Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə338/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   431
Anjuman Boku (6)

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Abdulla Qodiriy. Mehrobdan chayon. – T.: G‘.G‘ulom nomidagi adabiyot va 
san’at nashriyoti, 1994. 1-b. 
2.
Ibrohim Haqqul. Maktabi betakror / Maqola. “Ishonch”, 2004-yil, 10-aprel. 
3.
Karimov B. So‘z so‘zlashda ... andisha kerak. “Ishonch” gazetasi, 2019-yil. 
7-son. 
4.
Normatov U.U. Qodiriy bog‘i. – T.: Fan, 1995. 223-b. 
5.
To’laganova Sanobar. Romanda so‘zboshi va so‘ngso‘z / Maqola. –T.: 
“Sharq yulduzi” jurnali, 2016. 8-son. 
 
 
RETROSPEKTIV SYUJET VA UNING O‘ZBEK QISSACHILIGIDA 
QO‘LLANILISHI 
 
Sitora SHIRINOVA 
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va Adabiyoti 
universiteti 2-bosqich magistranti 
XX asrda o‘zbek adabiyotida ko‘p yangilanishlar ro‘y berdi.Badiiy ijodda 
ma’naviy-estetik omillarning takomillashuvi yangicha qarashlarga zamin 
yaratdi.So‘z san’ati - badiiy adabiyotning barcha janrlarida olam va odamni tadqiq 
etishdagi teranlik chuqurlashdi.Iste’dodning qadrlanishi,ularga ijod uchun yetarli 
sharoit yaratilishi, muhimi hurfikrlilikning imkoni tug’ilishi o‘zining ijobiy 
samarasini berdi.ijod bu ijodkor uchun o‘zini qiynash, mashaqqat chekish, huzur-
halovatdan vos kechish, tom ma’noda fidoyilikdir. Chinakam yozuvchi 
odamlarning dard-u g’ami bilan yashashi,xalq ichiga kirib borishi, o‘zi uchun 
ilhomni, yangi mavzularni shu hayotdan, unda bo‘layotgan o‘zgarishlardan olishi 
kerak. So‘z san’atkori badiiy adabiyotning qaysi turida asar yaratmasin, nigohini 
umumbashariy muammolar yechimi, azaliy qadriyatlar talqiniga qaratadi. 
Ma’lumki bugungi kun adabiyotshunoslari tomonidan o‘zbek adabiyotida nasr va 
nazmning har bir yo‘nalishi tadqiq ostiga olinib, ilmiy izlanishlar olib 
borilmoqda.ayniqsa, badiiy asarlar - hikoya,qissa,roman tadqiqi alohida diqqatga 
sazovordir. Ayni maqolamizda esa, biz o‘zbek qissachiligining XX asrdagi 
taraqqiyoti va o‘zbek qissalarida retrospektiv syujetning qo‘llanish ahamiyati 
xususida so‘z yuritmoqchimiz.Shunga ko‘ra avvalo, syujet xususida to‘xtalib 
o‘tmog’imiz joiz albatta. 
“Hayot materialini badiiy aks ettirishda yozuvchi rang - barang tasvir 
vositalaridan foydalanadi. Syujet esa mana shunday tasvir vositalaridan biridir. 
Syujet - adabiy asarda tasvirlangan harakatning mazmunini ifodalovchi hayotiy 
voqelar majmui, kengroq ma’noda konkret voqealar tizimida namoyon bo‘ladigan 


747 
xarakterlar tarixi, poetik fikr - tuyg’ular oqimi. Hayotni aks ettirishda va poetik 
g’oyani ifodalashda syujetning roli nihoyatda kattadir.” [1-15] 
Adabiy asarni syujetsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Qahramonlarning o‘zaro 
munosabatlari asar syujetini tashkil etadi va voqea - hodisalarda namoyon bo‘ladi, 
albatta. M.Gorkiy syujetni “aloqalar, qarama-qarshiliklar, simpatiyalar va 
antipatiyalar va umuman kishilarning o‘zaro munosabatlari u yoki bu xarakterning 
o‘sishi va tashkil topish tarixi”, - deb ataydi.Shuningdek, syujetga xarakterlarning 
kechinmalari ham kiradi.Badiiy asarlarda voqealarning borishida, xarakterlar 
taqdirida birdan kutilmagan keskin o‘zgarishlar bo‘ladi. Bu esa asarda yangidan - 
yangi tugunlar keltirib chiqaradi, asarni o‘qimoqqa kirishgan kitobxonda qiziqishni 
kuchaytiradi. Ana shu tugun va yechimlarda xarakterlar mantiqi, voqea va 
xarakterlar rivojlanishi tarixi namoyon bo‘ladi. Xarakterlar va voqealarning 
rivojlanishi tarixi ana shu soniyalar vositasida yechiladi. Syujetni qarama - 
qarshiliklar va xarakterlarning rivojlanish tarixi, asardagi voqealar oqimi deyishda 
bunda asosan, yirik nasriy asarlarga xos xususiyatlar nazarda tutiladi. Shuning 
uchun ham syujet faqat asardagi voqealar oqimi, xarakterlarning rivojlanish 
tarixinigina emas, asardagi tuyg’u va kechinmalar oqimi,ularning rivojlanish 
mantig’i hamdir. Badiiy adabiyotda syujetning turli xil ko‘rinishlari mavjud ekan, 
biz ulardan o‘zbek adabiyotida keng qo‘llanilib kelayotgan asosiy 4 turi haqida 
qisqa bayon etamiz. Bular: xronikal syujet, retrospektiv syujet, konsentrik syujet, 
assotsiativ syujet turlari bo‘lib, biz ulardan asosan hikoyalash tamoyiliga asoslanib 
foydalanamiz. Masalan, “Xronikal syujetda bir tomondan hayotni keng ko‘lamli 
tasvirlash, ikkinchi bir tomondan esa, qahramon hayotini, taqdirini izchillikda, 
xarakterini rivojlanishda ko‘rsatish qulay.Sodda tilde aytadigan bo‘lsak, xronikal 
syujetda voqealar bir boshdan boshlanib,birin - ketin hikoya qilinadi.Xronikal 
syujet ishonarli bo‘ladi. Masalan, Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin”, Layli va 
Majnun” dostonlarini xronikali syujetga misol qilsak bo‘ladi “[2 - 24] Syujetning 
ikkinchi turi bu konsentrik syujet hisoblanib, ba’zi manbalarda tadqiqot syujeti deb 
ham ataladi. Bu syujetda voqea-hodisalar hikoya qilinmaydi,balki ular ayni 
kitobxon ko‘z o‘ngida sodir bo‘ladi.Ya’ni kitobxon asarni o‘qir ekan voqealar 
uning ko‘z o‘ngida jonlanadi. Bu syujet turi asosan detektiv asarlar uchun xosdir. 
Bunga misol tariqasida Odil Yoqubovning “Lahza”, O‘tkir Hoshimovning “Tushda 
kechgan umrlar” asarlarini keltirib o‘tishimiz mumkin. Syujetning yana bir turi bu 
assotsiativ syujet hisoblanib, u asosan lirik asarlar xarakterida namoyon bo‘ladi. 
Ammo hozirgi kunda syujetning bu turi yirik nasriy va dramatik asarlar uchun ham 
xos bo‘lib qolmoqda. Sababi assotsiativ syujetdan foydalangan ijodkor o‘z asarida 
hikoya usulidan foydalanmaydi, balki qahramonning o‘y-hayollari,xotirot olami, 
tasavvurlar oqimi orqali kitobxonga ma’lumot beradi. Ushbu syujet asosiga 
qurilgan asarlarga misol tariqasida Odil Yoqubovning “Ko‘hna dunyo”, O‘lmas 
Umarbekovning “Shoshma quyosh” asarlarini keltirib o‘tishimiz maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. 
Biz esa bugungi maqolada “retrospektiv syujet xususida bir qadar ilmiy 
manbalarga va shaxsiy fikrimizga tayangan holda fikr yuritishni maqsadga 
muvofiq deb topdik.Syujetning bu turida asar mohiyatini to‘la - to‘kis ochib berib 


748 
tasvirlash uchun asosiy voqealar rivoji to‘xtatilib, tarixga qayta murojaat qilinadi. 
Muallif retrospeksiya usulidan foydalanib, kulminatsiyagacha bo‘lgan voqea - 
hodisalarni qahramonlar faoliyati misolida ko‘rsatadi. Syujetda voqealar birin-
ketin hikoya qilinmay, balki voqeaning ma’lum bir nuqtasi to‘xtatib qo‘yilib, uning 
o‘tmishiga, o‘tmish voqealariga murojaat qilinadi.Retrospektiv syujetdan 
foydalangan ijodkor ba’zan umumiy asarni ushbu syujet asosida yaratsa, ba’zan 
esa, ayrim masalalardagina vaqti bilan qahramonlar o‘timishiga qaytib turiladi. 
Masalan Abdulla Qahhorning “Muhabbat” qissasida bosh qahramonlar Anvar va 
Muhayyolar taqdirida o‘tmish hodisalarining ahamiyati haqida gapiradigan 
bo‘lsak, ota-onadan yetim qolgan Anvarning ammasi Marg’ubaning boylik va nafs 
yo‘lida tap tortmay Muhayyoga tuxmat va bo‘xtonlaar yog’dirajagi, bunda hatto 
o‘gay qizi Muattardan ham foydalanishga harakat qilishi barobarida, adib voqealar 
rivojini bir onga to‘xtatib qo‘yadi va Marg’ubaning o‘tmishiga kitobxon e’tiborini 
qaratadi. Ko‘zini boylik, mol-dunyo ko‘r qilgan Marg’uba yaqindagina bu kabi 
johil bo‘lib qolmaganini, balki u azal o‘tmishdanoq shunday ayol bo‘lganligini 
uning o‘z eriga qilgan sadoqatsizligi tasviri orqali ochib beradi.Bundan tashqari 
Muhayyoning otasi diyonatli, mulohazali, ziyoli va mard Hakimjon ham ilk bora 
Marg’uba xususida eshitgan zahoti birdan o‘tmish hayoti, Marg’ubadan ko‘rgan 
vafosiz,qadr-qimmatsiz kunlari birma-bir ko‘z oldida gavdalanadi.Va bunda 
kitobxon asardagi voqealar rivojidan bir zumga chekinib, o‘tmish xotiralariga 
qahramonlar bilan birga sayr qilib, bundan asardagi bugungi voqealar uchun xulosa 
oladi.Bu qissada qahramonlarning har birining o‘ziga yarasha o‘tmish dunyosi 
bor.Yana bir misol, Anvar obrazining otasining o‘limiga qadar hayotni faqat 
yorqin ranglarda ko‘rgani, keyinchalik bu hayotda qora ranglar ham borligini 
anglab yetgan yosh yigitni ko‘rishimiz mumkin. Otasi vafotidan so‘ng boylikka 
intilish bo‘lmagan qalbida ozgina mehr va e’tiborga ehtiyoj sezgan Anvar o‘sha 
mehrni Muhayyodan topadi.Ammo Muhayyo ham oddiy o‘zbek qizi emas>Uning 
ham bir qora o‘tmishdan sabog’i bor.Kitobxon endi Muhayyoning o‘tmishi bilan 
tanisha boshlaydi.O‘z onasi Muborakxonimning ta’biri bilan aytganda Muhayyo 
“it tekkan”, o‘tmishi toptalgan juvon. Eri Salimdan ko‘rgan jafoli o‘tmishi birma- 
bir hikoya qilinadi qissa mobaynida. Qissa bilan tanishgan kitobxon har lahzada 
o‘tmish voqealari girdobiga tushib qoladi yoki o‘qiyotgan onida o‘tmishdan bir 
parcha bilan albatta to‘qnash keladi. Asarning ijobiy va salbiy qahramonlari 
orasidagi bog’liqlikni keltirish, salbiy qahramonlarni fosh qilishda Abdulla Qahhor 
o‘z mahorati bilan retrospektiv syujetni yorqin ko‘rinishda ochib bera olgan desak 
albatta mubolag’a bo‘lmasa kerak. 
O‘zbek adabiyotida yana bir retrospejtiv syujetga namuna bo‘la oladigan 
qissa ham borki, bu asar nainki yozilgan davri va balki bugungi kun kitobxonining 
ham sevimli kitobi ro‘yxatidan tushmayotir. Bu asar Murod Muhammad Do‘stning 
“Galatepaga qaytish yoxud saodatmand G’aybarov rivoyati” qissasidir.Asar 1983- 
yilda yozilgan. Yozuvchining ushbu asari istiqlol davri arafasidagi o‘zbek nasrida, 
o‘zbek qissachiligida muhim voqea bo‘lib keldi. Qissa aza hodisasi bilan 
boshlanadi. Raim oqsoqol vafoti va otasining azasiga arang ulgurgan farzand 
Toshpo‘lat G’aybarov tasviri bilan boshlanib, shu orqali qishloq aholisining 


749 
portretini, jamiyatning turmush tarzi yoritib boriladi. Asarni o‘qish barobarida 
inson umri- yashash, o‘lish, boqiylikka rixlat qilish tushunchasi turli rivoyatlar, 
afsonlar bilan qayta yodga olinadi. Qissa bosh qahramoni G’aybarov bolaligida 
sho‘x, to‘pori, sodda, otasi qamoqdaligida bilib - bilmay onasini ko‘chada o‘tgan-
ketganga erga bermoqchi bo‘lgan, asar bugunida islomshunos, o‘z otasining 
azasida ko‘zidan Yoshi oqmagan, bir necha yillardan buyon shaharda yashab 
qishlog’iga qaytgan inson. Uning hayoti, o‘tmishidan hikoyadir bu asar. Qissada 
o‘tmish va bugun shunday mohirlik bilan tasvirlanadiki, unda o‘gay ukasining 
boshiga igna sanchib o‘ldirgan opa, o‘tmishida fashistlarga asir tushib ularga 
mullalik qilgan va hozir o‘z yerida davralarning to‘rida o‘tirgan mulla Chori, 
o‘tmishida eri Raim oqsoqoldan ajrashib bugun ta’ziyada “voy to‘ram”lab faryod 
qilgan Anzirat buvi, aqli noqis Murod amaki, tillaga o‘ch Oyparcha va amalparast 
Haykal G’aniyevich obrazlari orqali yozuvchi o‘tmish xotiralarini birma-bir 
qalamga oladi va barcha voqea-hodisalarni Toshpo‘lat G’aybarov obrazi atrofida 
tizma kabi teradi. Asarda Galatepa qishlog’i- orzu va maqsad ramzidir.U bosh 
qahramonimizga o‘tmishida bo‘lgan voqealardan o‘zini,o‘zligini topishiga yordam 
beradi. G’aybarov o‘tmishdan xulosa chiqaradi.U Galatepaga- o‘z dunyosiga,o‘z 
“Men”iga qaytadi. “Tirik ekanligingni his qilish qanday huzurbaxsh”deya tan oladi 
asar so‘ngida qahramonimiz. Murod Muhammad Do‘st ushbu qissada “odam 
tuproqdan bino bo‘lgan va yana oxir tuproqqa qaytadi” deb inson o‘tmishi buguni 
bilan chabarchas bog’liq ekanligini, o‘tmishdan xulosa chiqara olmaydigan inson 
bugunidan saodat topa olmasligini xulosa qilib beradi kitobxonga. 
“Adabiyotda shunday badiiy syujet ham borki, ularda asosiy voqealar 
kulminatsiyadan boshlanadi, so‘ng muallif chekinish usuli (retrospeksiya) ni 
qo‘llab kulminatsiyagacha bo‘lgan voqea- hodisalarni qahramonlar faoliyatlari 
misolida ko‘rsatadi. [3-123] 
“XX asrda qissa hayotdagi janrlarni darhol aks ettiradigan janrga 
aylandi.Ocherkka sig’magan hayotiy material endi qissada jo bo‘la boshladi. 
O‘shanda ham qissa romanga qancha yaqin bo‘lmasin, baribir, hikoya janri bilan 
qon-qarindosh janr bo‘lib qolaverdi va bunda ijodkorning syujet yarata olish 
qobiliyati ham bevosiya shakllandi.” [4-15] 
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki,syujetlar orasida retrospektiv 
syujetning ahamiyati katta va dolzarbdir.Sababi retrospektiv syujet asosiga 
qurilgan asarlarda kitobxon e’tibori va diqqani jalb qila olish, qiziqtirish, o‘tmishda 
bo‘lgan voqealar orqali bugungi kunning qadr-qimmatini anglatish va bu orqali 
sinchkov 
kitobxon 
nigohini 
davrlar 
silsilasiga 
olib 
kira 
olish 
mumkindir.O‘tmishidan saboq olgan qahramonlar esa bugungi kitobxonlarga 
bevosita o‘rnak va saboq bera oladi, deb o‘ylayman. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 
1.
K.Qurambayev. Adabiyotshunoslik asoslari Nukus-2011 
2.
To‘xta Boboyev. Adabiyotshunoslik asoslari - T.: “Ozbekiston”-2002 
3.
Hotam Umurov. Adabiyotshunoslik nazariyasi - T.: A.Qodiriy nomidagi 
xalq merosi nashriyoti,2014 
4.
Umida Rasulova. XX asr o‘zbek qissalari tajriji. “Fan” nashriyoti,2012 


750 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin