Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   431
Anjuman Boku (6)

 
 
ANALITIK FOLKLORIZMLARNING G‘OYAVIY-ESTETIK 
VAZIFALARI 
 
Zilola ESHANOVA
Dotsent filologiya fanlari
bo‘yicha falsafa (PhD) doktori,
Andijon davlat universiteti 
(O‘zbekiston)
 
Annotatsiya: 
Istiqlol davri o‘zbek she’riyatida folklorizmlar orqali ijodiy 
niyatning yuzaga chiqishi, davr muammolarini ifodalash kabi xususiyatlar ham 
ko‘zga tashlanadi. Shuningdek, Abdulla Oripov, A’zam O‘ktam, Farida Afro‘z, 
Iqbol Mirzo kabi shoirlar folklor an’analari va folklorizmlardan falsafiy 
mushohalarni hamda lirik sub’ekt ruhiyati tasvirini berishda mahorat bilan 
foydalanganlar hamda folklorizmlar davr shoirlari uslubida turlicha namoyon 
bo‘lmoqda. Analitik folklorizm lirik asar g‘oyasini yuzaga chiqarishga xizmat 
qiladi, ya’ni asarda tasvirlangan davr muammolar, ijtimoiy –axloqiy, ma’naviy-
ruhiy holatni ifodalashga hamda ularni analitik mushohada etishga zamin yaratadi. 
Analitik folklorizmlar lirik asar kompozitsiyasining epigraf qismida, she’rning 


69 
birinchi misrasi, har bandning birinchi misrasi hamda har bandning so‘nggi 
misrasida kelib, shoir fikri daliliga hamda lirik kechinma tasvirining 
ta’sirchanligiga, milliy xarakterlarni yaratishga, umuman, badiiy –estetik idealni 
yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. 
 
Maqolada istiqlol davri she’riyatida ijod qilgan A’zam O‘ktam, Farida Afro‘z, 
Iqbol Mirzo kabi shoirlar she’riyatidagi analitik folklorizmlarning poetik vazifalari 
yoritilgan. Xususan, unda analitik folklorizmlarning lirik asar kompozitsiyasidagi 
ahamiyati, shoirlarning analitik folklorizmdan foydalanish mahorati haqida so‘z 
boradi. 
Kalit so‘zlar:
folklor, folklorizm, oddiy folklorizm, murakkab folklorizm, 
analitik folklorizm, stilizatsion folklorizm, lirik asar kompozitsiyasi, lirik 
kechinma, asar g‘oyasi, badiiyat. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin