778
Asarda shoirning fors-tojikcha g‘azallari kiritilgan bo‘lib, u nasta’liq
xatida
yozilgan [12].
12. Majmu’oti ash’ori Muhyi.
Qo‘lyozma. O‘zFASHIning qo‘lyozma
asarlar fondida №11126 inventar raqami bilan saqlanayotgan nusxa [11]. Asar
1305 hijriy yilda Qo‘qon shahrida shoir Muhyi tomonidan tahrir etilgan va
ko‘chirilgan. Kitobning o‘lchami 11x170 sm bo‘lib, u 69 varaqdan iborat. Asar
chiroyli nasta’liq xatida bitilgan bo‘lib, undan shoirning turkiy va forsiy tildagi
g‘azal, muvashshah,
masnaviy, muxammas, qit’alari hamda qasida va marsiyalari
o‘rin olgan. Qo‘lyozmaning umumiy hajmi uncha katta emas. U bor yo‘g‘i 500
bayt (1000 misra) atrofida. Majmua:
Ey nigori dilraboi mahvashi koni adab,
Munda ko‘p chektim g‘amingdin mehnatu ranju taab –
baytli g‘azal bilan
boshlanadi. (majmuaning boshidagi 3 varag‘i saqlanmagan.)
Majmuaning ahamiyatli jihati shundaki, undan shoirning devonlariga
kiritilmagan ko‘pgina ash’orni – g‘azal, muvashshah-g‘azal, qit’a, masnaviy,
muxammas, qasida va marsiyalarni o‘qish mumkin. Asar, ayniqsa, ayrim tarixiy
shaxslarning vafoti munosabati bilan bitilgan marsiyalarning mavjudligi bilan
qadrlidir.
SHu bois, diqqatimizni majmuadagi shoirning ayrim zamondoshlari
vafoti munosabati bilan bitgan marsiyalari o‘ziga jalb qildi.
Masalan, majmuada janob Ma’sumxon to‘ra nomli kishining vafoti
munosabati bilan bitilgan 53 baytdan iborat ta’rix-marsiya mavjud.
Uning vafoti
sanasi haqida shoir shunday yozadi:
Bud ravshan az vuҷudash sham’i ahli din mudom,
Z-in sabab shud soli favti o‘: charog‘i ahli din.
Tarjimasi: Uning (Ma’sumxon to‘raning) vujudidan din ahli (qalbi) doimo
ravshan edi. SHu boisdan ham uning vafoti sanasiga دين أهل ﭽرﻍ (charog‘i ahli din)
tarix bo‘ldi.
Ma’lumki, abjad hisobi bo‘yicha, charog‘i ahli din (دين أهل ﭽرﻍ - ﭺ - 3, ر -
200, ﻍ - 1000, أ - 1, ه - 5, ل - 30, د - 4, ﻯ - 10, ن -50) 1303 hijriy yilga to‘g‘ri keladi.
Demak, Ma’sumxon To‘ra 1303 hijriy yilda, marsiya so‘z boshisida
ta’kidlanishicha, ramazon oyida vafot etgan.
Majmuadan o‘rin olgan keyingi marsiya
Muhammad Ishoqxon vafoti
munosabati bilan bitilgan bo‘lib, u 29 baytdan iborat. SHoir marsiyaning bir
baytida Muhammad Ishoqxonning vafoti sanasi 1294 hijriy yil ekanini ko‘rsatib,
unga bo‘lgan ehtiromini quyidagicha izhor etadi:
Shohi zamon Muhammad Ishoqxonki hast,
O‘ro du’o maloiki haft osmon kunand.
Tarjimasi: Zamon shohi Muhammad Ishoqxonni etti osmon maloiklari duo
qilsinlar.
779
E’tirof etish lozimki, shoirning turkiy va forsiy devonida uchraydigan ba’zi
g‘azal va muvashshahlarni
inobatga olmaganda, majmua deyarli devonlarda
(Muhyining turkiy va forsiy devoni nazarda tutilmoqda) mavjud bo‘lmagan
she’rlardan tarkib topgan. Unda
Dostları ilə paylaş: