609
Xon ijodini davom ettirdi. Maqolada, 4-ilova hamda mazkur rasm orqali shu
narsa anglashiladiki, Hirot adabiy muhiti va Qo‘qon adabiy muhiti shoh va
shoirlari legitimatsiyasini bayoz tuzuvchilar isbotlagan va aslida ham shunday.
Hirot adabiy muhitida esa hazrat amir Alisher Navoiy o‘rni beqiyos. Navoiy
ijodining ta’siri
Qo‘qon adabiy muhiti, jumladan Xon ijodida katta ahamiyat kasb
etadi.
Rossiya FA Sankt-peterburg Sharq qo‘lyozmalari instituti fondi, D400
raqamli qo‘lyozma [4.] da Navoiy, Fuzuliy va Xon she’rlaridan saylanma
qilingan. Bu manbada Xonning o‘zbekcha 20 ta g‘azali va 2 muhammas, forscha 1
ruboiy va 2 fard o‘rin olgan. Debochaning 3 b varog‘ida shoir tilidan Navoiy va
Fuzuliyni ko‘p o‘qigani haqida ma’lumot berilgan.
Mazkur qo‘lyozma debochasida bunga doir fikrlar keltirilgani ta’kidlanadi.
Xon “Navodir un-nihoya”dagi mashhur 93-g‘azal: Ey sabo, holim borib sarvi
xiromonimg‘a ayt… misrasini tazmin sifatida o‘z she’rida keltiradi.
O‘zR FA Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondi, 1808-raqamli
qo‘lyozma “Devoni xon Muhammad Alixon”da ham mazkur tazmin g‘azal (Ta’kid
o‘zimizniki) [5. 2b, 3a]mavjud.
Tazmin (lug‘atda: bir narsani bir narsa orasiga qo‘ymoq)Tazminning
mohiyati quyidagicha : Shoir biror she’rdan bir misra, bir yoki bir baytni o‘z she’ri
tarkibida muayyan maqsadda (oriyatga qarz olgandek) keltiradi. Keltirilgan she’r
mashhur bo‘lmasa o‘g‘rilikda ayblamaslik uchun, uning muallifiga ishora qilish
lozim. [6.197]Mazkur ta’rifdan xulosa qilishimiz mumkinki, Muhammad Alixon
Alisher Navoiyning aynan 1- misrasini tazmin sifatida o‘z she’rida keltiradi.
Alisher Navoiy g‘azali matlasi
Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimg‘a ayt,
Yig‘larimning
shiddatin
gulbargi
xandonimg‘a
ayt
[7]
– V–– –– / – V–– ––/ – V–– ––/ – V–
Dostları ilə paylaş: