Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Mirziyoyev Sh. Namangandagi saylovchilar bilan uchrashuv nutqidan.
Правда востока, 2021-yil 27-sentabr.
2.
Usmon Nosir “Unutmas meni bog’im”. - Toshkent: “G’.G’ulom
nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti”, 1988.
755
3.
Ahmedov S., Qosimov B., Qo’chqorov R., Rizayev Sh. Adabiyot (5-
sinf darsligi). – Toshkent: “Sharq”, 2015.
AMIRIY IJODIDA SAVOLU JAVOB
Dilzodaxon ABDULLAYEVA
QDPI talabasi
Annotatsiya.
Mazkur maqolada savolu javob badiiy san’ati, turlari xususida
fikr yuritiladi. Amiriy ijodidan misollar keltirilib, san’atning ma’no qirralari,
shoirning badiiyati tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar:
Amiriy, mahorat, badiiyat, san’atlar, savolu javob, xalq og‘zaki
ijodi, Farhod, dedi
Аннотация:
В данной статье рассматривается искусство вопросов и
ответов и его виды. Приводятся примеры из творчества Амири,
анализируются смысловые аспекты искусства и артистизма поэта.
Ключевые слова:
Амири, мастерство, артистизм, искусство, вопросы и
ответы, фольклор, Фархад, сказал,
Annotation:
This article discusses the question-and-answer art and its types.
Examples from Amiri's work are given, the meaning aspects of art and the poet's
artistry are analyzed.
Key words:
Amiri, skill, artistry, arts, question and answer, folklore, Farhad,
said
Savolu javob san’ati she'riy san’atlarning ma’naviy san’atlar turkumiga
mansub bo‘lib, “muni arab fusahosi muroja’a ham derlar. Bu ikki nav’dur. Birinchi
nav uldurkim, savolu javob bir kishining kalomida bo‘lur, masalan, bir she’rda bir
misra savol, ikkinchisi javob bo‘lur yoki bir bayt savolu ikkinchisi javob bo‘lur.
Ikkinchi nav’ uldurkim, savolu javob ikki kishining kalominda voqi’ bo‘lur”[1,
189].
Savolu javob san’atining ildizlari xalq og‘zaki ijodi namunalariga borib
taqalsa, Navoiy va keyingi davr ijodkorlarida ijodida yanaqa sayqallandi. Misol
tariqasida, “Alpomish” dostonida Alpomish Barchinni qutqargani borish uchun ot
olgani Qultoy oldiga kirganidagi oddiy bir suhbatiga diqqat qilsak:
…Qultoy Alpomishni ko‘rib, ko‘nglini xushlab…Alpomishga qarab aytib
turgan so‘zi:
Xazon bo‘lib bog‘da gullar so‘ndimi,
Oblo sening aql-u hushing oldimi,
Boybo‘ri o‘lib, moli senga qoldimi?
Alpomish buni eshitib, Qultoyga bir so‘z deb turgan ekan:
756
Bobo, sir-u holim ma’lum qilayin,
Sendan endi bir bedovni so‘rayin,
Sen eshitgin menday o‘g‘ling so‘zini,
Ajratib kelayin biyning qizini.
Ushbu parchada Qultoy va Alpomish o‘rtasidagi o‘zaro muloqot aks etgan,
savolu javob san’atidan foydalanilgan, birinchi band Qultoy savoli, keyingi band
Alpomish javobi tarzida ifodalangan. Quyidagi “Ravshan” dostonidan keltirilgan
parchada Zulxumorni qutqargani ketayotgan Ravshan va uni bu yo‘ldan
qaytarmoqchi bo‘layotgan otasi Hasanxon polvon savol-javobi aks etgan.
Hasanxon: …Sen bo‘lmasang, otang holi ne kechar?
Sensiz menga falak kafanto‘n bichar,
Dunyoning bolini zahar deb ichar,
Qanday kuni kechar sho‘r enang nochor,
Harna yo‘q-u borim, senga yo‘l bo‘lsin?...
Ravshan: Jonim ota, aytolmayman uyalib,
Bolang ketar endi boshini olib.
Jon ota, alamim ko‘pdir so‘rmagin,
Bek Ravshan jo‘nadi safarga tolib...
Xalq dostonlarida savol-javob san’atining keng o‘rin egallashi kitobxonda
qiziquvchanlik,
keyingi
voqealar
rivojiga
intilish
kabi
hissiyotlarini
to‘lqinlantiradi. Ma’lum bir voqeaga nisbatan, boshqa qahramonlar fikrining
berilishi, o‘rtadagi munosabatning kengayishiga olib keladi va bu hol doston
matnida “bir so‘z dedi”, “bir so‘z aytayotir”, “aytib turibdi”, “bir so‘z deb turgan
ekan”, “shunday dedi” kabi bir qancha so‘zlar bilan birga qo‘llanadi.
So‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonidagi
Farhod va Xisrav o‘rtasidagi savol-javob 25 baytdan iborat. Har bir baytning
birinchi misrasi Xisrav tilidan savol, ikkinchi misrasi Farhod tilidan javob
ko‘rinishida berilgan. Ko‘chirma gaplar “dedi”, “dedikim” muallif gaplari bilan
birga berilgan.
Farhodning jamoli-yu odobini ko‘rdi-yu, jazolashni unutgan Xisrav Farhodga
so‘z ochdi:
Dedi: Qaydinsen, ey majnuni gumrah?
Dedi: Majnun vatandin qayda ogah.
Dedi: Nedur sanga olamda pesha?
Dedi: Ishq ichra majnunluq hamesha. (2, 168)
Farhod qo‘rqmasdan savollariga javob qaytaradi. Oshiqligini sinamoqchi
bo‘lgan Xisravning yangi-yangi savollariga munosib tarzda javob berib, shohni
hayratda qoldiradi:
757
Dedikim: Dilbaringning de sifotin!
Dedi: Til g‘ayratidin tutmon otin! (169)
Aql-zakovat, chin oshiqlik oldida lol qolgan Xisrav Farhodga do‘q-po‘pisa
qilsa-da, o‘zini yo‘qotmay, o‘limni ham sharaf bilan qabul qilishini aytadi:
Dedi: Ol ganju qo‘y mehrin nihoni!
Dedi: Tufroqqa bermon kimyoni!
Dedikim: Shahg‘a bo‘lma shirkatandesh!
Dedi: Ishq ichra tengdur shohu darvesh! (169)
Demak, Navoiy savolu javob san’ati orqali kitobxon ko‘z o‘ngida ikki
obrazning qanday shaxs ekanligini yanada chuqurroq ochib berib, berilgan
savollardan, tezkorlik bilan qaytarilgan javoblardan anglashga undaydi.
Iste’dodli shoirlar Maxtumquli va Turdi o‘rtasidagi savolu javob asosida
yuzaga kelgan quyidagi she’r ham o‘zining badiiyati, tilga yaxshi o‘rnashganligi
bilan xalq orasida juda mashhur. Ushbu she’rda birinchi band savol bo‘lsa,
ikkinchi band javob tarzida ifodalangan:
Maxtumquli: U nimadir, yoqasi bor yoni yo‘q?
U nimadir, qanoti bor, qoni yo‘q?
U nimadur, odam yutar, joni yo‘q?
Shoir bo‘lsang shundan bizga xabar ber.
Turdi shoir: U kafandir, yoqasi bor yoni yo‘q,
Kapalakdir, qanoti bor qoni yo‘q,
Qaro yerdir, odam yutar joni yo‘q,
Bizdan salom bo‘lsin javob shundaydir.
Anvar Hojiahmedov savolu javob ma’naviy san’ati haqida to‘xtalar ekan,
she’r misralarida ikki shaxs, ko‘pincha oshiq bilan mahbuba o‘rtasidagi savol va
javobni aks ettirish usuli ekanligini qayd etadi. Qo‘qon adabiy muhiti shohi o‘z
ijod namunalarida bu usuldan keng va unumli foydalana olgan.
Amiriyning savolu javob tarzida boshlangan “bor” radifli mashhur g‘azal
matla’sining yaratilish tarixi haqida Nodirabegim o‘zining devoni debochasida
ma’lumot beradi. Nodira Amiriyning yuksak aqlu zakovat egasi ekanligini,
o‘zining ham unga har taraflama munosib yor bo‘lishga harakat qilgani va uni
o‘ziga ustoz deb bilganini yozadi: “Ersa goho ul Hazrat ba’zi toza mazmunlardin
bir misra’ birla savol tariqasida so‘rar erdilar, filvard oxiri misra’ birla’ javob aytur
erdim va tabiatlarini xush qilur erdim. Biri budurkim, bir kuni savol qildurlarkim,
misra’:
- Nega arbobi xirad ahli junundin ori bor?
Javob aytdimki, misra’:
- Kim, alar uryon, bularning jubbau dastori bor.
758
Bu tariqa mazmunlar birla ko‘ngullarig‘a farah yetkurur erdim, mundog‘
latoyif va nazokatlar birla ro‘zg‘ori davlat va saltanat xush kechar erdi” [3, 61].
Amiriyning savol tarzidagi bir misrasiga Nodirabegim munosib javob qaytargan va
u Amiriyga bag‘oyat xush yoqqan. Keyinchalik Amiriy savolu javobni davom
ettirib, go‘zal g‘azalini yaratadi. G‘azal matla’si shunday:
Nega arbobi xirad ahli junundin ori bor?
Kim, alar uryon, bularning jubbau dastori bor.
Amiriyning “Nega aqlu donish egalari ishq yo‘lida telbaga aylangan
insonlardan orlanadilar?” degan savoliga Nodira: “Chunki junun ahli kiyarga
kiyimi yo‘q darajada nochor bo‘lgani holda, arbobi xiradning ust-boshi, sallasi
bor” deya zohiriy va botiniy ma’nodagi ma’naviy bog‘liqlik bilan javob qaytaradi.
Savolu javob bilan boshlangan g’azal yor ta’rif-u tavsifiga ulanib ketgan.
Amiriy boshqa g’azallarida qo’llagan savolu javob badiiy san’atiga ham
e’tibor qaratsak. “Erurki xoki tanim yo‘lingda pomol, Boshimg‘a sarv qadding
soyasin sol” matla’si boshlanuvchi g‘azalning 3-4-baytlarida ushbu san’atdan
foydalanilgan. Baytning birinchi misrasi oshiqning javobni bila turib bergan savoli,
ikkinchi misrasi yorning javobni to‘ldirishi tarzida berilgan:
Dedim: “Zulfung ayog‘ingga tushubdur”,
Dedi: “Shamshod ostida erur dol”
Dedim: “La’l ostida gavhardur oyo?”
Dedi: “Maygun labim davrida tabxol” (4, 223)
“O‘xshotma” radifli g‘azalining quyida keltirilgan baytlari ham savolu javob
san’atining go‘zal namunalaridan bo‘libgina qolmay, san’atning badiiy qimmatini
oshirgan. Baytlarda oshiq yorining yuzini gulga, oyni yuziga, sochini sunbulga
o‘xshatgan edi hamki, shu on rad javobini oldi:
1.
“Yuzin gul, turrasin sunbul”, - dedim, ul siymbar aydi:
“Yuzimni gulg‘a, sunbul zulfi tarrorimg‘a o‘xshotma” (301)
2.
“To‘lun oydur”, - dedim ruxsorini shadd o‘ldi jonim,
G‘azab birla dedikim: “Oyni ruxsorimg‘a o‘xshotma”
Labini asalga, so‘zini gavharga o‘xshatsa ham bu hol yorga ma’qul kelmadi:
3.
Labini shahd anglab so‘zini gavharga bengzattim,
Chuchuk til birla aytur: “Durri guftorimga o‘xshotma”
Hatto, oshiq ishq ko‘yida Farhod bilan Majunni o‘ziga o‘xshatgani ham
yoqmay, oshiqining yagonaligini bildirdi:
4.
Dedim: “Man telbadekdur ishq aro Farhod ila Majnun”,
Dedi: “Beboklarni oshiqi zorimg‘a o‘xshotma”(301)
“O‘xshotma” radifli g‘azalida qo‘llangan savolu javob oshiq va yor o‘rtasida
kechgan. Oshiqning har bir o‘xshatishlariga yor o‘z javobini (rad etganlik) berib
turgan. Bundan ma’lum bo‘ladiki, ushbu ma’naviy san’atda savolning qat’iy
759
bo‘lishi talab etilmaydi. Baytlarda muallif gapi bilan ko‘chirma gapning o‘z
o‘rnida qo‘llanishi (4), o‘rin almashishi (1-2), oshiq so‘zining o‘zlashgan gap
shaklida ifodalanishi (3) ko‘zga tashlanadi. Bundan tashqari, oshiqning
o‘xshatishlariga yorning sifati va emotsiyalarining ham qo‘shilishi, ya’niki,
siymbarligi, g‘azab bilan, chuchuk til bilan so‘zga kirishi shoir badiiy mahoratini
ko‘rsatgan.
Amiriyning “Ko‘zumga furqat ayyomida jonon uchradi nogah” misrasi bilan
boshlanuvchi “nogah” radifli g‘azalida (Amiriyning “nogah” radifli g‘azali 3 ta)
oshiq ko‘zi xususida so‘z boradi. Beshinchi baytga kelganda, ko‘z bilan
tubandagicha savolu javob qiladi:
Dedim: “Ey ko‘z, nedin bo‘ldi sango qon yig‘lamoq odat?”
Dedi: “Naylayki, ul oshubi davron uchradi nogah”(310)
Oshiq ko‘zining qon yig‘lashiga sabab sifatida, ko‘z oshiqning tanasini
ko‘rsatadi. Ushbu g‘azal tasavvufiy mazmunga yo‘g‘rilgan bo‘lib, “manzili
maqsud” ga yo‘l topish uchun ovora ko‘z qismati tasvirlangan. Irfoniy ma’nodan
uzoq ketmagan holda, “Mani ishq furqati dahr aro adam etti nomu nishonim”
misrasi bilan boshlanuvchi g‘azaldan keltirilgan baytga diqqat qilsak:
Dedim ul sitamgara: “Ey pari, qoshu kipriging netaram?” Dedi:
“Ko‘ngul ichra joning arosida tut, Amir, tiyri paykonimi” (327)
Bayt odatiy tarzda oshiq savoli va yor javobidan tashkil topgan. Yor
tarafidan o‘ziga qarata otilgan tig‘ va paykonlarini nima qilishini bilmay bergan
oshiq savoliga yor ko‘ngling ichra joningda saqla deb maslahat beradi. Kiprikning
tasavvufda “abadiy rohat” mazmunida qo‘llanishini e’tiborga olsak, bu baytning
ortiqcha izohiga hojat yo‘q
Yuqorida keltirgan barcha misollarimiz A. Husayniy ta’rifi bilan aytganda,
savolu javob san’atining ikkinchi nav’iga mansubdir. Ushbu nav’ni davom ettirgan
holda, Amiriy ijodidagi “o‘shal” radifli g‘azaliga e’tibor qaratsak. Ushbu g‘azal 7
baytdan iborat, matla’dan keyingi baytdan to maqta’gacha savolu javob san’ati
asosida shakllantirilgan. Shu sababli, g‘azal matnini kiritishni lozim ko‘rdik.
Xor tutma paykarimni, poymolingdur o‘shal,
Hurmat etkim, zarrae mehri jamolingdur o‘shal.
Yor aydi: "Qaysi hindudir guliston sahnida?"
Aydim: "Ey siymi badan, yuz uzra xolingdur o‘shal".
Dog‘i aydi: "Oftob uzra bo‘lurmu yangi oy?"
Man dedim: "Ruxsor uza mushkin hilolingdur o‘shal".
Aydikim: "Qaysi "alif"dur jonda bo‘lgon jilvagar? "
Dedim: "Ey sarvi ravon, ra’no nihoningdur o‘shal".
Dedim: "Ul mo‘yi miyoningdurmu yo jon rishtasi?"
Dedi: "Bu so‘z ko‘nglungga kelgon xayolingdur o‘shal".
760
Dedi: "Ko‘nglung qaysi ohuchashm sargardonidur?"
Man dedim: "Ovorayi ikki g‘izolingdur o‘shal".
"Telba ko‘nglung kimga moyildur?" - dedi, aydim:
"Amir Volayi xurshidi husni bezavolingdur o‘shal".(216)
G‘azal yorning tajohil ul-orif san’atidan foydalanib bergan savollari va
oshiqning bergan javoblaridan tarkib topgan. Yangilik jihati, bu g‘azalda oshiq
emas yor savol beradi, oshiq javob qaytaradi. Bundan tashqari, yor o‘zini
o‘xshatishlarga o‘rab, bilmaganlikka olsa, oshiq bu o‘xshatishlar negizidagi
jumboqni yechadi, go‘yo.
Amiriy “Dun keldi yor, telba ko‘ngul holini so‘rub” misrasi bilan
boshlanuvchi 13 bandlik musaddasida ham savolu javobdan go‘zal san’at asari
yarata olgan. Har bir bandda savolu javob san’ati qo‘llangan, bu hol bandlarning
so‘nggi ikki misrasida ko‘proq va mazmuniy umumiylik bilan ko‘zga tashlanadi
[4, 428-429-430].
Yor o‘zining befarqligini, bavofoligini isbotlashi o‘laroq, oshiqning
savollariga javob bermaydi, gaplariga munosabat bildirmaydi. O‘rganishimiz
davomida Amiriy ijodida “kerakmasmu sango?”, “nadur?”, “sizmusiz?”,
“bormukin?”, “qani?” radifli g‘azallari hamda “Ey, labing davrida saf chekkon xati
anbarmudur? Yo Badaxshon uzra hindu xaylidin lashkarmudur?” matla’si bilan
boshlanuvchi g‘azali boshidan to so‘nggiga qadar savol ustiga qurilganligi ayon
bo‘ldik. Bundan tashqari, “Chamanda lolayu guldurmu bu yo gulgun uzoringmu,
Na balomu na nargis, ikki chashmi purxumoringmu?” misralari bilan boshlanuvchi
g‘azalda ham ko‘proq savollar ustunlik qilib, yor ikki o‘rinda savollarga savol
bilan murojaat qilgani ko‘zga tashlandi:
Dedim ul oyni ko‘rgoch: “Sanga ishqim bor-u, sabrim yo‘q”,
Kulub aydi mango yuz noz ila: “Bu yo‘qu boringmu?”(290)
Amiriy savolu javob san’atidan foydalanishi davomida, yorning savollarini
oshiq tilidan bayon ettiradi va keyingi misrada javobini beradi. Bu hol savolu javob
san’atining birinchi nav’iga misol bo‘lishi mumkin. Masalan, “saning” radifli
g‘azalidan keltirilgan tubandagi baytda oshiq tilidan yor kechalar ko‘yida fig‘on
aylagan kimligini bilmay yurganligi, aslida shu kimsa kamsuqumgina oshiqi
ekanligini qayd etadi.
“Kechalar kimdur, - deding, - ko‘yumda afg‘on aylagan?”
Oshiqi mazlum, ya’ni dodxohingdur saning,(171)
Yana bir misol, Amiriy “Qo‘ymadi g‘amlik ko‘ngulni noxuni xasrat butun,
Teshayi Farhoddin andoqki ko‘hi Besutun” matla’li g‘azalining 4-baytida shunday
lutf etadi:
Demakim: “ko‘nglung nechuk hajrim g‘amidin poradur?”
Shishakim tosh ostig‘a tushti, nechuk qolg‘ay butun?(269)
761
“Ayriliq g‘amidan ko‘nglung na muncha pora demagin, axir tog‘dan har bir
tushgan shishaning chil-chil bo‘lishi, tayin”, - deydi oshiq. Bu o‘rinda savolu javob
san’ati bilan hamohang tarzda tamsil va istiora san’atlarining qo‘llanilganligi
shoirning mahoratini, qiyosiy fikrlash qobiliyatining o‘tkirligini isbotlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Atoulloh Husayniy. Badoyi’u-s-sanoyi. T:. G‘afur G‘ulom nomidagi
Adabiyot va san’at nashriyoti, 1981. 189-bet
2. Alisher Navoiy. Xamsa. T:. Yangi asr avlodi (nashrga tayyorlovchi:
A.Xojiahmedov). 2016.
3. Amiriy va Qo‘qon adabit muhiti mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy
anjumani materiallari. T:. Tamaddun – 2017.
4. Amiriy. Devon. – T:. Tamaddun (nashrga tayyorlovchilar: Qobilova Z.,
Davlatov O., Madaminov A., Ergashev O.). 2017.
5. Anvar Hojiahmedov. She’riy san’atlar va mumtoz qofiya. T:. Sharq
nashriyot-matbaa kontserni bosh tahririyati, 1998. 61-bet
6. Qobilova Z. Badiiy ijodda ta’sir va izdoshlik (Amiriy she’riyati misolida).
– T:. Turon-Iqbol, 2021.
Dostları ilə paylaş: |