751
Shoiraning quyidagi satrlariga eʼtibor qilaylik:
Mugʻ
dayri aro hayron
Koʻrdimki, koʻngil vayron
Mayxona harob oʻlmishs
Parvona qani koʻrsat?
Shoira anʼanaviy mugʻ, mayxona, parvona obrazlari orqali chin
oshiqlarning kamligidan shikoyat qiladi. Mayxonaning vayron boʻlganidan afsus
chekib, parvonani izlaydi.
Hansirsb yelari quyosh ajalning
Otilgan toshiday ul palahmondan
Dondayin ezildim sandan bexabar
Butun chiqamanmi bu tegirmondan
Ijodkor bu misralar orqali oʻzining Haqdan xabarsizligini aytadi va
boshiga tushgan har ne musibatning sababi shu- Ollohni tanimaslik ekanlogini
taʼkidlaydi. Soʻnggi misrada esa Dunyoni
tegirmonga qiyoslar ekan,
Yaratuvchisini bilmshgsnlsrni bu tegirmon dunyo don misloli yanchib yuborishini
aytadi
Koʻzimga tiqilgan qumlarni terdim
Va koʻrdim vujudim vayrondan-vayron
Ushbu misralarda shoira oddiy hayotiy misol orqali fikrini ifodalashga
harakat qiladi. Agar insonning koʻziga qum kirsa, u atrofni koʻra olmaydi. Huddi
shu singari qumga oʻxshab bu foniy dunyoning tashvishlari lirik qahramonning
koʻzlarini berkitib qoʻyadi. Qahramon koʻzlarini ochgunicha esa vujud vayrona
holiga keladi. Bu fikrlari orqali shoira bu oʻtkinchi dunyodagi hoy- havaslar,
behuda ixtiloflar faqatgina insonni vayron etishdan boshqa
narsaga yaramasligini
va odam koʻzlari shunday gʻuborlarga toʻlib qolishiga yoʻl qoʻymasligi kerakligini
aytadi.
Halima Ahmedova sherlarini oʻqir ekanmiz, ishqqa tashna oshiq obrazini
koʻrishimiz mumkin boʻladi. U
Ummon menday bir gʻaribdan
Kichik irmoqni qizgʻonding
degan misralarida Haqqa tashna oshiq obrazini chizadi.
Jonim yigʻladi tunda ma'voga olib bor[4:68]
deya iltijo qilinayotgan satrlarda ham huddi shunday oshiqni koʻrishimiz
mumkin.
Shoira sheʼrlaridagi oʻxshatishlar, badiiy vositalar ham turfa xil.
Misralarda kutilmagan tashbehlar oʻquvchi zavqini oshiradi:
Shirakayf dunyoning buzilgan qoʻli
Asta tebratarkan yolgʻon beshigin
752
Sheʼrdagi dunyoning shirakayf deya tasvirlanishi oʻquvchida oʻzgacha
kayfiyat uygʻotadi.
Ishq soʻrab Hudoga bormoqchi balki,
Sodda pechak gullar, devona gullar[ 3:57]
Bu satrlarda esa shoira giyohlarni insonlarga qiyoslar ekan, ularda inja
tuygular uygʻotishga harakat qiladi.
Halima Ahmedova sheʼrlarini ich-ichidan bir shuʼla- ishq shu'lasi yoritib
turadi.
Ijodkor ,,men"i ishq yogʻdusida oydinlashadi. Sheʼrdagi ishqni
anglaganingiz sari ijodkorni yanada yaqinroq tanib boraverasiz. Ishq- Halima
Ahmedova sheʼrlarining ogʻirlik markazini tashkil etadi. Shoira tuygʻular va
xissiyotlarining tutash nuqtasidir. Shoiraning dunyo borasidagi qarashlari, ichki
kechinmalari, jamiyatga munosabati aynan ishq deya atalgan nuqtada birlashadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Quronov D. Adabiyot nazariyasi, Toshkent 2018
2. Ahmedova H. Sheʼrlar. Maʼnaviyat, 2004
3. Ahmedova H. Pechak gullar, Maʼnaviyat, 1998
4. Ahmedova H. Mavoga
olib bor, 2006
Dostları ilə paylaş: