Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti


Abulmuhsin Muhammad  Boqirning “Tazkirai Muhammad Boqir”, Sulton Muhammad Faxriy Hiraviyning



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə310/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   431
Anjuman Boku (6)

 
Abulmuhsin Muhammad 
Boqirning “Tazkirai Muhammad Boqir”, Sulton Muhammad Faxriy Hiraviyning
 
“Ravzat us-salotin” va
 
“Javohir ul-ajoyib” hamda “Latoyifnoma”, Saxiy Beyning
 
“Hasht behisht”, Latifiyning “Tazkirat ush-shuaro va Tabsirai nuzamo”, 
 
Som 
Mirzo Safaviyning “Tuhfai Somiy”,

Hasanxoja Nisoriyning
 
“Muzakkiri ahbob”,
Aloud-davla Sayfi Husayniyning “Nafoisu-l-maosirot”,
 
Muhammad Muzaffar 
Husayn Sabo Yusufning
 
“Ruzi ravshan”, Ahdiy Bog‘dodiyning “Gulshani 
shuaro”, 
 
Oshiq Chalabiyning “Mashoyir ush-shuaro”,

Hasan Chalabiy 
Xinolizodaning “Tazkirat ush-shuaro”, 
 
Toqiuddin Koshiyning
 
“Xulosatu-l-
ash’or”, Muhammad Orif Baqoiy Andijoniyning “Majma’ ul-fuzalo”, Sayliy 
Samarqandiyning 
“Tazkirat ush-shuaro”, 
 
Muhammad 
Sodiq 
Boltu 
Samarqandiyning “Riyoz ush-shuaro”, Bayoniyning “Tazkirai shuaro”, Amin 
Ahmad Roziyning
 
“Haft iqlim”, Qulbobo Ko‘kaldosh Muhibbiy “Tazkirat ush-
shuaro” kabi asarlari yozildi. [5, 53-54] 
Kamoliddin Husayn Gozurgohiy Fanoiyning “Majolis ul-ushshoq” (“Oshiqlar 
majlislari”) asari 1506-yilda yozilgan. “Boburnoma”da u haqda shunday deyilgan: 


673 
“Yana Kamoliddin Husayn Gozurgohiy erdi, agarchi so‘fiy emas erdi, mutasavvif 
erdi. Alisherbek qoshida mundoq mutasavviflar yig‘ilib, vajd va samo qilurlar 
ekandur. Aksaridin muning usuli yaxshiroq ekandur... Bir tasnifi bor “Majolis ul-
ushshoq” otliq. Sulton Husayn Mirzoning otig‘a bog‘lab bitibdur...” 
 
“Tazkirai a’immah” – Abulmuhsin Muhammad Boqir asari bo‘lib, 1544-yilda 
fors tilida bitilgan. [5, 55] 
Sulton Muhammadfaxriy ibn Muhammadamiriy Hiraviyning (903/1497-98–?) 
“Ravzat us-salotin” (“Sultonlar gulshani”) asari (958/1551-962/1555) “Majolis 
un-nafois” ta’sirida, uning zayli (ilova, davomi) sifatida bitilgan. Asarning tarkibi 
Allohning hamdi, Payg‘ambar na’ti, sababi ta’lif, niyati ta’lif va asar muqaddimasi 
hamda yetti bobdan iborat. Muhammad Avfiyning “Lubob ul-albob”idan keyin 
sulton shoirlar haqidagi fors tilida yozilgan 2-tazkira, agar biz Avfiy tazkirasi 
tarkibida saroy bilan aloqada bo‘lgan amirlar, imomlar, olimlar ham kiritilganiga 
e’tibor qaratsak, bu asar faqat sulton, amir va voliy shoirlar ijodiga bag‘ishlangan 
birinchi tazkiradir. [5, 55-57, 59] 
Ayol shoiralar haqidagi “Tazkirat ul-xavotin”, “Tazkirat un-niso”, “Axtari 
tobon” asarlari an’anasini davom ettirgan “Javohir ul-ajoyib” (“Ajoyib javohirlar”) 
Faxriy Hiraviy tomonidan 963/1555-yilda tuzilgan bo‘lib, asarda 25 shoira haqida 
ma’lumotlar va ularning she’rlaridan namunalar keltirilgan. Mehriy Hirotiy 
(Gavharshod Begim nadimasi)ning Hofiz Sheroziy g‘azaliga yozgan javobiyasi 
tufayli shoiralar haqida tazkira yaratishni niyat qilgan. Mohimbegim 
(Akbarshohning enagasi, Shoh Taxmasp majlislarida qatnashgan), Hojibegim-
Mohimbegim (Hasanshoh Arg‘un zavjasi)ni madh etadi. Mahistiyi Ganjaviydan 
boshlab Nisoiy nomli shoira bilan tugallangan. [5, 57-58] 
“Latoyifnoma” (928/1521) Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” 
tazkirasining fors tiliga Faxriy Hiraviy qilgan tarjimasi. Asl nusxaning ba’zi 
yerlarini qisqartirgan, agar “Majolis”dan 459 shoir o‘rin olgan bo‘lsa, 
“Latoyifnoma”da 574 shoir haqida so‘z yuritilgan. “Majolis”dagi 76 shoirni 
chiqarib, tazkiraning 8-majlisida ularning o‘rniga 2 shoirni kiritgan. IX majlisni 
ilova qilib, unda 189 shoir haqida ma’lumot beradi. Bundan 12 tasi turk shoiridir. 
Shuningdek, “Majolis”da “turkdir”, “turkcha yozmishdir” kabi turkiy adabiyotga 
bevosita daxldor shoirning beshtasini o‘z asariga qo‘shmagan holda, qolgan 41 
turk shoirlari she’rlarini ham forschaga tarjima qilgan. “Zikri latoyifi umaroyi 
nomdor” va “Zikri latoyifi salotini komgor” qismlarini to‘ldirgan. Bu asarni Shoh 
Ismoil va uning o‘g‘li Abunnasr Mirzo hamda Xuroson amiri Turmushxon
nomiga baxsh etib, Xuroson vaziri Xoja Habibullohga taqdim etgan. [5, 58] 
Asarning muallif tomonidan qo‘shimcha tarzda kiritilgan 9-majlisida 
bevosita hazrat Navoiyning hayoti va ijodiga murojaat etgan. Faxriy buyuk shoir 
asarlaridan 14 tasi nomini ham sanab o‘tadi. [21, 9] 


674 
“Hasht behisht” (“Sakkiz jannat”) – Saxiy Bey (v.1548) asari (1538). 
Onado‘lida turkiy tilda yozilgan birinchi tazkira. Alisher Navoiyning “Majolis” 
asari ta’sirida tartib berilgan. Asarning nomlanishi, tabaqalarning joylanishida 
Navoiy tartiboti saqlangan. Faqat Navoiy Boyqaroga 8-majlisni bag‘ishlagan 
bo‘lsa, turk tazkirachisi o‘z hukmdori Sulaymon Qonuniyga 1-tabaqani baxshida 
qilgan. Muqaddima qismida esa o‘zigacha tazkira yozgan Hirot maktabi vakillari 
Jomiy, Davlatshoh va Navoiy tazkiralariga, ijodiga baho bergan. [5, 60] [26, 31] 
[27] 
“Tazkirat ush-shuaro va Tabsirai nuzamo” (“Shoirlar tazkirasi va nozimlar 
qiyofalari”) – Saxiy Beyning “Hasht behisht” tazkirasi ta’sirida Abdullatif Latifiy 
(1491-1582) tomonidan 1546-yilda yozilgan. Muallif Navoiyga taqlidan “Fusuli 
araba”, “Nazm ul-javohir” asarlarini yozgan. Tazkira muqaddima, uch fasl va bir 
xotimadan iborat. Sulaymon Qonuniyga bag‘ishlangan bo‘lib, unda 334 shoir 
haqida ma’lumot bor. [5, 62] [26, 33] [28] 
“Tuhfai Somiy” – Som Mirzo Safaviyning (1517-1567) fors tilidagi asari 
(1550). Shoh Ismoil Xatoiyning o‘g‘li. 975/1567-da ikki o‘g‘li bilan birgalikda 
Shoh Taxmasp buyrug‘i bilan o‘ldirildi. Biroq, Maqsud Shayxzoda Som Mirzoni 
Ismoil Safaviy o‘ldirtirgan deya yanglish ma’lumot bergan. Nima bo‘lganda ham 
Som Mirzo shahzoda sifatida emas, xattot, shoir va olim sifatida tarixda qoldi. 
Xatoiy, Boyqaro va Bobur kabi sulton shoirlar asarlaridan turkcha namunalar 
berilgan. Boshqa fors tazkirachilaridan farqli o‘laroq buyuk turk shoirlariga 
alohida fasl (6-fasl) bag‘ishlagan. “Tuhfai Somiy” Ozarboyjondagi ilk tazkira 
sifatida qaraladi. Tazkira muqaddima, sahifa nomi ostida 7 fasl va xotimadan 
iborat. Shoirlarning tabaqalariga, o‘ziga va she’riyatga munosabati asosida 703 
shoir haqidagi ma’lumot va ularning asarlaridan namunalar tartib berilgan. [5, 63] 
[13, 339] [21, 208] 
“Muzakkiri ahbob” (“Do‘stlar zikri”)

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin