Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə287/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   431
Anjuman Boku (6)

…Uning yonida bo‘z yaxtak bog‘ichini osiltirib, xandalakdek 
bo‘qog‘i bilan o‘ng tomog‘ini ziynatlagan o‘rta yashar yana bir “husni Yusuf” 
ko‘rinar edi. Uning qatorida oshlovdek cho‘ziq yuzlik, oq bo‘z ko‘ylagi yerda to‘rt 
enlik ko‘tarilib, bo‘z sallasi gardani aralash o‘ralg‘an uchunchi nozanin o‘lturar 
edi
” [1, 70]
.
Romandagi o‘xshatishlarning aksariyatida o‘xshatish asosi harakat-holatdan 
iborat, ya’ni fe’l turkumidagi so‘zlar (ko‘pincha, ularga bog‘langan boshqa so‘zlar 
bilan birgalikda) bilan ifodalangan. Bunday bo‘lishi ham tabiiy, chunki u yoki bu 
belgiga qaraganda, harakat-holatni ifodalash, ko‘rsatish, butun o‘ziga xosligi bilan 
tasvirlash murakkab. Albatta, bunda ham yozuvchi tomonidan tanlanadigan 
o‘xshatish etalonining kutilmaganligi, yangiligi muhimdir: 
“Shamol dam 
ko‘tarilib, dam bosilar edi. Shamol asnosi gullar ham kelinlar kabi har tomong‘a 
egilishib salom berishib olar edilar” [1,102]
misolida gullarning shamolda egilishi 
kelinlarning salomga egilishiga 
o‘xshatilgan, ya’ni o‘xshatish asosi harakat bo‘lib, 

egilmoq 
fe’li bilan ifodalangan. 
Kelinlarning egilib salom berishi 
o‘xshatish 
etaloni sifatida tanlanishi, avvalo, harakatning nozikligini aniq tasvirlash imkonini 
bergan, qolaversa, etalonning kutilmaganligi tasvirga ekspressivlik baxsh etgan. 


617 
Bir narsa boshqasiga aynan, butunligicha, o‘xshatilganda, o‘xshatish 
asosining qo‘llanmasligi asosiy holatdir. Bunda, aytish mumkin bo‘lsa, fotografik 
tasviriylik yuzga keladi, ya’ni o‘xshatilgan narsa ko‘z oldimizda gavdalanadi: 
“Sirlar bilan turlangan qoziqlarning biriga beva xotinning dekchasidek bir salla 
ilingan edi.” [1,267]
Romanda metaforalarning ham ko‘p o‘rinlarda qo‘llanilganligini ko‘rish 
mumkin. Metafora aslida nomi yo‘q bo‘lgan narsa – tasavvurlarga nom berish, 
ularni atashning eng muhim vositalaridan biridir. Metaforalar, ayniqsa, xususiy – 
muallif metaforalari ko‘proq estetik maqsad, ya’ni borliqni subyektiv munosabatni 
qo‘shib ifodalagan holda nomlash asosida yuzga keladi. Shuning uchun ham ularda 
hamisha konnotativ ma’no mavjud bo‘ladi. Romanda an’anaviy metaforalar ham, 
xususiy – muallif metforalari ham juda katta mahorat bilan qo‘llangan. 
Qodiriy romanda an’anaviy metaforalarga ham o‘ziga xos badiiy-estetik yuk 
qo‘ya bilgan. O‘zbek tili an’anaviy metaforalarga juda ham boy, unda o‘zbek xalqi 
tashqi dunyoni, insonniy botininy dunyosini nozik badiiy tafakkur bilan idrok 
etishi go‘zal shakllarda o‘z ifodasini topgan. Masalan: “
- Omin de, ho‘kizlar!-dedi. 
Ular “omin-omin” deb turdilar.
” 
(182-bet),
“ 
- Bu xon yo‘q, bu dayus!...
” [1,287]
 
Qodiriyning o‘zigagina xos bo‘lgan xususiy-muallif metaforalari tasvirning 
tiniqligi, obrazliligi vat a’sirchanligini ta’minlash uchun xizmat qilgan: 
“Ra’no 
uyalib, boshini chaqaloqning bag‘riga tiqib oldi”, “Madalixon ham shu qizning 
dardida necha yillar yonadir”, “Sultonali yengil kulib qo‘ydi”

“- Shu bevafo 
dunyoga bir ish qilamiz, Qobilboy, -dedi yana ko‘zi olalangan Rahim. -Dayusingni 
zindoni qayerga?”. 
Tasviriy vositalarning orasida eng ko‘p qo‘llanadigan va badiiy nutqda, badiiy 
asarlarda juda qadimdan ishlatilib kelinadigan turi 
jonlantirish
hisoblanadi. 
Ma’lumki, jonlantirishda insonga xos xususiyatlar hayvonlar, jonsiz predmetlar va 
tabiat hodisalariga ko‘chiriladi. Ayrim adabiyotlarda jonlantirish metaforaning turi 
sifatida ta’riflansa [5, 245], ayrimlarida allegoriya va apostrofaga o‘xshab ketishi, 
ular o‘rtasidagi farqlar ko‘rsatib beriladi [3, 108]. 
 
Beqiyos adib Abdulla Qodiriy o‘z asarlarida 
jonlantirish
usulidan unumli 
foydalanib, uni mohirona qo‘llab, yangi poetik timsollar yaratishga erishgan. Adib 
xususiyat, harakat, belgini jonsiz narsalarga ko‘chirib tasvirlashning hech kimda 
uchramagan ko‘rinishlarini yaratgan. Bunday san’atkorona tasvirlarni 
yozuvchining “Mehrobdan chayon” romanida ham ko‘plab uchratamiz. Bu holat, 
ayniqsa, 
Solih 
maxdumning 
kiyim-boshi 
tasvirida 
yanada 
jonliroq 
ifodalanganligini ko‘rish mumkin: 
“Yetti qishdan beri guppi-chopon yangilagani ma’lum emas, faqat qish kelib 
ketkan savin alak guppining yengi o‘zgaribkina turadir va astari yil sayin 
yangidan yangi yamoqlar bilan boyiydir, shu guppi butun umrida birgina 


618 
marotaba va shunda ham maxdumdan beruxsat ammo, Nigor oyimning zo‘ri bilan 
tog‘oraga tushib cho‘mildi. Bu kunda bo‘lsa to‘rt yil burung‘i g‘usli, yeti yillik 
tusi, turlik-turlik yamog‘i bilan sakkizinchi qish maxdum pochchasig‘a sodiqona 
xizmat qilish uchun bog‘joma ichida o‘ziga kuch yig‘ib yotadir” [1,14]. 
Bu 
misollarda jonlantirishning shaxs bilan bog‘liq turi – 
tashxis 
qo‘llanganini 
ko‘ramiz. Adib bu vosita orqali samimiy kulgi uyg‘ota olgan. 
Romanda insonga xos xususiyatlarning jonsiz predmetlarga mohirona 
ko‘chirilganini ko‘ramiz: 
“Ra’no kelib Mansurni turg‘izdi va kiyimiga o‘lturgan changlarni qoqti…” 
[1,31]. 
Asarda tabiat tasvirini ifodalashda ham jonlantirish usulidan ustalik bilan 
foydalanilgan: 
“O‘n ikki- o‘n uch kunli oy ko‘kning sharqi, janubi qismidan 
tussizgina bo‘lib ko‘tarilib kelmakda, quyosh botqan sayin uning chehrasi har 
zamon ochilib bormoqda edi” [1,114]. 
Bu matnda quyosh botishi bilan o‘n ikki- 
o‘n uch kunlik oyning yanada yorqinroq namoyon bo‘lishini tasvirlashda oyga 
insonga xos chehrasi ochilishi holati ko‘chirilgan va bu bilan matn ta’sirchanligi 
yanada oshgan. 
Quyidagi misolda ham jonlantirish matnning ta’sirchanligini yanada oshirish 
maqsadida qo‘llanilganini ko‘ramiz: 
“… Sufa ustidagi so‘ri har zamon to‘rt 
tamong‘a chayqalib, o‘z ostida o‘tirg‘uchilarning betlarini goh ko‘rsatib, goh 
yashirib, ular bilan o‘ynashqandek tevarakka husayni g‘ujumlarini bir-ikki bora 
uzib tashladi” [1,119] 
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, Abdulla Qodiriy “Mehrobdan chayon” 
romanida troplardan mohirona foydalanib, ular orqali go‘zallik, tabiat jilosi, 
samimiy kulgu, inson xarakteri va holati, muhabbat va nafrat tuyg‘ularini o‘quvchi 
ko‘z o‘ngida yorqinroq gavdalantirishga, asarning oson tushunilishiga erishgan. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin