmeyen eski Türk milli geleneklerini dışlamamış, onları müsamaha ile 
karşılamış, onların Türk-İslam kültürüne renk katacak şekilde mana ve değer 
kazanmasını temin etmiştir
” [3, 1] (
Yassaviy tangrining borligini va birligini, Islom 
dinida bir-biriga zid manoda kelgan biron narsa yo‘qligini, Yassaviy qilgan 


716 
izlanishlari Turk- Islom ravnaqida benihoya katta shakilda ma’no va ahamiyat 
kasb etishini isbotlab bergandir.
) . Haqiqatdan ham Yassaviy boshlab bergan 
tasavvuf yo‘li o‘zidan keyingi Kubroviya, Naqishbandiya, Qodiriya kabi yetuk 
tasavvuf yo‘nalishlarining takomillashuvi uchun ham xizmat qildi. Yassaviy 
tariqati va uning ijod yo‘li haqida Qozog‘istonlik olim Dossay “Ahmet Yesevî 
düşüncesinde Vahdet-I Vücut” [4, 41] nomli maqolasida shunday yozadi: “Ahmad 
Yassaviy o‘zining “Mirot ul qulub” risolasi” da vahdat ul-vujudga erishish yo‘llari 
va ma’nosini ko‘satgan bir dasturulamaldir. Unda muhabbat, suv va g‘ayrat uchligi 
haqida va ular vahdat ul-vujud ta’limotining asosi ekanligi haqida yozadi. 
Yuqorida berilgan muhabbat bu bandaning Rabbisiga, Rabbisining bandaga 
bo‘lgan muhabbatidir. Suv esa, bir vaqtning o‘zida suv va olovning mazmunini 
o‘zida biriktiradi. Bu degani solikda ma’naviy tajriba, olimdan oldin o‘lish, nafsini 
mahf qilish demakdir. Bu yerdagi uchinchi butunlik shavqdir. Shavq arabcha 
sog‘inch ma’nosini bildirib, Olloh taolo bilan uchrashishni orzu qilgan 
mutasavvufning eng oliy maqsadidir. Tasavvufning vahdat ul-vujud ta’limoti bu 
Yaratgan va odam o‘rtasidagi uzviylik, Tangrini tanish va unga bandalik (qullik) 
qilishni targ‘ib qiluvchi ta’limotdir. Yassaviyning bu masalada ham oldingilardan 
bo‘lib Yaratganga erishish yo‘lining eng oliy ko‘rinishlaridan bo‘lmish vahdat ul-
vujud ta’limoti haqida ham o‘zining “Miroat ul qulub” risolasida keltirganilgini va 
bu orqali o‘ziga ergashuvchi muridlariga to‘g‘ri va ishonchli yo‘lini 
ko‘rsatganligini yuqoridagi fikrlarimizni isbot sifatida ko‘rsatishimiz mumkin. 
Tasavvuf tarixidan ma’lumki har bir solik o‘zining tariqat yo‘lini ustozi belgilab 
bergan virdlar (kundalik qilinadigan zikr, ibodat turi) orqali ustozining ra’yi va 
ko‘rsatmasi bilan bosib o‘tadi. Olimning izlanishlari va Yassaviy haqida bergan 
ma’lumotlarining barchasi voqe bo‘lgan ma’lumotlardir. Ahmad Yassaviy ijodini 
faqat tasavvuf olimlarigina emas, balki, falsafa fani ixlosmandlari ham o‘rgangan. 
Turkiyalik falsafa fanlari nomzodi, dotsent Salih Açikgözning “Felsefe anabilim 
dali” [5] nomli kitobida Yassaviyning falsafiy qarashlari haqida shunday 
ma’lumotlarni keltiradi: Yassaviy dunyoni anglash va bu dunyoga kelishimizni 
hohlagan zodning istak va buyruqlarini so‘zsiz anglash kerak ekanligini, ularni 
ihlos bilan ado etish kerak ekanligini, bu amallarning qay tartibda ado etilishi va u 
amallaring kayfiyati qanday ko‘rinishda ado etilishi kerak ekanligini Yassaviy 
ijodida ko‘rishimiz mumkin ekanligini yozadi. Yassaviy tariqati XII asrda 
shakillanib Yassaviy va uning izdoshlari ijod namunalaridan hayot falsafasi, 
islomiy dunyoqarash va islomiy hayot tarzini o‘rganish mumkinligi yozadi.
Yassaviy ijodini keng o‘rganish ishlari olib borgan jadid adabiyotining yetuk 
mutaffakir olimlaridan bo‘lmish Fitrat o‘zining Yassaviy hayoti va ijodiga 
bag‘ishlangan maqolasida “O‘tgan shoirlar, adiblar, so‘fiylar orasida Yassaviy 
qadar ta’sirini kengaytirgan bir kishini uchratib bo‘lmaydi”,[1] – deya berilgan 


717 
ta’rifining naqadar haq ekanligi hozirgacha isbotini topib kelmoqda. Fitrat o‘zining 
tassavufga bo‘lgan qiziqishlari va o‘sha davrda Yassaviyga nisbatan berilayotgan 
xato ta’riflarga javoban o‘zining yuqoridagi adabiyotshunoslikka, xususan, tariqat, 
tasavvuf, Yassaviy to‘g‘risida haqiqatlarni izlab topishga bel bog‘laydi. Fitrat 
“Ahmad Yassaviy to‘g‘risida matbuotimizda bir-ikki yo‘la gaplar bo‘lib etgan edi. 
Lekin ular quruq maqtashlar ham anchagina falsafalardan to‘ldirilg‘on, shuning 
uchun Ahmad Yassaviy hikmatlarini bo‘lg‘ani kabi tasvir qilib berish xizmatidan 
ojiz maqolalar edi”, – deb baholaydi, shu davrdagi tadqiqotlarni ta’riflay turib. 
Fitrat shu davrda o‘zining adabiyotshunoslikka doir izlanishlari asnosida bu 
masalaga batafsil to‘xtaladi. Fitart Yassaviyning, bir rivoyatda Yassi (bugungi 
Turkiston) shahrida, yana bir rivoyatda Sayramda tug‘ilgani haqida yozadi. Uning
qachon tug‘ilgani haqida aniq ma’lumot yo‘q, lekin qachon vafot topgani haqida 
ma’lumotlarda hijriy 562-yilda deb beriladi. “Devoni hikmat”da Yassaviy o‘zining 
quyidagi
To‘rt yuz yildan keyin chiqib ummat bo‘lg‘ay, 
Necha yurib xaqqa xizmat qilgay —
misralaridan uning hijriy to‘rtinchi asrning ikkinchi yarmida dunyoga kelgani 
haqida xulosa qilish mumkin. Fitrat o‘zining tasavvuf ahkomlari va uning ta’rifida 
bejiz Yassaviy ijodidan boshlangani yo‘qligini aytib “O‘rta Osiyoning shayxlari, 
eshonlari Yassaviyni o‘zlariga pir, ustoz deb taniydilar. Ahmad Yassaviydan keyin 
uning uslubida she’r yozmoq turk shayxlari orasida “mo‘da shakiliga kirgan”, [1] –
deya tarif beriladi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Yassaviy ijodining o‘rganilishi, 
uning tariqat ilmini yoyilishiga qo‘shgan hissasi o‘laroq turkiy xalqlar adabiyotida 
turgan o‘ziga xos ijodi ham tahsinga loyiqdir. Yasssaviy ijod yo‘li, uning 
an’analari o‘ziga asos sifatida qabul qilgan va shu asnoda ijod qilgan shoirlar 
ijodining o‘rganilishi, Yassaviy tariqatidagi o‘ziga xos sifatlarni o‘rganish turkiy 
xalqlar adabiyotining rivoji uchun xizmat qilishi shubxasiz. Yassaviy 
izdoshlarining turkiy xalqlar adabiyotida tutgan o‘rni va ularning zalvorli ijodi 
hozirgi kunda ham o‘rganilib kelinmoqda va bu yo‘nalishda kelgusida ham ko‘plab 
ilmiy izlanishlar qilinishi tabiiy. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin