Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Quronov D. Adabiyotshunoslik nazariyasi, Akademnashr, 2018
2.
Yo’ldoshev Q. Yoniq so’z, o’qituvchi, 2003
3.
Quronov D. Mutolaa va idrok mashqlari, 2017
4.
Jahon adabiyoti, 1998, 1-son.
707
SHARQ VA G’ARB ADABIYOTINING O‘ZARO TA‘SIRI,
MUSHTARAK VA FARQLI JIHATLAR
Gulmira TURG’UNOVA
,
NamDU 2-bosqichi magistranti.
(O’zbekiston)
Annotatsiya
.
Ushbu maqolada sharq va g‘arb adabiy qarashlaridagi ayrim
mushtarak jihatlar va farqli tomonlarni hisobga olinib, Gopatshoh va Minotavr kabi
mifologik obrazlarning o‘xshash jihati, "Gilgamish" dostonida turkiy adabiyotdagi
adabiy-estetik qarashlar va diniy hikoyatlardagi syujet, "Ming bir kecha" ertaklari
va "Alkimyogar" asari, shuningdek, Gyote ijodiga Sadiy She‘roziy she‘riyati ta‘siri
yoritildi.
Kalit so’zlar
: xalq og‘zaki ijodi, obraz, qahramon, epos, doston, afsona, mif,
mushtaraklik, Gopatshoh, Gavomard, Minotavr, Kentavr, Gilgamish, Alpomish,
"Ming bir kecha", "Alkimyogar", Sa'diy Sheroziy, Gyote
.
Annotation
: In this article, taking into account some common aspects and
differences in Eastern and Western literary views, the similar aspect of
mythological characters such as Gopatshah and the Minotaur, literary-aesthetic
views in Turkish literature and the plot in religious stories, the tales of "A
Thousand Nights" in the epic "Gilgamesh" and the work "The Alchemist", as well
as the influence of Sadi Shirazy's poetry on Goethe's work were highlighted.
Keywords
: folklore, image, hero, epic, legend, myth, commonality,
Gopatshah, Gavomard, Minotaur, Centaur, Gilgamish, Alpomish, "A Thousand
and One Nights", "Alchemist", Saadi Sherozi, Goethe.
Dunyoda biror bir xalq, millat yo‘qki, jahon tamaddunidan ayri holda
shakllangan, rivojlangan bo‘lsa. Hech bir madaniyat, adabiyot va san‘at yo‘qki,
boshqa millat madaniyati, adabiyoti va san’atiga ta’sirini o‘tkazmagan bo‘lsa. Yoki
ta‘sirlanmagan bo‘lsa. Bu fikrlarimiz sharq xalqlari adabiyoti uchun ham, g‘arb
xalqlari adabiyoti uchun ham tegishlidir. Insoniyatning ajdodlari qadim-qadimdan
dovon-u dengizlar osha ot-ulov-u kemalarda savdo aloqalarini amalga oshirganlar.
Xususan, O‘rta Osiyo hunarmandlari tomonidan yasalgan buyumlarning Misr,
Mesopotamiya va Eron hududidan topilganligi, Misr fir‘avnlarining
maqbaralaridan Badaxshon la‘lining topilishi, qadimgi Xitoyda esa saroy
a’yonlarining koshonalarini shaffof va yarqiroqligi bilan Vizantiyanikidan ustun
turuvchi sog‘d shishalari bezab turganligi fikrimizning isbotidir. Shartli ravishda
"hayvon uslubi" deb ataluvchi va Mesopotamiyadan Tuvagacha bo‘lgan hududda
topilayotgan skiflar san'atining eradan avvalgi IX-VIII asrlarda ishlangan
namunalari Yaqin Sharq, ayniqsa, G‘arbiy Eronda ko‘plab borligi aniqlandi.
708
Ikkinchi tomondan Yaqin Sharq, Yunonistonda ishlangan buyumlar Tog‘li Oltoy,
Qozog‘iston, Janubiy Sibir, hatto Mug‘ilistonda ham topilmoqda [4:10].
Shu kabi aloqalar natijasida adabiyotlararo mushtaraklik ham yuzaga keldi.
Buni dastlab xalq og‘zaki ijodida kuzatish mumkin. Xususan, sharq xalqlari
orasida qadimdan Gopatshoh haqida afsonalar mavjud bo‘lgan. U haqidagi
dastlabki ma‘lumotlar zardushtiylik dini va "Avesto" bilan bog‘liq. Olimlarning
ta‘kidlashicha, bu mifologik qahramonning vatani Xorazm. Nemis olimi
X.Humbax uni Xvanirata nomli afsonaviy shaharning mangu podshohi, deb
tanishtiradi. K.V.Trever esa "Gopatshoh" maqolasida uni afsonaviy cho‘pon
sifatida talqin qildi. "Bundaxishn", "Denkard" kabi asarlarda ham Gopatshoh
haqida so‘z boradi. "Gopatshoh" so‘zi "Gao pati", ya'ni hayvonlar egasi" demakdir.
Ushbu timsol boshi odam, tanasi ho‘kiz sifatida tasvirlanadi. E.E.Kuzmina ho‘kiz
odam timsolini eroniylarda suvni ilohiylashtirish bilan bog‘liq deb atasa, mil.av.
1200-700-yillarda O‘rta Yeniseyda ho‘kiz quyosh ramzi sifatida ham qaralgan.
Shuningdek, ho‘kiz odam timsoli yana bir mifologik qahramon Gavomard, ya‘ni
Qayumarsni ham yodga soladi. Qayumars zardushtiylik tasavvuricha yer yuzidagi
birinchi odam. Shunisi qiziqarliki, ho‘kiz odam timsoli yunon afsona va miflarida
ham uchraydi. "...Minotavr Krit orolida yashovchi maxluq, u Krit oroli shohi
Minosning xotini Pasifaya va Poseydon yuborgan dengiz ho‘kizining g‘ayritabiiy
farzandi... Afsonaga ko‘ra, hamma jinoyatchilar Minotavr uchun yemish sifatida
yuborilgan. Undan tashqari, Afina har yili yetti yigit va yetti qizni ham Minotavrga
ovqat sifatida yuborgan. Gretsiya va Kritni bu maxluq falokatidan Tesey
qutqargan, Minosning qizi Ariadna yordamida u o‘ldirilgan" [4:15].
Ko‘rinadiki, Minotavr salbiy mifologik qahramon. Bu jihatdan u tabiatni
yangilab turuvchi va Habbayyash nomli muqaddas ho‘kizni qo‘riqlovchi
Gopatshohdan, yoki Ahuramazdaning peshona teridan paydo bo‘lgan va yovuz ruh
Axriman bilan olishuvchi ezgulik tarafdori Gavomarddan farqlanadi. Shuningdek,
Gopatshoh va Gavomard boshi odam, tanasi ho‘kiz sifatida tasvirlanadi.
Minotavrni esa qadimgi yunonlar dastlab tanasi odam, boshi ho‘kiz sifatida
tasavvur qilishgan bo‘lsa, keyinchalik tanasi ho‘kiz, boshi odam ko‘rinishida
tasvirlay boshladilar. Bu jarayonni olima Fozila Sulaymonova yunonlarni sharq
xalqlari mifologiyasi bilan tanishishi bilan bog‘laydi. Bundan tashqari, yunon
asotirlaridagi Kentavr otboshli odam sifatida tasvirlangan bo‘lsa, keyinchalik
tanasi ot, boshi odam ko‘rinishida tasvirlanadigan bo‘ldi.
Umuman olganda insoniyat ajdodlarining totemizm bilan bog‘liq qarashlari
tufayli eng qadimgi afsona va miflarda yarim odam, yarim hayvon sifatidagi
maxluqlar uchraydi. Jumladan, rus ertaklaridagi suv parisi yoki yunon afsonalarida
serenalar. Lekin serenalar o‘zlarining qichqiroq ovozlari bilan, suv parilari esa
709
sehr-jodu bilan inson aqlini egallab olsa, O‘rta Osiyo xalqlarida yarim odam, yarim
hayvon ko‘rinishidagi mifologik qahramonlar yaxshilik xizmatchilaridir.
E‘tiborimizni yana bir xalq og‘zaki ijodi namunasiga qarataylik: "Gilgamish"
yoki "Bilgamish". Bilga so‘zi turkiy tilda "bilag‘on", "dono" demakdir. Ushbu
doston qadimgi shumerlarga tegishlidir. Lekin yurtdoshimiz filologiya fanlari
doktori Nasimxon Rahmonov ushbu dostonda turk xalqiga oid adabiy-estetik
qarashlarni sezadi: "Kish davlatining bosqinchilariga qarshi Gilgamish va
Enkiduning jangi tasvirida turkiy qahramonlik eposiga xos emotsional, his-
hayajonli ritorik takrorlar, savol-javoblar, vatan himoyasi uchun “Omochlarni
qilichga almashtiramiz!” kabi shiorlar, “yovlaring qo‘rquvdan aqli adashdi, fikri
to‘zidi, esankiradi” degan xalqona iboralar ko‘p uchraydi" [1:14-15]. Shuningdek,
dostonning "Alpomish" dostoni bilan ham mushtarak jihatlari mavjud, ya‘ni har
ikkala qahramon botir, qo‘rqmas va har ikkalasi ham yurt boshlig‘i. Bundan
tashqari, Gilgamishning do‘sti Enkiduning o‘limidan so‘ng abadiylik baxsh
etuvchi gulni izlab olis dengiz safariga chiqishi Iskandar podshohning boqiy umr
beruvchi suvni qidirib Xizr alayhissalom bilan yo‘lga chiqishini yodga soladi.
Dostonning "Gilgamish va Ago" qismida uchraydigan Shuruppak shahri
hokimi Zi-Usudra kema yasab, jonzodlardan bir qismini qutqarishi haqidagi mif
ming yildan so‘ng nozil bo‘lgan Injilning Tavrot qismidagi Nuh to‘foni tasviriga
o‘xshab ketadi [3:229-230]. Yana eposda Qobil va Hobil hikoyasiga o‘xshaydigan
hikoya ham mavjud.
Sharq va G‘arb adabiyotining o‘zaro ta‘sirini arab xalqi og‘zaki ijodi
namunasi "Ming bir kecha" misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Xususan, bu
turkum ertak fors adabiyotida mavjud "Xazor doston" ta‘sirida yaratilgan degan
fikr ham mavjud. Bir tomondan esa yozuvchi Paulo Koeloning "Alkimyogar"
asridagi syujet esa "Ming bir kecha" ertaklaridan biridagi hikoyani yodga soladi.
G‘arbiy mintaqa vakillarining Sharq xalqlari adabiyotiga qiziqishi azaldan
mavjud. Bu she‘riyatda ham namoyon bo‘ladi. Jumladan, atoqli nemis shoiri Gyote
Sa‘diy Sheroziy ijodini katta qiziqish bilan o‘rgangani ma‘lum. U Sa‘diyni bir umr
o‘ziga ustoz deb biladi. Sharq she‘riyatidan ta‘sirlangan shoir "G‘arb-u Sharq
devoni"ni yaratadi. Ushbu devondan esa quyidagi misralar joy olgandiki, unda
Gyotening sharq she‘riyatiga muhabbati va Sa‘diyga cheksiz hurmati sezilib turadi.
Biz bu misralarni Maqsud Shayxzoda tarjimasida o‘qiymiz:
Buzildi G‘arb, Janub va Shimol,
Taxtu tojlar bo`ldi poymol.
Sen yiroqqa, kunchiqarga bor!
Unda qo`shiq, sevgi bor, may bor.
U tabarruk havoni shimir,
Va boshlagin yangidan umr…
710
Bu kabi misollarni ko‘plab keltirishimiz mumkin. Xulosa sifatida shuni ayta
olamizki, mintaqa o‘rtasida adabiy aloqalar qadimdan mavjud va hozir ham davom
etib kelmoqda. Sharq va G‘arb adabiyotidagi umumnazariy qarashlar va
muammolar mavzusi hali kelgusida ko‘p ilmiy izlanishlarga asos bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |