770
MANBALARNING MATNIY TADQIQ ETISH
MUAMMOLARI
O’ZBEK “GO’RO’G’LI” DOSTONLARINING QO’LYOZMA
NUSXALARI
San’at SARIYEV
Urganch davlat universiteti dosenti,
filologiya fanlari doktori (DSc)
(O’zbekiston)
Dunyo xalqlari ma’naviyatining negizini tashkil etuvchi milliy
qadriyatlar
tizimining
asosiy
qismini
asrlar
davomida
yaratilib,
sayqallanib kelgan badiiy tafakkur durdonalari tashkil etadi. Jahon
xalqlari milliy ma’naviyatining ko’zgusi bo’lgan folklor
asarlari, xususan,
uning ko’p qatlamli epik tafakkurini o’zida aks ettirgan dostonlarni
o’rganish yosh avlodni tarbiyalashda muhim omillardan biri sanaladi.
Ushbu boy va qadimiy badiiy merosning salmoqli qismi xalq eposi
namunalari hisoblanadi
.
Ajdodlarga xos bo’lgan ana shunday ma’naviy etuklikning tub ildizlarini
aniqlash va uning mohiyatini yoritish uchun xalqimizning boy va keng qamrovli
og’zaki ijodini, xususan, epos tabiati hamda uning yashab kelish tamoyillarini
tadqiq etish har jihatdan muhimdir.
“Go’ro’g’li” eposi qo’lyozma variantlarining yuzaga kelish jarayoni ham xalq
ma’naviy olamining qadimiy an’analariga borib bog’lanadi. Zero, “Go’ro’g’li”
dostonlari ko’pgina xalqlar orasida juda keng tarqalgan. Bu dostonlar o’zbek, tojik,
turkman,
ozarbayjon, turk, qozoq, qoraqalpoq, arman, gruzin, kurd xalqlari epik
ijodiyotida o’ziga xos turkumlarni tashkil etadilar. Go’ro’g’li Sibir tatarlari,
bulg’or turklarining sevimli
E
pik qahramonlaridan biridir. Turkumning ayrim
lavhalari O’rta Osiyo (Buxoro) arablaridan ham yozib olingan.
Bunday keng
hududda, asosan, turkiy elatlar va qisman turkiy bo’lmagan xalqlar orasida keng
tarqalgan, turkumlashishning barcha xillarini o’z ichiga olgan bunchalik ko’p
tarmoqli biror-bir epik asarni dunyo folklorchiligi bilmaydi” [1.3].
Dostonlarining xalq orasida saqlanib qolgan qo’lyozma nusxalarini aniqlash
maqsadida olib borgan izlanishlarimiz natijasida “Go’ro’g’li” turkumi
dostonlarining quyidagi qo’lyozma variantlarini topishga muvaffaq bo’ldik:
1. O’z R FA SHarqshunoslik institutida: №836-inv., №3150-inv., №2962-
inv., №3279-inv., №953-inv., №529-1-inv., №8042-inv., №12045-inv., №5350(1)-
inv., №9590-inv., №12222-inv.
3. O’z R FA Til va adabiyot instituti Folklor arxivida 3 ta qo’lyozma variant:
№1647-inv., №1429-inv., №1751-inv.
4. Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyidagi qo’lyozma variant: №100-
inv.,
771
5. Prof.S.Ro’zimboevning shaxsiy arxivida 2 ta qo’lyozma variant:
(“Bozirgon”, “Xirmondali”.)
Ushbu manbalarni tahlil qilish jarayonida ularning ayimlari takror nusxalar
ekanligini inobatga olib, asosiy, birlamchi deb topgan manbalarni asos qilib oldik
va qolganlirini esa asosiy manbaning g’oyaviy-badiiy qimmatini asoslab berish
uchun tahlil jarayonlarida foydalandik.
O’rta
Osiyo xalqlari folklorida, xususan, o’zbek xalq og’zaki badiiy
ijodiyotida alohida o’rin tutadigan bu epos Xorazm vohasida, ayniqsa, keng
tarqalgan. Folklorshunos M.Saidov “Go’ro’g’li” turkumi dostonlari haqida fikr
yuritar ekan, “o’zbek xalqi orasida bu eposni avvalo Xorazmdan axtarish kera”
[2.139], - deb yozgan edi. Professor T.Mirzaev esa “Go’ro’g’li” turkumi dostonlari
o’zbeklar orasida bir-biridan jiddiy ravishda farq qiluvchi ikki versiyada
tarqalganligini qayd qiladi [3.133]. Bu versiyaning birinchisi Xorazm “Go’ro’g’li”
dostonlari bo’lsa, ikkinchisi eposning Xorazmdan boshqa viloyatlarda tarqalgan
turkum dostonlaridir.
Professor S.Ro’zimboevning ko’rsatishicha, hozirgacha
Xorazmda tarqalgan
“Go’ro’g’li” turkumi dostonlarining umumiy soni yigirma to’rtta bo’lib, shundan
hozirga qadar o’n sakkiztasi yozib olingan [4.134]. Boshqa viloyatlarda tarqalgan
“Go’ro’g’li” dostonlarining soni haqida so’z ketganda baxshilar orasida aytilib
yuradigan “Go’ro’g’li” qirq doston» degan naqlnamo gap ko’p eslanadi. Ammo
professor T.Mirzaev to’g’ri qayd etganidek, bu o’rinda “qirq” raqami an’anaviy
bo’lib, u haqiqiy holni ifoda etmaydi. Aslida o’zbek elida tarqalgan “Go’ro’g’li”
dostonlarining soni yuzdan oshadi. Hozirgacha folklorshunoslar tomonidan yozib
olingan va O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi
Til va adabiyot instituti Folklor arxivida saqlanayotgan “Go’ro’g’li”
dostonlarining
soni oltmishga bordi. Turkumning variantlari va Xorazm “Go’ro’g’li”si bu hisobga
kirmaydi [5.133]. Darhaqiqat, T.Mirzaevning o’zi “Go’ro’g’li” dostonlarining
sharqiy versiyasiga mansub 59 ta asar nomini keltirgan [5.133].
SHunisi e’tiborliki, Xorazm dostonchiligi an’analarining bir tarmog’i
qissaxonlik bilan bog’lanib ketadi. Bu an’ana abyniqsa, Xorazmdagi qissaxon-
xalfalar ijodiga ko’proq taalluqlidir [7.13]. SHu sababli o’zbek “Go’ro’g’li”
dostonlarining yozuvga ko’chirilishi ham, asosan, Xorazmdan boshlangan, desak
xato qilmagan bo’lamiz. O’sha paytlardayoq yosh baxshilar dostonlarni yoki
ulardan parchalarni ana shunday qo’lyozmalar orqali o’zlashtirib,
keyinchalik
ularni og’zaki ravishda kuylashga o’tganlar. Demak, Xorazm baxshilarining kitob
vositasida doston aytishi o’ziga xos an’ana hisoblangan. CHunki, 1863-yilda
Xorazmga kelganda ko’proq qo’lyozmalar yig’ishga e’tibor qaratgan venger olimi
H.Vamberining keltirishicha: Xorazm baxshilarida “Baxshi kitobi” deb ataluvchi
maxsus qo’lyozmalar bo’lib, ular “... o’rganuvchi shogird - baxshilarning yonida
olib yuriladigan kichik kitobchadir” [8.34]. 1908-yilda Xorazmga kelgan
sharqshunos A.Samoylovich baxshilarning kitobiy doston kuylaganliklariga ham
e’tiborini qaratib: “xivalik baxshining o’zi dutor chalib,
kitobiy dostonni ijro
etayotganida uning yonidagi ikki sozanda bulamon chalishib, unga jo’r bo’lib
turishdi” [9.22] - deb yozadi.
772
Qoraqalpoq folklorshunosi Q.Ayimbetov, Xiva xoni Suyav baxshini
chaqirtirib “Go’ro’g’li” dostonini ayttirgani va o’zi dostonning qo’lyozmasiga
qarab o’tirgani, baxshi hatto bir so’zda ham yanglishmaganligini qayd qilib o’tadi
[10.132]. Demak, Xorazm baxshilari so’nggi davrlarda dostonlarni, asosan, yozma
matnlar orqali o’rganib, og’zaki ijroga o’tganlar. Dostonlar xalq orasida shu
darajada ommalashib ketganki, xalq dostonlarni yodlab olgan. Baxshilar orasida
dostonlardagi she’riy parchalarni tashlab ketish yoki unga qo’shimcha qo’shish ayb
sanalgan. Alloma H.T.Zarifov ham shu nuqtai nazardan bo’lsa kerak, “Xorazm
dostonlari yozma adabiyot va shahar madaniyatidan xabardor bo’lgan noma’lum
savodli baxshilar tomonidan qayta ishlangan nisbatan muntazam tekstga ega”
[11.240] – deb yozadi.
YUqoridagi ko’chirmalardan ko’rinadiki, Xorazm
vohasida dostonlarning
yozma variantlariga murojaat qilish nafaqat qissaxonlar va qiroatxon xalfalar, balki
baxshilar uchun ham an’anaga aylangan. Bu an’ananing Xorazm vohasida
yoyilgan deyishimizning boisi shuki, qo’lyozma variantlar turkman va qoraqalpoq
baxshilari hamda qissaxonlari uchun ham doston o’rganishda asosiy manba bo’lib
xizmat qilganligi turkman folklorshunosi B.Qarriev [12.128], qoraqalpoq
folklorshunosi Q.Maqsetov [13.132] asarlarida qayd qilingan.
“Go’ro’g’li” dostonlarining qo’lyozma variantlari Xorazm vohasida istiqomat
qilgan xalq baxshilari uchun teng xizmat qilganligi sababli turkman, qoraqalpoq va
Xorazm o’zbeklari orasida tarqalgan versiyalar bir-biriga juda o’xshash keladi
[14.60].
Bu masalaning bir tomoni bo’lsa, ikkinchidan Xorazm vohasidagi o’zbek,
turkman va qoraqalpoq baxshilari repertuaridagi dostonlarning hajman kichik,
ixchamlashgan ekanligi ham ularning barqaror matnlarga ega bo’lgan yozma
variantlarga asoslanganligidadir.
Dostları ilə paylaş: