Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti


  ABDULLA AVLONIY – MOHIR DRAMATURG VA TARJIMON



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə331/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   431
Anjuman Boku (6)

 


726 
ABDULLA AVLONIY – MOHIR DRAMATURG VA TARJIMON 
Dilafro‘z QALANDAROVA, 
Nizomiy nomidagi TDPU, 
 O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi
dots.v.b., f.f.f.d., PhD 
Oybek JO‘RAYEV 
Nizomiy nomidagi TDPU, O‘zbek tili
va adabiyoti yo‘nalishi
3-bosqich talabasi
Annotatsiya: Mazkur maqolada jadid adabiyotining yirik vakili hisoblangan 
Abdulla Avloniyning tarjimonlik mahorati va uning “Advokatlik osonmi?”, 
“Pinak” kabi dramatik asarlari haqida soʻz yuritiladi.
Kalit so‘zlar: jadid, drama, tarjima, maktab, darslik, matbuot, millat, tahlil, 
asarlar. 
Jadid adabiyotining yirik namoyondalaridan biri –Abdulla Avloniydir. U 
oʻzbek davlatchilik tarixida oʻz oʻrniga ega shaxs. Abdulla Avloniy 1878-yilning 
12-iyulida Toshkentda hunarmand kosib oilasida dunyoga keladi. Jamiyatga, 
umuman, millatga foydasi tegadigan, bashariyat tarixida oʻz nomi bilan yaxshi 
fikrlar qoldiradigan insonlarning bolaligida boʻladigan qiyinchilik yosh Avloniyni 
ham chetlab oʻtmadi. Adibning tarjimai holida keltirishiga koʻra, 13 yoshidan 
boshlab mardikorlik qilib, oilasiga yordam beradi. Yozda ishlab, qishda 
oʻqiganligini aytib oʻtadi. O‘tkir Hoshimov ta’kidlaganidek, “kitob oʻqiydiganlarda 
pul yoʻq, puli borlar kitob oʻqimaydi” misralarida haqiqat bordek tuyuladi. Bu 
qiyinchiliklar yosh Avloniyni maqsadidan qaytara olmadi. O‘n ikki yoshida Oʻqchi 
mahallasida joylashgan madrasaga chiqdi. Yoshligidan matbuotga qiziqqan 
Avloniyga “Tarjimon’’ gazetasi dunyo xabarlaridan yaqindan tanishish 
imkoniyatini beradi. 
Avloniy o‘n to‘rt yoshidan boshlab “Qobil”, “Shuhrat”, “Hijron”, 
“Abdulfayz”, “Avloniy”, “Indamas” taxalluslari ostida she’rlar bita boshladi. Bu 
ijod jarayoni keyinchalik Avloniyni hikoya, feleton, drama, pyesa janriga mansub 
asarlar yozishiga tamal toshi vazifasini o‘tadi. Abdulla Avloniy hayotning barcha 
jabhasida oʻzini sinab ko‘rdi. Xususan, matbuot bilan shugʻullanib, “Taraqqiy”, 
“Shuhrat”, “Osiyo”, “Turon” nomli gazetalar chiqarilishiga oʻz hissasini qoʻshdi. 
Mazkur nashrlar ichidan “Osiyo” va “Shuhrat” adibning uyida chiqarilgan. 
Bundan tashqari adib maorif ishlari bilan shugʻullandi va darsliklar yaratdi. 
1909-yilda “Jamiyati xayriya” nomli yetim bolalarni o‘qitishga moʻljallangan 


727 
jamiyat maktabini tuzdi. Bu maktab keyinchalik katta muassasaga aylanib, ta’lim 
olish uchun chet elga bolalarni oʻqishga yuboruvchi markazga aylanadi. Fitrat 
aynan shu muassasa orqali 1909-yilda Istanbulga oʻqishga yuborilgan edi [1, 6]. 
Abdulla Avloniy deganda oʻzbek farzandining koʻz oldiga “Tarbiya bizlar 
uchun yo hayot yo mamot, yo najot yo halokat, yo saodat yo falokat masalasidur” 
[2, 5] degan satrlar keladi. 
Avloniy tarjimashunoslikda ham o‘zini sinab koʻrdi. Jumladan, “Badbaxt 
kelin”, “Xoʻr-xoʻr”, “Jaholat”, “Oʻliklar”, “Joy ijaraga olgan kishi”, “Man 
oʻlmisham”, “Layli va Majnun”, “Asli va Karam” kabi sahna uchun moʻljallangan 
dramatik turga mansub boʻlgan asarlarni ozarbayjon tilidan o‘zbek tiliga oʻgiradi 
va ularni sahnada oʻynash uchun tayyorlaydi. Bu asarlarning koʻpchiligi 
Ozarbayjon klassik adabiyotining nodir tuhfalari hisoblanib, insonlarni ezgu niyat 
va yaxshilik qilish, sevgi va muhabbat kabi oliyjanob tuygʻularni tarannum etadi 
hamda jamiyatdagi illatlar, kamchilik va nuqsonlarni, ayniqsa, ma’naviy tuban 
kimsalarni qattiq qoralaydi. 
Avloniy faqatgina tarjimachilik bilan shugʻullanmadi. Oʻzi sahna uchun 
asarlar ham yaratdi. Bular, “Pinak”, “Advokatlik osonmi?”, “Ikki sevgi”, “Biz va 
siz”, “Portugaliya inqilobi” kabilardir.
Adibning “Advokatlik osonmi?” asarida Yevropada huquqshunoslik boʻyicha 
oʻqigan, yangi fikrli yosh bir musulmon yigiti toʻgʻrisida gap ketadi. Asardagi 
ushbu obraz Abdulla Avloniyning idealidagi obraz hisoblanadi. Yigirma to‘rt 
yoshda boʻlgan, aholining qilgan ishlaridan, oʻz haq-huquqini talab qila 
olmasligidan, oʻzlari tuzatib boʻlmas xatoga yoʻl qoʻysalarda, yordam berishlarini 
talab qilishidan aziyat chekuvchi obrazdir.
Mehriniso – erining soʻziga yurmaydigan, shariatga amal qilmaydigan, 
kiyinishi boyning xotiniga xos boʻlsa-da, erini piyonista, qimorboz, mushtumzoʻr 
ekanligini aytib, eri bilan oʻrtasidagi nikohni kesdirishini soʻraydigan, agar bu ish 
amalga oshsa, uni yaxshigina rozi qilishi haqida ma’lumot beruvchi obraz. 
Egamberdi 
– mazkur qahramonning xatti-harakatlari bugun ham 
jamiyatimizda bot-bot uchraydi. Egamberdi “akaxonlarining” (barakallachilar) 
gapiga kirib juda katta toʻy qilib, qarzga botgan arobakash (aravakash). Agar 
qarzini toʻlamasa Orifjon ismli boy uyini musodara qilishidan qoʻrqib yurguvchi 
obrazdir. 
Haydarali – ikki-uch kun oldin molini oʻgʻirlatgan va oʻgʻri kim ekanligini 
topgan, talaffuzida anchagina kamchiligi bor, molni oʻgʻirlagan inson millati 
qozoqligidan xabardor, xat-savodi bo‘lmagan bir obraz. 
Abdujabbor – Davronbekning xizmatkori. Davronbek kechqurun soat beshda 
kelishini aytib, uyga ariza yozib berishini soʻrab kelgan odamlarga ertaga keling 
deb tayinlasa hamki, berilgan topshiriqni bajarmay, oʻzboshimchalik bilan 


728 
odamlarni aldab, ulardan bir-ikki, uch-toʻrt soʻmdan pul olgan, oʻzi savodsiz boʻla 
turib, odamlarni chuv tushirgan “tadbirkor” obrazi. 
Davronbek oʻsha davr odamlarining oʻz haq-huquqlarini bilmasliklarini, ilm-
ma’rifat olishga harakat qilmaganliklaridan juda eziladi. Bu ham kamlik 
qilganidek, ariza yoki maslahat soʻrashga kelganlarning hammasi “advokatlik 
osonmi?” deb masxara qilib ketishidan noliydi va oʻsha davr odamlariga shunday 
baho beradi: “Mana koʻrasiz, bizning xalqning holi! Hammasini yigʻishtirib 
kelsangiz, bir pichoqqa sop boʻlmaydur” [ 3, 144]. 
Kompozitsiyasi jihatidan yuqorida tahlilga tortilgan asarga oʻxshash 
asarlardan yana biri bu – “Pinak” dramasi hisoblanadi. Asar Turkiston turmushidan 
olingan bir pardali fojea boʻlib, 1915-yil 25-fevralda bosib chiqarilgan.
Asar Tursun ismli 62 yoshlardagi koʻknori istemol qiluvchi bir ogʻukashning 
gapi bilan quyidagicha boshlanadi: “Alhamdulillo, bugun chahor ishkal but 
(xudoga shukur, bugun toʻrtda ishkal bor. Togʻoramda koʻknorim, oldimda qand-
magʻizim, bir yonimda choynakda choyim…” (tarjima bizniki – O.J.) [4, 146]. 
Oʻsha davr tuban kimsasining bir vakili hisoblangan Tursun – juda qoʻrqoq 
kimsa. Tolib sekin bildirmasdan uyiga kirib uni qoʻrqitganida, uning kayfi uchadi. 
Gapni qarang-a, Oʻrusvoy choyni u uchun mozor bosib, shu kambagʻallar ichsin 
deb chiqarib qoʻygan emish. Tolib ikki marta Tursun aka deb chaqirganini 
eshitmagandan soʻng eshik taqillatganini yov bomba tashladi deb qoʻrqib ketadi. 
Lekin bu Tolibning qoʻshnisini chaqirishi edi. Tolibni yoshligida onasi oʻqitish 
kerak deb otasiga aytadi. Lekin otasi oʻgʻling oʻqib imom boʻlarmidi yoki mudarris 
boʻlarmidi deb rad javobini beradi. Undan koʻra bozorga chiqib ishlasin, oʻrus 
tilini oʻrgansin deydi. Vaqt oʻtishi bilan Tolib yomon odamlarga qoʻshiladi va 
qimorboz boʻlib qoladi.
Asarni oʻqir ekansiz bir qadar kulgili gaplarga duch kelasiz. Tolib qoʻshnisi 
Tursunga oʻgʻlingizni oʻqiting deb nasihat qiladi. Bunga javoban Tursun ham 
oʻgʻlini uning gapiga kirib oʻqitayotganini aytadi, lekin Tursun ham Tolibga 
qimorbozligingni tashla deya javob tariqasida nasihat qiladi. Tursunning gaplarida 
jon bor, u haqiqatni gapiradi, lekin oʻz oʻgʻli Valiga koʻknori berishi soʻzi amaliga 
toʻgʻri kelmaydigan inson ekanligidan darak beradi. Tolibning qoʻshnisini ziyorat 
qilib kelishidan maqsad pul qarz olish edi. Besh tanga pulni olib, olti tanga qilib 
berish evaziga pulni olib chiqib ketadi. Oradan koʻp vaqt oʻtmay Foʻlod (bu ism 
hozirgi Poʻlat ismining diaxron shakli – O.J.) kirib keladi. Boʻlgan voqealardan 
xabardor Fo‘lod Tolibni kuch bilan toʻxtatish kerakligini Tursunga maslahat 
beradi. Shu mahalda Vali kirib keladi va Tolibni qimorda yutqazgani va 
yoqalashganidan xabar beradi. Ma’lum vaqtdan keyin Tolibning kirib kelishi va 
yana pul soʻrashiga guvoh boʻlgan Foʻlod Tolibga bu kishida pul yoʻq deb javob 
bergani uchun ikkalasini ham olov ichida qoldirishi, ya’ni papirus chekish 


729 
bahonasida bildirmasdan kerosin sepib olov ichida qolishi, bu ham kamlik 
qilganidek, uch soʻm pulini qo‘rqanidan berib qoʻyganiga oʻzi ham hayron qoladi. 
Tolib chiqib ketadi, Tursun va Foʻlod qoʻrqanidan Otajonni ham olib kelishadi. 
Ular kelgunlarigacha bir guruh Tolib boshchiligidagi qimorbozlar Tursunning 
uyiga joylashib yashirinib olishadi. Tursun, Foʻlod, Otajon kelib qarashsa, 
Tolibning tanasi yerda yotgan edi. Uni oʻlgan deb oʻylab tashqariga chiqarib 
tashlash uchun koʻtarganlarida, Tolib ular orqasidan hushtak chaladi. Tursun va 
uning sheriklari qochib qolishi bilan asar yakunlanadi.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, Abdulla Avloniy ushbu dramatik asarlarni 
yozish orqali oʻsha davrda jadidchilar tomonidan ochilgan va oʻz mafkuralarini 
yoyishga xizmat qilayotgan teatr uchun yaxshi asarlar yarata olish edi. Yuqorida 
nomlari keltirib o‘tilgan asarlarning barchasida qoloqlik va ma’naviy pastlikdan 
qochish, xalqni ilm-ma’rifatga chorlash, ilm olmagan inson taqdiri oxir-oqibatda 
qanday yakun topishi mumkinligini koʻrsatishdan iborat edi. Abdulla Avloniy buni 
toʻlaligicha eplay oldi desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
1. Ҳамидулла Болтабоев. Фитрат ва Жадидчилик. Тошкент.: Ўзбекистон 
Миллий кутубхонаси нашриёти, 2007. Б-6. 
2. Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. – T.: Sharq, 2006. 
3. “Advokatlik osonmi?”. www.ziyouz.com kutubxonasi. 144-b. 
4. Pinak. www.ziyouz.com kutubxonasi. 146-b. 
5. Qalandarova D, Jo‘rayev O. Abdulla Avloniy – o‘zbek ma’rifatchiligining 
asoschisi. “Pedagogical sciences and teaching methods” Copenhagen “Science 
Edition” Volume1, Issue 13. May 2022. Б. 113-116. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin