774
Yoriy, Mavlaviy Yo‘ldosh, Nusrat, Nayyiriy, Shaydoiy,
Umidiy-Havoiy, Roiq,
Sipandiy, G‘aribiy kabi o‘nlab shoirlar o‘z ijodlari bilan ziyolining jamiyatdagi
o‘rni va vazifasini bir qadar aniqlab berishga muvaffaq bo‘ldilar. Xususan, davr
mushkulotlari ildizini tashqaridan emas, ichkaridan axtarishga da’vat etdilar.
Shaxsning ma’rifati naqadar yuksak bo‘lsa, u shu qadar mustahkam engillik
mohiyat kasb etishini isbotlashga urindilar.
Qo‘qon adabiy muhitida o‘ziga xos o‘rin
egallagan, uning shakllanishiga,
rivojiga munosib hissa qo‘shgan ijodkorlardan biri Muhyiddin Muhammad Rizo
Oxund o‘g‘li Muhyidir.
Shuni alohida ta’kidlamoqchimizki, Muhyi taxallusi bilan ijod qilgan boshqa
shoirlar ham bo‘lgan. Po‘latxon Qayyumovning «Tazkirat-ush-shuaro» asarida
Shayx Abdulqodir Jiloniy (Muhyi) hamda Qaerdan ekani noma’lum bo‘lgan Sadrul
olam unvonli Muhyi taxallusli shoirlar haqida ma’lumotlar bor. SHuningdek,
«Ensiklopediyai adabiyoti toҷik»ning 2-jildida Muhyii Loriy, Muhyii Hisoriylar
haqida ham ma’lumotlar uchraydi. Quyida shular haqida ikki og‘iz mulohaza
yuritamiz:
Dostları ilə paylaş: