Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   431
Anjuman Boku (6)

Kalit so’zlar: 
folьklor, o’zbek folьklori, Karl Rayxl, tarjimon, tarjima, 
tadqiqotchi, epos, turk eposi, doston, baxshi. 
Jahon folьklorshunosligida qiyosiy folьklorshunoslik nazariy va amaliy 
jihatdan tobora rivojlanib borayotgan alohida yo’nalishlardan biridir. Uning 
tarkibida folьklor asarlari tarjimashunosligi, folьklor tilining adabiy tilga ta’siri, 
xalq ijodi asarlari variantlari, yozuvga ko’chirilgan manbalar qiyosiy tahlili, 
umumfolьklor hodisalari poetikasidagi mushtarakliklar, bir xil va turli tizimli 
tillarda yaratilgan folьklor namunalarining tipologik va xususiy belgilari, adabiy 
aloqalar, og’zaki va yozma ijod munosabati, folьklorizmlar masalalarini 


76 
o’rganishga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Lekin jahon folьklorshunosligida 
o’zbek folьkloriga qiyosiy yondashuv asoslari va usullarini aniqlash uchun o’zbek 
xalq og’zaki ijodi namunalarining tarjimasi va tadqiqi bilan maxsus shug’ullangan 
olimlar faoliyatini o’rganish ham zarur hisoblanadi. Bu jihatdan Karl Rayxlning 
o’zbek folьklori bo’yicha nemis va ingliz tillarida amalga oshirgan tarjima va 
tadqiqot ishlari o’rganilishi dolzarb vazifalardandir. 
Karl Rayxl o’zbek folьklorining xorijda nemis va ingliz tillarida tarqalishi 
hamda o’rganilishiga shu tillarda amalga oshirgan tarjimalari qatori 1980–1989 
yillardagi izlanishlari asosida yaratgan “Uzbek Epic Poetry: Traditions anf Poetic 
Diction” (1989, “O’zbek epik she’riyati: an’analar va badiiy uslub”), 1992 yilda 
uning yanada kengaytirilgan va boyitilgan nashri “Turkic Oral Epic Poetry: 
Traditions, Forms, Poetic Structure” kitoblari bilan katta hissa qo’shgan taniqli 
folьklorshunos olimlardan biridir. Bu kitob “Tyurkskiy epos: tradisiya, formы, 
poeticheskaya struktura” nomi bilan V.Treyster tomonidan D.A.Funka umumiy 
tahriri ostida ingliz tilidan rus tiliga tarjimada chop etilgan. 
K.Rayxl tadqiqotlari jahon folьklorshunosligida o’zbek folьkloriga qiyosiy 
yondashuv asoslari hamda usullarini aniqlashda muhim manba vazifasini o’tay 
olishi, qiyosiy folьklorshunoslikning o’zbek folьklorshunosligi tarkibidagi o’rni, 
maqsad va vazifalari, metodologik xususiyatlari, shakllanish tarixi va nazariy 
taraqqiyot bosqichlarini dalillashi, o’zbek folьklorining jahon qiyosiy 
folьklorshunosligi manbasi sifatida tanlanish va o’rganilish omillarini asoslashga 
imkon berishi bilan ahamiyat kasb etadi. 
Olimning tadqiqotlarida o’zbek folьkloriga turkiy folьklor kontekstida 
qiyosiy yondashilgan bo’lib, ularda o’zbek va boshqa turkiy xalqlar ertaklari 
hamda dostonlari poetik strukturasidagi umumiy va differensial belgilar, eposda 
bosh qahramon, syujet modellarini tanlab tasvirlashda baxshilar mahorati, folьklor 
va yozma adabiyot aloqasi, folьklorizmlar tipologiyasi, tarixiy va zamonaviy 
biografik asarlar mundarijasi va ularning til xususiyatlarini tanqidchi uslubi hamda 
mahorati masalalari yoritilgan. 
Tadqiqotchining “Turkic Oral Epic Poetry: Traditions, Forms, Poetic 
Structure” kitobi “Studies in Oral Traditions” rukni ostida ingliz tilida Nьyu-
Yorkda nashrdan chiqqan bo’lib, o’n bob, bibliografiya va atamalar ro’yxatidan 
tashkil topgan. Uning “Kirish” qismida muallif shunday izoh keltirar ekan, 
o’zbeklar nomini alohida tilga olgani kuzatiladi: 
“The focus of the book will be on 
what I term the “central traditions”. By “central traditions” of Turkic oral epic 
poetry I mean the epic traditions of the 
Uzbeks
(and Uighurs), Kazakhs, 
Karakalpaks, and Kirghiz…”
[1, 4]. (Tarjimasi: Kitobning asosida “barqaror 
an’analar” atamasini qo’yganman. “Barqaror an’analar” deganda, turkiy xalqlar 
hisoblanmish 
o’zbek
larning (va uyg’urlarning), qozoqlar, qoraqalpoqlar va 


77 
qirg’izlarning og’zaki ijodi namunalari bo’lmish eposlarni nazarda tutganman…– 
D.Q.). 
Muallif bu o’rinda xalq og’zaki ijodi asarlari tili haqida ham alohida fikr 
yuritib, turk (“Turkish”) va turkiy (“Turkic”) tushunchalari izohiga ham alohida 
to’xtaladi: “In order to avoid confusion, the distinction between 
“Turkish” and 
“Turkic” has been carefully maintained throughout the book. “Turkish” refers to 
the language of the people of Turkey; older forms of Turkish (before Ataturk’s 
language reforms in 1920s) are generally referred to as Ottoman or Ottoman 
Turkish. “Turkic”, on the other hand, refers to the language group to which 
Turkish belongs” 
[1, 5-6]. 
 
Ko’rinyaptiki, muallif “turkish”, ya’ni turk tili Turkiyaliklarning tili ekani, 
uning qadimiy ko’rinishlari (1920 yillardagi Otaturk til islohotidan oldin) umuman 
turk (otoman)larga tegishli bo’lgani, “turkic” – turkiy til esa turk tili ham kiradigan 
til guruhi ekanini ta’kidlagan. 
Kitobning “The Turkic Peoples: Backgrounds and Contexts” nomli ilk 
bobida turkiy xalq – turklar, o’zbeklar, ozarbayjonlar, qozoqlar, qoraqalpoqlar, 
uyg’urlarning miloddan avval boshlanib, XX asrning boshlarigacha kechgan tarixi, 
ko’chmanchilik hayoti, dini, tili, madaniyati, “Turkic Epic Poetry: The Earliest 
Documents” nomli ikkinchi bobida “O’g’uznoma”, “Devonu lug’otit-turk”, “Dada 
Qo’rqut kitobi”, “Kultegin bitigi” asarlarining yaratilishi, mualliflari, ma’no-
mundarijasi, ulardan olingan parchalar tarjimasi keltirilgan.
Kitobning “The Singer: Shaman, Minstrel, Poet” deb ataluvchi uchinchi 
bobida ijrochilar: shomon, kuychi, shoir maqomida o’rganilgan. Ayniqsa, O’rta 
Osiyo xalqlarining doston kuylovchilari – o’zbeklarda baxshilar, qoraqalpoqlarda 
jirov va baqsыlar, qozoqlarda oqinlar, qirg’izlarda manaschilar, maddoh va 
qissaxonlar xususida asosli fikrlar yuritilgan. Og’zaki epik janr ijodkor va 
ijrochilarining shomonlardan farqi va o’xshashligi izohlab berilgan. 
Navbatdagi “Ijro” deb nomlangan to’rtinchi bob Markaziy Osiyo xalqlarida 
urf-odat, an’ana, marosimlar, ularning musiqiy-marosimiy tuzilishi, ritual 
yo’nalishi, ijroda deklamasiya, ijrochi va auditoriya, “Janr” deb ataluvchi 
beshinchi bobda epos, she’r va nasr bilan bog’liq janrlar, romanik epos, 
qahramonlik qo’shiq va ertaklari masalalari, “Syujet modellari” nomli oltinchi 
bobda “Qambar” va qahramon tushunchasi, “Go’ro’g’li”dagi sovchilik, 
“Alpomish”dagi qahramonning uyga qaytish motivi modellari tabiati, badiiyati 
muammolariga munosabat bildirib o’tilgan. “Alpomish” dostonining qisqacha 
mazmuni hamda Fozil Yo’ldosh o’g’li kuylagan variantidan ba’zi parchalarning 
asliyati va ingliz tilidagi tarjimalaridan namunalar keltirilgan. 
Kitobning “The Varietes of Formulaic Diction” nomli ettinchi bobi xalq 
og’zaki ijodi matnlarining stilistik formulalari, ularda vazn, parallelizm, formula va 


78 
formulalar tizimi tahliliga, sakkizinchi bobi ijro jarayonidagi badihago’ylik, ya’ni 
“improvizasiya”, epik xotira, variantlilik, qat’iylik, to’qqizinchi bobida formul 
ritorika, uslub, badiiy ijodda poetik usullarni qo’llash, personajlar tizimi va 
tabiatiga munosabat aks ettirilgan. 
Nihoyat, kitobning “Transformations in Space and Time” nomli o’ninchi 
bobi “makon va zamon” masalasi “Go’ro’g’li” va “Alpomish” dostonlarining turli 
davrlarda yozib olingan turfa variantlarini yoritishga bag’ishlangan. 
Umuman olganda, Karl Rayxl tadqiqotlari turkiy, jumladan, o’zbek xalqi 
og’zaki epik ijodi bo’yicha juda qimmatli materiallarni o’z ichiga olganligi bilan 
e’tibor va e’tirofga loyiqdir.

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin