711
matnshunoslikning ustuvor vazifalaridandir. Negaki, “...o‘zbek mumtoz va
zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilish, ko‘p qirrali
bu mavzuni bugungi kunda dunyo adabiy makonida yuz
berayotgan eng muhim
jarayonlar bilan uzviy bog‘liq holda tahlil etib, zarur ilmiy-amaliy xulosalar
chiqarish katta ahamiyatga ega” [1,2]
Amiriy adabiy merosi o‘zi tartib bergan devon, Fazliy Namangoniyning
“Majmuai shoiron” tazkirasi va turli bayozlardagi she’rlardan iborat. U zullisonayn
shoir bo‘lib, devon va bayozlardan o‘zbek tilida bitilgan she’rlari qatorida, fors-
tojik tilidagi shaklan go‘zal, mazmunan teran g‘azal,
muxammas, musaddas,
tarje’bandlari ham o‘rin olgan.
Amiriy haqida eng ishonchli manba “Majmuai shoiron” hisoblanadi.
Majmuada Amiriy she’rlari katta o‘rin tutadi. Amiriy she’rlari “Majmuai
shoiron”ning turli o‘rinlarida darj qilingan. Chunonchi, majmua qo‘lyozmasining
markazida Amiriy she’ri berilib, hoshiyalarda unga tatabbu’lar
keltirilgani ham
yoki avval Amiriy she’rlari berilib, so‘ngra unga bitilgan payrovlar havola etilgani
alohida ahamiyatga molikdir. Zero, bu orqali ham Amiriyning ijod borasida
peshqadam bo‘lganligiga urg‘u beriladi.
Tazkira va devonni o‘zaro qiyoslash natijasida bir qator matniy tafovutlar
ko’zga tashlanadi. Chunonchi har ikki manbada baytlarning
tushirib qoldirish
holatlarini ko‘rib chiqsak.
Tazkirada “Qo‘ydi ul chobuksuvori kaj kulah, bosh uzra toj” (3, 78)
g‘azalining 3-baytidan keyin quyidagi bir bayt tushib qolgan:
Afsar o‘lmish ishq ahlig‘a ayog‘ing tufrog‘i,
Topti naxli qomatingdin borgah bosh uzra toj.( 2, 67)
Mazkur bayt Amiriy devonida mavjud bo‘lib, g‘azal mazmuni va
kopmozisiyasiga to‘la mos keladi. Ijtimoiy mavzuda bitilgan g‘azalning ayni bayti
irfoniy ma’no kasb etadi. Ma’lumki, o‘zbek adabiyoti tarixida g‘azallar 3 baytdan
21 baytgacha bo‘lishi kuzatiladi. 4 bayt g‘azal deyarli yozilmagan. Ko‘pincha
baytlar toq keladi.
“Ko‘rdi nozaninlardin tugmai giribonlar” g‘azalidan 4 bayt tushib qolgan (3,
100) . Ya’ni, 8-baytdan so‘ng 2 bayt:
Dostları ilə paylaş: