Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə352/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   431
Anjuman Boku (6)

Jalolxon
ismiga qilingan 
Jononlar ichra yorim bir gul’uzor emasmu, 
Bazm ichra anga doim jonlar nisor emasmu
– bayti bilan boshlanadigan 8 
baytdan iborat muvashshah-g‘azal mavjud bo‘lib, u shoirning turkiy devoniga ham 
kiritilgan. Biroq: 
Olsa qo‘lg‘a bazm uchun ul ofati davron dutor, 
Bo‘lg‘usi oydek yuzig‘a men kabi nolon dutor – 
bayti bilan boshlanadigan, 
10 baytdan iborat 
Ibrohimjon
ismiga qilingan muvashshah
To‘kti qonim g‘amza aylab ul ko‘zi cho‘lfongina, 
Oldi jonim ishva aylab, ofati davrongina – 
bayti bilan boshlanadigan 8 
baytdan iborat 
Tursunjon
ismiga qilingan muvashshah; 
Zikring aytgach ko‘z to‘kar seloblar qon ustina, 
Zavraqi baxtim mani tushmish bu to‘fon ustina – 
bayti bilan boshlanadigan 9 
baytdan iborat 
Zulfiqorxon
ismiga qilingan muvashshah hamda: 
Mehri anvor charx uza nochorni aylar orzu
Zuhra birla mushtariy diydorni aylar orzu, 
Xizru Iyso la’li guharborni aylar orzu, 
Bog‘ aro sarvi sihi raftorni aylar orzu, 
Gul chamanda nargisi xunxorni aylar orzu
bandi bilan boshlanadigan 
beshlantirilgan muvashshahlar esa shoir Muhyining turkiy devoniga kiritilmagan. 
13. Muhyiddin Muhyi. Tarix.
Tojikcha nasriy asar. O‘zFASHI 
qo‘lyozma asarlar bo‘limida №604 inventar raqami bilan saqlanayotgan nusxa 
[13]. Asar 1318/1900 yilda yozilgan va muallif tomonidan shu yilning o‘zida 
musavvada qilingan. O‘lchami 17x21,5 sm
61
. Asar XIX asr Qo‘qon adabiy 
muhitini o‘rganishda asosiy manba sifatida xizmat qiladi. Asarda dastlab odam 
alayhissalomning tarixlaridan boshlab, alal oqibat Qo‘qonning Muhyi yashagan 
davri tarixigacha bayon qilinadi. Bilamizki, Muhyi o‘zi e’zozlagan, iste’dodiga tan 
bergan ko‘plab qalam sohiblari qarshisida nihoyatda xokisorlik bilan ta’zim bajo 
etadi, ular xususida o‘quvchi qalbini zabt etadigan zo‘r fikrlar aytadi. Birgina 
misol: shoir Tajalliy haqida “Tarixi Muhyi Xo‘qandiy”dan quyidagilarni o‘qiymiz: 
– Janobi sayyid avlod Husaynxon Dehlaviy taxallusi Tajalliy… Hozirda Xudoning 
panohida salomatdur. Hozir bul zotg‘a barobar keladigan shoir butun olamda 
ko‘rinmaydur va eshitilmaydur, bunday shoir avvalda ham bo‘lmagan, keyin ham 
bo‘lmaydur. 
61
Асар муаллифнинг мусаввадаси (қоралама нусхаси)дир. 


780 
Xulosa shuki, biz maqolamiz davomida qisqacha tavsifini keltirib o‘tgan 
bu durdona manbalar nafaqat Muhyi ijodini o‘rganishda, balki shoir yashagan davr 
– XIX asr Qo‘qon adabiy muhitini o‘rganishda ham katta xizmat qiladi. 
Muhyi faol ishtirok etgan Qo‘qon adabiy muhitida u yoki bu ma’noda 
she’riy majlislar haqida so‘z borganda, aksariyat hollarda dastlab Muhyi nomi tilga 
olingan. Akademik Ko‘r o‘g‘li «Uzbekskaya literatura» asarida Muhyi, Muqimiy, 
Furqat, Zavqiy, Nisbatiylarning tez-tez majlislar o‘tkazib turishganini, unda qizg‘in 
bahsu munozaralar avj olganini ta’kidlab o‘tadi [15. 115-str.]. 
Haqiqatan, Muhyi tevaragida zamonasining peshqadam shoirlari 
to‘plangan edilar. Muhyi bular orasida eng nuktadoni, she’riy ilmlar allomasi 
bo‘lganini e’tiborga olsak, u bu davralarda ma’lum ma’noda xolis hakamlik 
vazifasini ham o‘tagani ayonlashadi. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin