Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Abduqodir Hayitmetov, f.f.d.prof «Sharq yulduzi» jurnali, 1991 yil, 10-son.
2.
Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar 20 bet “Ma’naviyat” , 2000. – Jild II. Ilmiy
asarlar. 208-bet
3.
ERDEM, Aralık 2020; Sayı: 79; 1-Bet 257-bet
4.
Kenzhetay, DossayT. Aralık 2010, Lefke. ss. 41-62.
5.
Salih AÇIKGÖZ. FELSEFE ANABİLİM DALI. YÜKSEK LİSANS TEZİ
Ankara – 2020. 246-bet
718
6.
Nodirxon Hasan. Yassaviylikka doir manbalar va “Devoni hikmat” Toshkent.
“Akademik ” nashriyoti. 2012-yil. 3-bet. 301-bet
ERKIN VOHIDOV IJODIDA VATANPARVARLIK MADHI
Muxlisa HAFIZOVA
O’zR FA O’zbek tili, adabiyoti va
folklori instituti tayanch doktoranti
Badiiy adabiyot orqali inson qalbiga kirib, uning qalb haqiqati anglanadi.
Shu ma’noda, she’riyat olami ham o’ziga xos maftunkor va betakrordir. Shoir o’z
botinidagi ezgu va hammaga oshkor etilmagan chin his-tuyg’ulari-yu, ko’ngil
kechinmalarini so’z vositasida turli badiiy san’atlar orqali ifodalash uchun
mashaqqatlar chekadi.
Erkin Vohidov – adabiyotimizning buyuk shoiri, xalqimizning buyuk fidoyisi
bo’lgan ulkan siymodir. Bugungi adabiyot ixlosmandlari va keng jamoatchilik
uchun uning ijodi tarbiya o’chog’i bo’lib xizmat kilib kelmoqda.
“...farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli
yashaydigan komil insonlar etib voyaga etkazish ta’lim – tarbiya sohasining asosiy
maqsadi va vazifasi bo’lishi lozim. Bu esa, ta’lim va tarbiya ishini uyg’un holda
olib borishni talab etadi” [1,61].
Xalqimizning sevimli shoiri Erkin Vohidov she’rlarida mardlik,
insonparvarlik, vatanga muhabbat singari ajoyib xislatlar sohibidir. Bu fazilatlar
uning butun ijodida yoqqol namoyon bo’ladi. Xususan, shoirning “O’lka” deb
nomlangan she’rida ushbu fikrlarning yorqin ifodasini kurishimiz mumkin.
Bog’laringni sayr etganimda
Sen bor eding qalbda, Vatanim.
Bog’ husniga she’r bitganimda
Uni dastlab senga atadim
Minglab tilda madhingni so’zlar
Bunda o’sgan har bitta daraxt.
Nur emadi millionlab ko’zlar
Ko’kdan sening husningga qarab. [2,74]
E’tibor qilsak, shoirning har bir misrasida insonni hayajonga soladigan
badiiylik mavjud. Uning dastlabki bandlarida bog’ haqida, uning husni va
tarovatini ta’riflab, aslida Vatanning bir parchasi bo’lgan bog’ orqali unda Vatan
madhini aks ettirganini ifodalaydi. Keyingi misralarda esa bir necha millat vakillari
719
Vatanimiz bag’rida shod-hurram yashayotgani, undagi yosh avlod erkin va farovon
hayot kechirayotganligini badiiylikka o’rab ifoda etadi.
“Erkin Vohidov o’zining vatanparvarlik burchini juda chuqur his qiladi va
anglaydi. Bu juda yoshlikdan uning qoniga singigan. U, hayotda qanday bo’lsa,
she’ri va dostonida ham xuddi shunday” I.G’afurov. [2,8]
Haqiqatan ham shoirning o’xshatishlari beqiyos, uning “Ona tuproq” nomli
she’riga e’tibor qilsak:
O’z muborak tuprog’in inson
Yot nazardan asrab har nafas,
Uni quchib fido etdi jon,
Qoni bilan qildi muqaddas. [2,72]
Shoirning o’z vataniga bo’lgan cheksiz muhabbati, uni shunday she’rlar
yozishga undagandir, nazarimizda. Uning yuqorida keltirilgan misralarida har bir
kishi o’z tuprog’ini avaylab, begonalar nazaridan asrab yashashi lozim, chunki
bugungi muqaddas va mustaqil O’zbekistonimiz erki uchun qancha insonlar jon
fido etdi, deya ta’kidlaydi shoir.
“Har bir insonning ichki va tashqi tuzilishi o’ziga xos bir olamki, uning
betakrorligi o’zligida mujassam etilgan. Shunga asosan har bir san’atkorning olami
– hayotiy tajribasi, bilim darajasi, didi, go’zallikni ko’ra bilishi, tasavvuri, hayolot
dunyosi, qalb ko’zi o’zigagina tegishlidir va ana shu o’zlik uning har bir asarida
akslanadi” [3,214]. Shunday ekan Erkin Vohidovning mazkur she’rlarida shoir
shaxsiyati o’zining yorqin ifodasini topganligi kuzatish va undan har bir o’quvchi
o’z vatanining naqadar muqaddas va aziz ekanligini anglamog’i, uni ko’z-
qorachig’idek asrab yashashga intilmog’i, shubhasizdir.
Sevimli shoirimiz O’zbekiston Qahramoni Erkin Vohidovning ijodiga nazar
tashlar ekanmiz, undagi rang-barang qarashlar, turfa xil mavzudagi ijod
namunalaridan bahramand bo’lamiz. Shuni alohida ta’kidlash joizki, shoir ijodida
Vatanga bo’lgan muhabbat alohida o’rin olgan. Xususan, “O’zbekiston”,
faxriyasiga shunday satrlarni uchratamiz:
Yurtim,
Seni yana oldim qalamga
Yarim asr yoshing bahona bo’lib.
Yana kelib qo’nding tonggi misramga
Falak nisor etgan durdona bo’lib.
Iqbol peshonamga bitgan oshyonim – O’zbekistonim [2,218].
Ushbu satrlar orqali, shoir o’z yurtiga murojaat qilib, unga bo’lgan mehrim
sabab madh qilish uchun qo’limga qalam oldim, uni Olloh yagona qilib yaratdi,
meni taqdirimga bitilgan makonimsan, deya yurak so’zlarini oddiy, xalqona va
hayajonli tarzda namoyon etadi.
720
Insonni ma’naviy barkamol, vatanparvarlik va umuminsoniylik ruhida
tarbiyalashda badiiy adabiyotning roli beqiyos. Zero, ma’naviyat va ma’rifat,
insonparvarlik, istiqlol va erkinlik hamda iqtisod tushunchalari bir-biri bilan
chambarchars bog’liq. Butun insoniyatga xos qadriyatlarni ulug’lagan, inson
taqdiri va uning orzu istaklarini tarannum etib kelayotgan badiiy adabiyot faqat
ma’naviyat uchungina emas, balki hayotning barcha jabhalari uchun ham xizmat
qiladi.
Zero, badiiy adabiyot inson qalbini shunchaki tasvirlab qolmasdan, unda
badiiylik, obrazlilikni vujudga keltiradi. Erkin Vohidovning ushbu faxriyasida
Vatanga bo’lgan cheksiz faxr va iftihor tuyg’usi yorqin namoyon bo’lgan:
Toleim bor ekan,
Senga hamnafas,
Otashin quyoshing bilan yo’g’rildim.
Yuz yil avval emas, yuz yil so’ng emas,
Tug’yonli asrda senda tug’uldim.
Gullar sochding men ilk bosgan qadamga
Bag’ring menga nurli koshona bo’lib.
Jahon ichra mening tengsiz jahonim – O’zbekistonim [2,218].
Shoir shu yurtda tug’ilib o’sganidan mamnunligini naqadar jozibali va badiiy
o’xshatishlar bilan ifoda etgan. “Yuz yil oldin yoki yuz yil keyin emas, aynan
tug’yonli asrda tug’ilib, shu Vatan bag’rida erkin ulg’aydim. Men uchun jahon
ichra tengsiz jahonim” deya faxrlanadi. Ma’lumki, “She’riyat shoir va o’quvchi
o’rtasidagi dil suhbati demakdir. Shoir uchun bu suhbat-yurakni borlig’i bilan
ochmak, o’quvchi uchun bu yurak zarblarini anglamakdir” [3,141].
Yiroqdan eshitib surnay ovozin
Ko’chaga yugurgan bola singari,
Men ham qo’lga olib sibizg’a sozim
To’yingga shosharman eldan ilgari.
Tilak shu-qo’shig’im katta bayramga
Yetib borsa kichik to’yona bo’lib.
Mening ham qolmasdi dilda armonim,
O’lkam, onajonim, yuragim, jonim – O’zbekistonim [2,219].
Erkin Vohidov ushbu faxriyani yurtimiz istiqbolini oldindan ko’ra bilgandek,
bundan ancha yil oldin yaratgan edi. Shu ma’noda, shoir faxriyasi g’oyasi va
mohiyatan Cho’lponning erk, ozodlik g’oyalari bilan yo’g’rilgan she’rlarini
eslatadi. Ushbu faxriya bugun rivojlanib borayotgan mustaqil, erkin va farovon
Vatanimiz iqbolini ulug’lash ruhida bitilgan. O’z misralarida ta’kidlaganidek,
bugun mustaqil jahon minbaridagi O’zbekistonimiz uchun tabrik, g’urur deb qabul
qilsak mubolag’a bo’lmaydi. Yurtimizning gullab yashnashida o’z hissamizni
qo’shish, undan faxrlanish biz yoshlarning burchimizdir. Shoir she’ridagi “O’lkam,
721
onajonim, yuragim, jonim – O’zbekistonim”, ta’riflari barchamiz uchun o’ziga xos
shiordir.
Zero, E.Vohidovning nafaqat mazkur faxriyasi balki butun ijodi insonga
ma’naviy ozuqa berishi, oliyjanob tuyg’ularning kamol topishida, Vatanga bo’lgan
muhabbat ruhida tarbiyalashda juda katta ahamiyat kasb etadi. Xususan, bu o’rinda
shoirning “O’zbegim” qasidasi ham alohida ta’kidlab o’tish joiz. Mazkur qasida
ham “O’zbekiston”, faxriyasi bilan hamohangdir. “O’zbegim” qasidasida xalq
tarixi, o’tmishi, istiqboli o’zining bektakror ifodasini topgan. Ahamiyatlisi
shundaki, har ikki asar ham mustaqillik yillaridan oldin yaratilgan bo’lib unda
shoir o’z qalb kechinmalarini realistik tarzda tasvirlagan. Bu esa shoirning o’ta
jasoratli va matonatli inson ekanligini ko’rsatadi. SHu ma’noda, har ikki asarda
ham shoir shaxsiyati yorqin namoyon bo’ladi.
Badiiy adabiyot orqali inson ma’naviy olami boyib, tasavvuri, estetik didi
shakllanib
boradi.
Elimizning
atoqli
shoiri
Erkin
Vohidov
ijodida
ma’naviyatimizni boyitishga xizmat qiladigan, bir necha she’rlarini ko’rishimiz
mumkin. Uning “O’zbekiston” faxriyasidagi quyidagi misralarga e’tibor qilaylik.
Vahshat vodisida kechdi asrlar
Aljabr ustodin tuqquncha ering.
Ilming yuksalguncha Beruniy qadar
To Alisher qadar etguncha she’ring,
Hayratga solguncha fan olamini
Farg’oniy chiqargan aniq hisoblar...
Tebransa ne ajab Toshkent zamini,
Bu erda ko’milgan minglab kitoblar.
Farangu hindu chin, iroq, ajamga
Taralding Alqonun, Saydona bo’lib.
Buyuklar tan bergan buyuk dostonim –
O’zbekistonim. [2,219]
Insonni ma’naviy barkamol, vatanparvarlik va umuminsoniylik ruhida
tarbiyalashda ushbu misralarning o’rni beqiyos. Zero, tahlili yuraklarda aks sado
beradigan, o’tmishimizning shonli tarixini baralla jahonda tan olganligini
badiiylikka o’rab ifodalagan, bugungi yoshlarimiz qalbiga ajdodlar yodini aks
ettirolgan, ularda faxr tuyg’usini singdira olgan buyuk so’z san’atkori – Erkin
Vohidov.
Xulosa shuki, bugungi she’riyat olami bizni keng fikrlashga, dunyoni ezgu
qalb bilan his qilishga undaydi. Kamtar va oliyjanob so’z san’atkori, E.Vohidov
ijodi, biz yoshlar uchun ma’niviy ozuqa berishi, insoniy tuyg’ular kamol
topishida, milliy qadriyatlarimiz shakllanishida muhim o’rin tutishi, shubhasiz.
Dostları ilə paylaş: |