Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə336/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   431
Anjuman Boku (6)

“…nima bo‘lganda ham maxdum o‘z zamonasining eng oldingi 
domlalaridan, Qo‘qon aksariyatining savodxon bo‘lishlariga sababchi 
ustozlardan”. 
[1,8]. 
Maxdum haqida so‘zlaganda yozuvchi to‘g‘ri ta’kidlaganidek, “uning 
shaxsiga xiyonat va bo‘hton qilishdan” saqlanmoq lozim. Haqiqatda u xasis. 
Moddiy kechimi yaxshi, “ustoz Mulla Solih maxdum” bo‘lib tanilgan vaqtlarda 
ham “ko‘ylak, ishotinining aksar yeti-sakkiz joyidan yamog‘i bo‘ladi. Yetti 


742 
qishdan beri guppi chopon” yangilanmaydi. “Faqat qish kelib ketgan sayin alak 
guppining yengi o‘zgaribgina turadi va astari yil sayin yangidan-yangi yamoqlar 
bilan boyiydi. Shu guppi butun umrida birgina marotaba va shunda ham 
Maxdumdan beruxsat” tog‘ora yuzini ko‘rgan. Maxdumning ro‘zg‘or yuritishdagi 
ziqnaliklarini ta’riflayman desak, Ra’noning “kulgulik uchun” yozilgan mana bu 
so‘zlaridan oshirib bir nima aytolmaymiz: 
Yog‘lar to‘kilsa yerga, yotib yalar taqsirim, 
Bo‘lsa bozorda pastlik sotib olar taqsirim. 
Maxdumning bu xasislik darajasiga kelishi otasining vafotidan so‘ng, oilasi 
ko‘p tanglikka tushib qiynalganligi uchun oxiri tahsilni tark etib, qorin to‘ydirarlik 
kasb izlashga majbur bo‘lganligidir. Yuqori mansab egasi bo‘lishga loyiq otasining 
boshiga tushgan kulfatdan so‘ng oilaning boy berilgan imtiyoz va sharfi Solih 
maxdumga tinchlik bermaydi. Uning qalbida mudrab, yashirinib yotgan merosiy 
his-tuyg‘ular jahd bilan Anvarni sarmunshiylikka ko‘ndirishga urinayotganida 
go‘yo birdaniga bosh ko‘taradi: 
“Oyiga qirq tillo vazifa, anvoyi hadyai shohona, 
yana – eldan ko‘riladigan obro‘, hurmat, hay, hay, hay…”.
Maxdumning yuragini 
o‘rtagan, ichdan uni “hay, hay”latgan asosiy haqiqat shu edi. Shu ma’noda 
maxdumning mansab borasidagi falsafasini to‘g‘ri talqin qilishga urinish lozim. 
Ammo maxdum tipidagi odamlar nechog‘lik pishiq va bilag‘on bo‘lishmasin, 
taqdirning nogahoniy zarbalaridan ham chetga qocholmaydilar. Va o‘zlari inongan, 
o‘zlari orzu qilgan, o‘zlari ideallashtirgan xosiyatsiz bir kuchning sharafsiz 
qurbonlari safidan joy oladilar. 
Asarni “Mehrobdan chayon” deb atash, ziyoli ulamolarni qahramon qilib 
tanlashdan maqsad – muqaddas dargoh, ya’ni sajdagohdan chiqqan, o‘sha 
dargohga nomunosib, qallob, munofiq, tuban kimsalarga, hasadgo‘y, e’tiqodsiz 
kishilarga ishoradir. Yozuvchi Solih maxdum, Abdurahmon domla, Shahodat 
muftiy, Kalonshohlar obrazi orqali zalolatga ketgan ba’zi ruhoniylarning asl 
basharasini ochib beradi. Ularning iflos bir moziyidan tortib hozirgi kunigacha 
tasvirlab, xalqni aldash, laqillatish kabi hunarlarni o‘zlariga kasb qilib olgan ba’zi 
domlalarning holatiga achinadi. Bu hol bilan jamiyat tobora zalolat botqog‘iga 
botib 
ketaverishidan 
afsuslanadi. 
Shahodat 
muftiy, 
Kalonshoh,
Abdurahmonlarning asl qiyofasini biz, ular o‘zlarining asil kasbi bo‘lmish fitna 
to‘rlarini to‘qiyotganda ko‘ramiz. Imzosiz xatning shar’an to‘rt pulga qimmatligini 
Kalonshohsiz ham yaxshi bilgan mirzolar manfaatlari taqozosi bilan asil 
basharalarini ko‘rsatishadi. Abdulla Qodiriy fikricha, yomon odam ko‘rinishidan 
qanchalik kelishgan bo‘lishidan qat’iy nazar, odamlar ko‘ziga sovuq va xunuk 
ko‘rinadi. Abdurahmon domla shunday xunukliklarning yorqin timsolidir. U 
“manfur ko‘zli, qabih niyatli” odam, “ifloslikda, g‘iybatda g‘oliblikdan xursand 
bo‘ladi, kulib turadi”, “yerga qaragan holda iljayadi”. Abdurahmon yoshlikdan 


743 
iflos bir moziy(zamon)ning mahsuli sifatida axloqsiz bo‘lib yetishadi, imomlikda 
ham ma’naviy tubanlik unga doimiy hamroh bo‘ladi. 
Xon va Anvar tortishuvida xon obrazida savodsiz, johil, qo‘pol, odamsifat 
bir maxluqni ko‘ramiz va beixtiyor ko‘nglimizdan “podshosi shu darajada tuban 
bo‘lgan xalq qanday qilib o‘z qaddini ko‘tarsin”, degan xayollar kechadi. 
Jilovxonadagi sohbat asnosida Safar bo‘zchining sodda qarashlari bilan tanishamiz, 
beg‘araz va keng fe’lliligiga guvoh bo‘lamiz. Nozikning bir ko‘rishdagi muhabbati 
haqidagi hikoyasidan qamoqdagi muhabbatga zor qizning ko‘nglidan voqif 
bo‘lamiz. Anvarning sarmunshiy bo‘lishini tilagan Sultonalining maxdumga 
aytgan so‘zlaridan qarshimizda bag‘rikeng bir inson turganini anglaymiz. Sultonali 
Mirzo, Safar bo‘zchi, Muhammad Rajabbek, Toyir, Qobil, Oysha bibilar obrazi 
orqali oddiy xalq va hukumat vakillarining insof-diyonati, o‘zbekona samimiyatini 
ko‘rsatadi.
Adabiyotshunosligimizda “sevgi uchburchagi” degan norasmiy bir istiloh 
mavjud: oshiq, ma’shuq va ag‘yor. Ushbu uch subyektning har biri bir-biroviga 
munosabatini namoyon qilgan taqdirdagina muhabbat mojarosi yuzaga chiqadi. 
Sirtdan qaralsa, asarda ham shu uch subyektni ko‘ramiz. Ag‘yor rolida mulla 
Abdurahmon. Biroq oshiq va ma’shuq o‘zlarining hayotiga tinimsiz aralashib 
turadigan ag‘yorning fitnalaridan bexabar. Vaqti kelib o‘z hayoti va muhabbati 
qanday yechimga kelishi Ra’noning o‘zigagina bog‘liq bo‘lib qolgan holatda biz 
Ra’no yuragining nechog‘li ulkan qahramonlikka tayyor ekanligining guvohi 
bo‘lamiz: 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin