599
Sukut.
Sukut – til odobining eng yuksak bosqichidir.
Muqaddas islom
dinida ham sukut saqlamoqlikning fazilati nechog’lik buyukligi alohida e’tirof
etiladi. Hazrat Ali ham: “Inson omonligi tilining sukutidadir” degan edilar.
Darhaqiqat, behuda va ko’p so’zlash insonning obro’sini to’kadi.
Bunday kishi
oxir-oqibatda boshqalarda malomat, o’zida esa nadomat hosil qiladi. Oz so’zlovchi
kishilar xatardan xoli. Ammo bundan ham maqbulroq amal sukut saqlamoqlikdir.
Til ildamidin bo’lur g’aromat hosil,
YUz nav’ malomatu nadomat hosil,
Oz so’zlaganidin istiqomat hosil,
Sokitligidin vale salomat hosil.
“So’z – xazina, sukut – oltin”, deydi dono xalqimiz. CHindan ham, ma’noli
va go’zal so’zlamoq ulug’ fazilat bo’lsa, sukut qila bilmoq eng oliy fazilatdir.
Ba’zida insoniyat bisotidagi eng dono so’zlar ham bera olmaydigan ma’noni sukut
ifoda qiladi! Sukut – shunchaki
gapirmay jim turmoq emas,
u jim turib
gapirmoqdir! Hazrat Usmon (r.a.)ning voizlik minbarida turib o’z
sukutlari bilan
xalqqa bergan ibratlari aslida har qaday va’zdan ortiqroq edi. Hazrat Navoiy ham
hol egalarining sukuti haqida shunday deydilar:
Sokit bo’lur ofoq aro hol iyasi,
Oyini fanoda turfa ahvol iyasi,
Mol o’lsa yaqin bilki emas lol iyasi,
Nevchunki etiklik erur mol iyasi.
Donolar: “Jim turib salomat bo’lmoq
gapirib malomatga qolgandan
yaxshidir”, deydilar. Kishi so’zlaganda beixtiyor xatoga yo’l qo’yib,
maqsaddan
adashishi mumkin. Bu esa xijolatga sabab bo’ladi.
Sukut saqlagan inson esa
bunday tashvishdan xolidir. Hazrat Ali hikmatlarida bu haqda: “Jim turgan uyatda
qolmas” deyiladi. Quyidagi ruboiy ana shu hikmatning badiiy talqinidir:
Dostları ilə paylaş: