715
O‘rta Osiyo hududida tasavvuf adabiyoti XI-XII asrlarda sezilarli rivojlandi. Bu
rivojga katta hissa qo‘shgan Ahmad Yassaviydir. U yassaviya
tariqati asoslarini
xalqchil she’rlari bilan oddiy xalqqa yetkazib berdi. Shu davrda hukmron bo‘lgan
arab yozuvi bilan emas, balki shu davrdagi turkiy yozuv orqali,
oddiy xalqchil
jumlalar bilan jamiyatning barcha qatlamlari uchun birdek tushunarli shaklda islom
dini va shariati asosini anglatdi. Turkiy xalqlar she’riyatida Yassaviy ijodining
o‘rganilishi uzoq davrni o‘z ichiga oladi. Necha asrlardan buyon islom dini, e’tiqod
masalasi va uning ilmiy asoslari to‘g‘risida ko‘plab izlanishlar olib boriladi. Islom
dinida eng oliy maqsad Ollohning roziligidir. Uning roziligiga yetishish yo‘llaridan
eng oldin turuvchi ilm bu tariqat ilmidir. Tariqat bo‘yicha, uning nazariy ahamiyati
bo‘yicha ko‘plab ta’limotlar yaratilgan. Turkiy tasavvuf
allomalari haqida gap
ketganda avvalo Ahmad Yassaviy nomi zikr qilinadi. Sababi nafaqat yurtimizda
balki, butun turkiyzabon millatlar uchun ham birinchilardan bo‘lib tassavuf
nazariyasiga
asos solinishida, tasavvufning shakllanishi uning ta’limot sifatida
keng yoyilishida ham U zotning hissasi katta bo‘lganligini e’tirof etishimiz kerak.
Yassaviy haqida keltirilgan ma’lumotlarni biz Faxriddin Ali Safiy,
Muhammad
Shayboniy, Hasanxoja Nisoriy, So‘fi Olloyor [6, 3] larning asarlaridan bilib
olishimiz mumkin. Bu o‘rinda yana bir ulug‘ hukumdor, she’riyat
homiysi
Ubaydullaxonni ham eslab o‘tish zarur. Ubaydullaxon ham tasavvuf adabiyotiga
katta mehr qo‘ygan. Undan Yassaviy hikmatlariga o‘xshash 1786 baytdan iborat
220dan ortiq hikmatlar yetib kelgan. [1] Yassaviyning
tariqat maslaklaridan
ilhomlangan turkiy xalqlar, xususan, turkiyalik olimlar Yassaviy hayoti va ijodini
o‘rganish bo‘yicha ko‘plab izlanishlar olib borishgan. Bulardan biri professor
Handan Akyigitdir. Olim maqolalarining birida shunday yozadi: “
UNESCO
tarafından 2016 yılı Hoca Ahmed Yesevî yılı olarak ilan edilmiştir
.” [3, 1] (
Dostları ilə paylaş: