Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə335/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   431
Anjuman Boku (6)

Ключевые слова: 
роман, художественная традиция, предисловие, 
фабула, образ, сюжет романа, кульминация произведения, речь героев, 
литературные приемы. 
Annotation.
This article is devoted to the artistic features of the work of 
Abdullah Kadiri “Scorpion from Mehrab”, in which feedback is expressed about 
the role of the novel in our literary heritage. In order to illuminate the artistic 
features of the work, information is given about the language of the work, the style, 
the originality of the images, the means of artistic element used in the work. Some 
of the chapters in the novel are subject to analysis.
 
Keywords:
novel, artistic tradition, foreword, fabula, image, plot of the 
novel, culmination of the work, speech of heroes, literary priyoms. 
 
Abdulla Qodiriy iste’dodi, o‘z so‘zi bilan aytganda, “garchi tartiblik maktab 
ko‘rmagan” bo‘lsa-da, ma’naviy jasorati bilan xalqimiz madaniyati, adabiyoti 
tarixida yorqin iz qoldirdi. Ko‘p asrlik milliy adabiyotimiz ravnaqida ulkan burilish 
yasadi, badiiy so‘z san’ati rivojida yangi bosqichni boshlab bergan tengsiz asarlar 
yaratdi. Xususan, “Mehrobdan chayon” romani xalqimiz milliy tafakkuri va 
rivojida shunday iz qoldirdiki, undagi har bir obraz o‘zbek xalqining “o‘z kishisi”, 
sevimli milliy qahramoni sifatida benihoya qadrli bo‘lib, qayta-qayta o‘qish, takror 
tahlil qilish esa har bir kitobxon va qalam ahli uchun qiziqarli jarayonlardan biri 
bo‘lib qolmoqda. 
XX asrning boshlaridan o‘zbek xalqi yozma adabiyotning maxsus turi 
bo‘lgan zamonaviy proza bilan tanisha boshladi. Lekin dastlabki prozaik 
asarlarning hammasida ham romantik yo‘nalish ustuvorlik qilganini alohida qayd 
qilib o‘tish lozim. Binobarin, Abdulla Qodiriyning realistik o‘zbek romani yozish 
yo‘lidagi urinishlari adabiy an’analar doirasidan butunlay chiqib ketishi mumkin 
emas edi. Abdulla Qodiriy “Mehrobdan chayon” asarida detallarda realizmga urg‘u 
bergani holda, asarning umumiy ruhida romantik yo‘l ustuvorlik qilishi kabi 
xislatlarni saqlab qoldi [4, 223]. 


740 
Asarning so‘zboshisida shu vaqtgacha adabiyotshunoslar e’tiboriga tushmay 
qolgan quyidagi jumlalarni havola qilamiz: 
“Ularning xon va ulamoga qarshi 
isyoni tabi’iy – shar’iydir”
[1,1] Demak, romanda qahramonlarning zulmga qarshi 
isyoni nafaqat sinfiy asosda, balki o‘sha vaqtda mahalliy aholi qat’iy rioya etgan 
shariat qoidalarining oyoqosti qilinishi bilan bog‘liq. Ammo bu kurash sababini 
yozuvchi hech bir o‘rinda bayroq qilib ko‘tarmasdan, asar tagmatniga singdirib 
yuborgan. Qodiriy o‘z romanida shunday bir toifani tasviradiki, bu olam vakillari 
o‘zlariga axloq kodeksi sifatida islom ma’rifati va madaniyatini qabul qilishgan 
[5]. Avvalambor, bu qoidalar yozuvchining ham hayotida bosh mezon bo‘lib 
xizmat qilgan. Bevosita asardagi hal qiluvchi lahzalardan biri hisoblangan sahnaga 
murojaat etamiz. Xonga qarshi chiqa olishga o‘zida kuch topa olgan Anvar 
Xudoyorxonga ham aynan shu musulmonchilik talabini da’vo qilib chiqadi:
“Xudoyorxon: 
– Pusulmonchilik qig‘onsan-da?! 
– Albatta! – dedi Anvar, – boshqalar kishi gunohi uchun gunohsizni tutib 
pusulmonchiliqdan chiqqach, men pusulmonchiliq bilan o‘lishni o‘bdon bildim! 
– Sening qilg‘on ishing pusulmonchiliqda bormi, it uvli? 
– Musulmonchilikda yuzlab xotin ustiga, bir kambag‘al uylanmakchi 
bo‘lg‘an qizg‘a ham zo‘rliq qilish bormi, qiblai olam?” 
[1
 
,139-140].
 
Qaltis vaziyatda turgan Anvar o‘zining joni omonat ekanligini bilib tursa-da, 
xonga qarshi keskin gap ayta oladi. Negaki, xonlik shariat qoidalari asosida 
boshqarilgan. Shunday ekan, bu tartibga bo‘ysunishga hamma majbur. Anvar 
shuning uchun ham bu da’voni mahkam ushlaydi. Xudoyorxon har qancha zolim 
bo‘lmasin, shariat qoidasiga itoat qiladi. Shu bois xon Anvarning talabini inobatga 
olib, Sultonalini ozod etadi. 
“Mehrobdan chayon” romanining fabulasi ham yuqoridagi fikrlarimizni 
isbotlashga xizmat qiladi. Roman fabulasining qisqacha bayoni shunday: unda 
yangi roman janriga endi oshno bo‘lgan o‘zbek xalqining go‘zallik, qahramonlik, 
ezgulik va yovuzlik, sadoqat va razillik, saxiylik va baxillik, olijanoblik va 
pastkashlik haqida asrlar davomida shakllanib kelgan sodda va samimiy 
qarashlariga, tushunchalariga, estetik ideallariga to‘la mos tushadigan voqealar 
qamrab olingan. Xususan, asar qahramoni Anvar taqdiri misolida bu jihatlarni 
ko‘rishimiz mumkin. Kambag‘al oilalardan birining “Onasining tilab-tilab olgani” 
emas va otasi ham “o‘g‘ilchag‘a” hisoblamagan bir farzandi, hurmatsiz oltinchi 
“mehmon” hayotning barcha qiyinchiliklarini ko‘rib, yetimlikda o‘sdi, yaxshi 
kishilarning tarbiyati va o‘zining tirishqoqligi sababli savod chiqardi. Bolalik 
do‘stining xotirasiga ko‘rsatgan ulug‘ bir sadoqati e’tiborsiz qolmadi – 
sarmunshiylik lavozimiga qadar erishdi. Kimsasiz yetimchaning baland martabali 
mansabdor darajasiga chiqishi, zamonaning zo‘ri – xon bilan kurashga kirishi, 


741 
Ra’no bilan bog‘liq ishqiy holatlarning romantik tasviri asarning realistik 
qimmatini zarracha bo‘lsin tushirmaydi, aksincha romanning o‘qishliligini 
ta’minlaydi. Shuning uchun asarda romantik syujet tug‘diradigan ko‘tarinkilik va 
shiddatning paydo bo‘lmasligi, hikoyaning sodda va ravon tusda, ortiqcha 
ehtiroslarga berilmasdan va o‘quvchini ham hayajonli vaziyatga tushirmasdan 
davom etishi oldimizda sof romantik xarakterdagi asar emas, o‘zgacha bir badiiyat 
dunyosi turganini isbotlaydi. 
Voqeaning o‘quvchi ko‘nglida tug‘diradigan shiddatini pasaytirish, 
romantika unsurlarining ahamiyatini ozaytirish uchun yozuvchi juda oddiy va ko‘p 
marta sinalgan yo‘ldan boradi: voqeani boshlab qo‘yadi-yu, darhol o‘quvchini 
undan chalg‘itadigan tafsilotlar bilan tanishtiradi. Solih maxdumning xarakterini 
ta’riflaydi, xasisligining sabablarini tushuntirishga harakat qiladi, oila a’zolari 
bilan tanishtiradi, Nigor oyim va Ra’nolarning xarakteristikasini yozadi, 
portretlarini chizadi. Bu tafsilotlar o‘quvchining estetik zavqlanishiga ta’sir qilishi 
bilan birga voqealarni to‘ldirib ham boradi. Xonlik tuzumining xarakteri haqidagi 
epizodlar ijtimoiy muhit kartinasini yaratadi. Solih maxdum, Nigor oyim, Ra’no 
portretlari esa, ular voqeaning doimiy ishtirokchisi bo‘lgani uchun avvaldan 
ta’kidlab qo‘yiladi, ortiqcha savollar paydo bo‘lishining oldini oladi. 
Romon syujetini so‘zlab o‘tirishning hojati yo‘q. Zero, ko‘pchilik bu tarixiy 
roman va uning filmi bilan tanish. O‘qishni boshlashingiz bilanoq, Ra’noning otasi 
Solih maxdum va uning qiliqlaridan jahlingiz chiqa boshlaydi. O‘ta razil, 
qurumsoq, qo‘l ostida 200 tillosi, 2 sandiq saruposi bo‘la turib, har kuni qattiq non 
yeyishi va oilasiga ham xuddi shunday munosabatini kuzatasiz. Solih maxdum 
obrazi romandagi eng pishiq ishlangan obraz ekanligi ma’lum [2]. U kitobxonni 
ham juda qiziqtiradi, ham ko‘p mushohadaga chorlaydi. Maxdum qat’iy “ramka”ga 
solinadigan qahramon emas. Zero, Solih maxdum inson tabiatidagi kamchilik va 
chirkindan chirkin illatlarniginamas, ichki murakkablik, ishonish qiyin bo‘lgan 
nafsoniy evrilishlarni ham ochib beradigan serqirra bir obrazdir. Romanda muallif 
yengil hazil-muoyiba, kulgi-yumor, piching, kinoya-kesatiq, hajv orqali Solih 
maxdum tabiatiga xos “maqtab bo‘lmaydigan” xususiyatlarni batafsil ko‘rsatadi. 
Bunday xususiyatlarning tashqi va ichki ijtimoiy ildizlarini ham ochadi. Ayni 
paytda maxdumning “hamma nuqsonlarini yuvib ketarlik” fazilatlarini ham 
ta’kidlaydi: 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin