Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə332/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   431
Anjuman Boku (6)

 
 
“YUSUF VA ZULAYHO” DOSTONI VA SHU TURKUMDAGI 
DOSTONLAR 
Muattar XATAMOVA 
Guliston davlat universiteti 2-bosqich
magistranti.Tel:+998994876768. 
Annotatsiya
. Ushbu maqolada o‘zbek mumtoz adabiyotida “Yusuf va 
Zulayho’’dostonining yaratilishi va shu turkumdagi doston hamda qissalarni
ko‘rib chiqamiz. 
Kalit so‘zlar
: qissa, doston,xalq og‘zaki ijodi, syujet,majoziy ishq, haqiqiy 
ishq, to‘rtlik. 


730 
Аннотация. 
В данной статье мы рассмотрим создание эпоса Юсуф и 
Зулейха в узбекской классической литературе, а также былины и рассказы 
этой серии.
 
Ключевые слова
: новелла, эпос, фольклор, сюжет, метафорическая 
любовь, настоящая любовь, четыре. 
Annotation. 
In this article, we will consider the creation of the Yusuf and 
Zuleikha epic in Uzbek classical literature, as well as epics and stories in this 
series.
 
Key words
: short story, epic, folklore, plot, metaphorical love, real love, 
four. 
Keyingi yillarda mumtoz asarlarni tadqiq qilish masalasi hukumat tomonidan 
qayta ko‘rib chiqilib, “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish 
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-2995-sonli qarori qabul 
qilindi. Qarorda “Mustaqillik yillarida xalqimizning qadimiy tarixi va boy 
madaniyatini tiklash, buyuk allomalarimiz, aziz-avliyolarimizning ilmiy, diniy va 
ma’naviy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish va targ‘ib etish, muqaddas 
qadamjolarini obod qilish, yosh avlodni ularning ezgu an’analari ruhida 
tarbiyalash bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi va izchil davom 
ettirilayotganligi’’ ta’kidlangan.
“Yusuf va Zulayho’’dostoni butun yer yuzidagi xalqlarning durdona asari 
hisoblanadi.”Yusuf va Zulayho’’ dostoni turli tillarda yozilgan va qadim 
o‘tmishimizdan bugungacha milliy boylik sifatida ulug‘lanib kelinadi. 
Asarning dastlabki tarixi eramizgacha bo‘lgan xalq og‘zaki ijodidan 
boshlangan.Bilamizki,bu doston va uning qahramonlariga musulmonlarning 
“Qur’on’’da va shuningdek, “Tavrod’’ va”,Injil’’da ham alohida suralar 
bag‘ishlangan[3.B.421]. 
“Qur’on’’da qissalarning eng go‘zali deb atalgan Yusuf qissasi juda qadimiy 
sujetlardan biri bo‘lib,u dastlab Muso alayhissalomga nozil qilingan “Tavrod’’ 
ning birinchi kitobiga,keyin Iso alayhissalom ta’limotini o‘z ichiga olgan 
“Injil’’ga kiritilgan. 
O‘zbek adabiyoti tarixida go‘zal Yusuf mavzusi birinchi marotaba Ali ismli 
shoirni qiziqtirgan.Ali tomonidan Qur’ondagi asosiy voqealar ilgari 
suriladi.E.E.Bartelsning ta’kidlashicha ,Ali Xorazmlik bo‘lgan.U fors 
mualliflariga taqlid qilmasdan asar yozishga kirishdi.Uning asari xalq og‘zaki 
ijodiga xos to‘rtlik shaklida yozadi.Bu shakl turk xalqlari og‘zaki ijodiga juda 
yaqin.Alining 
qissasi 
mazmun 
tomonidan 
ham 
fors 
poeziyasi 
bilan 
bog‘lanmagan.U Qur’on variantiga amal qiladi.Ali Qur’onda berilgan afsonaviy 


731 
qissani turkiy xalqlar o‘rtasida keng tarqatishni o‘z oldiga maqsad qilib 
qo‘ygan.Asarning keng tarqalishi va shuhrat qozonishiga asosiy sabab uning 
mazmun mohiyatidagi muhabbat talqinidir.Dostonda olg‘a surilgan ishq g‘oyasida 
dastavval Yaratganga bo‘lgan muhabbat haqida so‘z ketadi.inson barcha qiynoq 
va sinovlardan o‘tib,sabr-bardosh bilan ilohiy ishqqa yetadi.Ishq yo‘lidagi 
muhabbat azoblarini,firoq va hijronda o‘rtanish visolning mavjudligini bildiradi.
Shuni aytish joizki,bu dostonning 150 nusxasi bo‘lib,ularning talqinlari bir-
biriga o‘xshamaydi.Ulardan 50 tasi badiiy asarlardir.Bu nazm gulshanida javlon 
urgan,qalami o‘tkir buyuk siymolar ishq dostonini o‘zlaricha talqin 
qilib,kitobxonlarga yetkazib berdilar.Faqat doston oxiridagi baxtli visol ko‘ngilga 
xush yoqadi[5.B.5].
Shuni aytish joizki,dostonning eng mashhurlarini Firdavsiy,Abdulmuayyid 
Balxiy,Shohin Sheroziy,Shahobiddin Am’aq,Abdulloh Ansoriy,Xo‘ja Mas’ud 
Iroqiy,Abdurahmon Jomiy va boshqalar yaratgan deyishimiz mumkin.Yusuf 
mavzusini sharq xalqlari adabiyotida birinchi marotaba buyuk fors-tojik shoiri 
Abulqosim Firdavsiy tomonidan ishlangan.Bu fikrni N.M.Mallayev o‘zining 
“O‘zbek adabiyoti tarixi’’kitobida tasdiqlaydi:,,Bu mavzuda yaratilgan eng 
qadimgi badiiy asarlardan biri Firdavsiy nomiga nisbat berilgan “Yusuf va
Zulayho’’dostonidir. Jumladan,turli davrlarda turkiy adabiyotda ham shu 
mavzuda 50 ga yaqin asar ijod qilingan.Masalan,Qul Ali,Nosiriddin 
Rabg‘uziy,Haydar 
Xorazmiy,Mulla 
Yusuf 
Yorkandiy,Nozim 
Hiraviy,Sayqaliy,Xiromiy,Salohiy,Andalib,Hoziq kabi ijodkorlar qissa va 
dostonlar bitganlar. Asar syujeti asosida asarlar yaratish XX asrda ham davom 
etdi.Xususan,Hamza Hakimzoda Niyoziy “Qiroat’’ kitobida bu qissani sodda til 
bilan qisqacha hikoya qilgan ,Nozim Hikmat “Go‘zal Yusuf’’pyesasi,Ramz 
Bobojonov “Yusuf va Zulayho’’musiqali dramasini yaratdi.Jomiyning “Yusuf va 
Zulayho’’asari XIX asrda Ogahiy tomonidan o‘zbekchaga tarjima qilindi.
O‘zbek shoiri Durbekning (XIV asr oxiri-XV asr boshi) “Yusuf va 
Zulayho’’ asarigina bizgacha yetib kelga[3.B.430]..Bu doston 1409-yili yozilgan. 
Doston asosini sharqda mashhur Yusuf va Zulayho haqidagi rivoyat tashkil 
etgan.”Yusuf va Zulayho’’dostonining qo‘lyozma nusxasi O‘zbekiston Fanlar 
Akademiyasi Sharqshunoslik instutida,Parij va Istanbul kutubxonalarida 
saqlanadi.Yusuf haqidagi ilk dostonlarda Yusuf va Zulayho ilohiy obraz sifatida 
tasvirlansa,keyinchalik Yusuf va Zulayho muhabbati dunyoviy talqin qilina 
boshlandi.Durbek va Abdurahmon Jomiy dostonlarida bosh qahramonlar 
Zulayhoni Go‘zal qiz sifatida tasvirlaganlar.Durbek Qur’onning “Yusuf sura’’si 
voqealariga ijodiy munosabati,Ilohiy kitob va doston matnidagi o‘xshash hamda 
tafovutli nuqtalar xususida teran mushohadalar diqqat markazida tutiladi.
Dostondan Yusuf obrazi nafsi-notiqa,ya’ni jilovlangan va orif odamlarning nafsi 
timsoli sifatida ko‘rsatilgan.


732 
Abdurahmon Jomiyning uchinchi kitobi bo‘lmish “Yusuf va Zulayho’’1483-
yilda yozilgan.Sharqda bu dostonning juda ko‘p variantlari mavjud bo‘lib,uni 
qalamga olgan har bir ijodkor asarga biror o‘zgarish va yangilik ko‘rsatishga 
harakat qilgan.Jomiyning bu asari adabiyotshunoslar talqinicha,taqdirga tan 
berishga chaqiruvchi asar bo‘lmay ,aksincha insonni yuksak tuyg‘ular yo‘lida har 
qanday kuchlarga qarshi bosib o‘tgan musaffo muhabbat g‘alabasini madh etuvchi 
jo‘shqin asrdir. Ogahiy tarjimasi uchun asos qilib olingan Jomiyning “Yusuf va 
Zulayho’’ dostoni fors-tojik va turkiy tillarda bu mavzuda yozilgan asarlarning 
eng mukammali,ayni zamonda ,badiiy jihatdan eng kuchlisi hisoblanadi.Shuning 
uchun ham bu doston yaqin va o‘rta sharq xalqlari orasida keng tarqalgan va katta 
shuhrat qozongan.Dostondagi aksariyat talqinlar majoziy mohiyatga ega. Yusuf va 
Ya’qub payg‘ambarning nafsi-jonning m oddiy tomonidir.Yusufning birodarlari 
sa’yi-harakatlari insondagi badaniy quvvatlar –ichki sezgilarning ramzidir. 
Zulayhoning Yusufga intilishi va unga sevgi-muhabbat izhor qilishi insonda istak-
xohishnng ma’naviy tomonidir. Yusufning xotindan o‘zining olib qochishi va 
uning xohish irodasiga ko‘nmasligi aqlning o‘z olamiga ustuvor turishi ,hissiyot 
quli bo‘lmasligining ramzidir.
Yusufdagi insonga xos bo‘lgan ijobiy fazilatlar uning donoligid 
a,xalqparvarligida,xushmuomilaligida,vatanparvarligida hamda otasiga bo‘lgan 
farzandlik muhabbatida yaqqol seziladi. 
Dostonda baxtsizlikdan qutilish uchun chidash,sabr –toqat qilish kerakligi 
aytiladi.Ayni mana shu sabr Yusufni poklikka,nafsni yengib,butun bir mamlakatni
boshqarib,xalqni qahatchilikdan,ochlikdan omon olib chiqadi. Yusuf ocharchilik 
yillarida to‘yib ovqat yemas edi.Undan:”Qo‘lingda dunyoning noz-u ne’matlari 
bor ekan, nima sababdan och yuribdan?”-deb so‘raganlarida:” Agar to‘q 
bo‘lsam,ochlarni unutaman deb qo‘rqaman”,-der edi. Shu sababli Yusufda insoniy 
fazilatlarning yorqin namunasi aks ettirib turadi[3.B.437]. 
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki,shaxsni barkamol qilib yetishishiga,eng 
muhimi,uning ma’naviy dunyosi boyishiga sabab bo‘luvchi omillardan biri deb 
biz bemalol badiiy adabiyotni ko‘rsatishimiz mumkin bo‘adi. 
Ta’kidlashimiz mumkinki,asrlar davomida payg‘ambarlar sarguzashti faqat 
ilohiy kitoblar doirasida qolib ketgan emas.Bunday ibratli lavhalar axloqiy-
ta’limiy 
olamning 
ko‘rkam 
namunasi 
sifatida 
insonlar 
qalbiga, 
shuningdek,og‘zaki hamda yozma badiiy adabiyotga teranroq kirib borgan.
Demak,mazkur doston yosh avlodning ma’naviy shakillanishida katta hissa 
qo‘shadi.Masalan,asardagi Yusufning sabr-toqatligi,vatanparvarligi,ota-onaga 
hurmati va boshqa jamiki fazilatlari yoshlar uchun o‘rnak bo‘la oladi. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin