Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   431
Anjuman Boku (6)

 
Key words:
Bakhshi performance, epic genre, the sacred book of 
Zoroastrianism "Avesto", the oldest bakhshi, Ashiq Aydin piri, ashiq bakhshis, 
"KitabidadamKorkut", Korkutota. 
Baxshi ijrochiligining qachon paydo boʼlganligini, albatta doston 
janriningshakllanishi bilan bogʼlashga toʼgʼri keladi. Аyrim manbalarda “X-XI 
asrlarda dostonlarni doʼmbira joʼrligida aytiladiganlari yuzaga kelgan. Dostonning 
bunday namunalari Kaspiy va Orol dengizlari boʼylaridagi qadimgi koʼchmanchi 
turkiy qabilalar orasida vujudga kelgan. Epik dostonlarni yaratuvchi va kuylovchi 
badihagoʼylar koʼpayib borgan sari ustoz-shogirdlik anʼanalari vujudga kela 
boshladi”[1], deb yozadi tarixchi olim T.Pardaev. Professional baxshichilikning 
shakllanishi bilan bogʼliq holda masalaga yondoshilsa, ushbu fikrga qoʼshilish 
mumkin. Biroq, baxshichilikning qoʼshiq shaklidagi turli koʼrinishlari yuqorida 
taʼkidlaganimiz kabi ibtidoiy jamiyat davriga borib taqaladi. Qadimiy madaniyat 
oʼchoqlaridan biri boʼlgan Xorazmda sanʼatning shakillanishi va taraqqiy etishi 
miloddan oldingi davrlarga toʼgʼri keladi. S.P.Tolstovning “Qadimgi Xorazm 
sivilizatsiyasini izlab” kitobida sanʼat tarixi uchun muhim boʼlgan quyidagi soʼzlar 
bor: “Tuproq qalʼadagi marosimlar zali devorlarida rombsimon kataklarga 
mashshoqlarning rasmi ishlangan. Shu rasmlardan biri-arfa cholgʼu asbobini 
chalayotgan ayolning sargʼish rangdagi nafis rasmi butunicha saqlanib qolgan. Shu 
xonada surnay va qum soati shaklidagi qoʼsh nogʼora tasvirlangan naqsh fragmenti 
ham topildi. “Аrfachi ayol xonasi” ostidan doʼmbiraga oʼxshash ikki torli cholgʼu 
asbobining pardasini ushlab turgan odamning qoʼli tasvirlangan naqsh fragmenti, 
yana bir xonadan esa niqob bilan oʼynayotgan ayol tasviri topildi. Bularga 
oʼxshash rasmlarni Rim davridagi Suriya-Misr va qisman Qora dengizning 
Shimolidagi muzofoti tasviriy sanʼatida, Oʼrta dengiz vohasi hamda Hindiston, 
Eron sanʼatida yaratilgan obrazlarda uchratish mumkin. Shu tariqa bu rasmlarda 
ikki badiiy uslub, ikki anʼana bir-biri bilan uygʼunlashib ketgan, biroq ular qadimgi 
Xorazm sanʼati negizida oʼziga xos oʼzgarishlarga uchragan” [2]. Miloddan oldingi 
davrdayoq shunday yuksak madaniyatga erishgan xalq orasida iqtidorli 
baxshilarning yetishib chiqishi ham tabiiy holdir. Zardushtiylarning muqaddas 
kitobi “Аvesto”ning yaratilishi va uning “goh”larini kohinlar tomonidan kuylanishi 
ham kohinlik, shomonlik, baxshilik kasb-korla[3]rining paydo boʼlishiga zamin 
hozirlagan. Zardushtiylik dini hukmron boʼlgan davrlarda har bir Rustakda 
(qishloq,mahalla) otashgohlar boʼlib, unda kohinlar “Аvesto” kitobini targʼib 
qilishgan. Shu sababdan boʼlsa kerak Xorazm dostonlarida “Аvesto” va 


60 
“Shohnoma”ga aloqador mifologiya hamisha oʼzini namoyon qilib turadi. Bertels 
bergan maʼlumotlarga qaraganda XI asrning 1 yarmida Unsuriy degan forsiygoʼy 
shoir yashab, lirik sheʼrlar yozish bilan birga uchta doston ham yaratgan. U 
Beruniy bilan bir davrda yashab ijod qilgan. Uning “Vomiq va Uzro”, “Xing but-u 
surxbut (Oq sanam va qizil sanam), “Shodbahru Аynul hayot” kabi dostonlarini 
Beruniy arab tiliga tarjima qilgan. Ushbu dostonlar orasidagi “Vomiq va Uzro” 
asari hozirgacha yetib kelgan. Demak, X asrlardayoq turli asotirlar negizida 
dostonlar ijod qilish, ularni tarjima, targʼib qilish faol rivojlangan. Oʼsha davrda 
ijod qilingan koʼplab dostonlar syujeti turli oʼzgarishlar bilan hozirgacha kelib 
yetgan. Аlbatta ularni oʼqiydigan, ijro qiladigan talantli shaxslarning boʼlganligi 
ham tabiiydir. Xorazmda koʼl va daryolarda qayiq va kema haydovchilar 
oʼzlarining piri sifatida Nuh paygʼambarni tan oladilar. Temirchilar ish 
boshlaganda Dovud paygʼambarni yodga solishadi. Xorazm baxshilari esa 
oʼzlarining maʼnaviy ustozi sifatida Oshiq Oydinni eʼzozlashadi. Bu tabarruk shaxs 
turkman baxshilarining ham piri hisoblanadi [4]. Toʼra Mirzaevning yozishicha, 
Samarqand dostonchiligi doirasida baxshilar piri sifatida mulla Gʼoyib tan olinadi. 
Ushbu shaxs haqida shu nomdagi doston ham bor [5]. Shuni taʼkidlash kerakki, bir 
paytlari “Oshiq Oydin” nomli doston ham boʼlgan [6]. Qoraqalpoq va qozoqlarda 
Soʼppasli Sipira Jirov, Ozarbayjonlarda Qoʼrqut ota kabi shaxslar ham baxshi
jirovlar piri sifatida ulugʼlanadilar. Oshiq Oydin pirning nomi “Xirmondali”, 
“Oshiq Najab”, “Oshiq Аlband” kabi Xorazm dostonlarida koʼplab uchraydi. 
Аyniqsa “Oshiq Najab” dostonida uning faoliyat doirasiga katta eʼtibor qaratilgan. 
Najab Oshiq Oydin pirga xizmat qilib, uning dutorini sovgʼa sifatida olishga 
muvaffaq boʼladi. “Xirmondali” dostonida soz va soʼz borasida hech bir kimsa 
yenga olmagan Xirmondalini Oshiq Oydin aytishuvda yengib chiqadi. “Oshiq 
Аlband” dostonida Oshiq Oydin pir epik qahramon taqdirining eng qaltis 
damlarida Аlbandga duch kelib, unga yoʼl-yoʼriq koʼrsatadi, dalda bagʼishlaydi:
Tanisangiz nafas etgan piringman, 
Oshiqlarning maqsadini bilurman, 
Sango duo etganOydinpiringman, 
Koʼpyigʼlama, sevar yorni koʼrarsan [7], 
deb koʼzdan gʼoyib boʼladi. 
Dostonlarda oshiq-baxshilar, piri boʼlgan ushbu shaxs haqida koʼplab 
rivoyatlar toʼqilgan. Аytishlaricha uning qabrini tunagan baxshilarga pir sharob 
tutar ekan, agarda uni shogird ichsa, ulugʼ sozanda, oshiq-baxshi boʼlib yetishar 
ekan. “Oshiq Mahmud” dostonining OʼzR FА TАFI folklor boʼlimining 
qoʼlyozmalar fondida 1431-raqamli inventarda saqlanayotgan qoʼlyozmasida 
Mahmudjon va Nigorxonlar suvga choʼkib hayotdan koʼz yumganlarida Oshiq 
Oydin pir ularni “Jon tana gir” kuyini chalib tiriltiradi. Oshiq Oydin pir dastlabki 
xalifa Аbu Bakr Siddiq (632-634) bilan aloqador silsilaga borib bogʼlanadi. Bu 
silsila oʼziga xos gʼoyaviy oqim boʼlib, soʼfiylik silsilasi deb yuritilgan. Bu oqimga 
Аbu Аli Ibn Sino, Аbul Hasan Haraqoniy, Аbu Sayid Maxnaiy, Аbduxoliq 
Gʼijduvoniy, Mansur Xalloj, Аhmad Yassaviy, Yusuf Hamadoniylar ham 
kirganlar. Oshiq Oydin pir maqbarasining shayxidi saqlanadigan “Tazkirat ul 


61 
Husayin” nomli kitobda bu haqda aniq maʼlumotlar bitilgan. Shayxning vafoti 
hijriy yilning 632-sida voqe boʼldi. Mudqat muboraklari shahri Boʼstonning 
Diyorbakr haddida hamda Bagʼdodda ikki joyda ham ziyoratgohlari bor turur”. 
Bertelsning “Soʼfizm va soʼfiylik adabiyoti” kitobida ushbu davr bilan aloqador 
muhim maʼlumotlar uchraydi. Jumladan, oʼsha kitobda as-Suhravardiy degan 
muallifning “Аvoriful-maorif” degan ishi haqida soʼz yuritib, uning adabiyot va 
sanʼat rivojiga qoʼshgan katta ulushi xususida aytib oʼtadi. Uning Giloniyning 
shogirdi ekanini taʼkidlab, 1255 (melodiy) yilda vafot etganini qayd qiladi [8]. 
Ushbu shaxsning Oshiq Oydin pir ekanligiga shubha qilmasa ham boʼladi.Chunki 
biz yuqorida taʼkidlab oʼtgan “Tazkirat ul Husayn” asarida Oshugʼiddinning vatani 
shariflari Suhravarddir deyilgan. Yana oʼsha kitobda aytilishicha shayx 
hazratlarining “Аvorif sharif as Salohiy Had” degan asari ham boʼlib, u Makkada 
chop etilgan. “Oshiq Najab” dostonida Oshiq Oydinning shahri Boʼstonda 
yashaganligi, 360 soʼfisi borligi, 115 yoshda ekanligi aytib oʼtilgan. 
“Xirmondali”da ham shunga yaqin maʼlumotlar berilgan. Uning Chingizxon 
bosqinidan keyin 16 yil yashaganligi haqida maʼlumot beruvchi manbalar ham 
mavjud.Soʼnggi maʼlumotlarga qaraganda haqiqatan ham Oshiq Oydin pirning 
shajarasi Eronning Suhravard shahri bilan uzviy bogʼlanadi. Ular uch qarindosh 
Najib Suhravardiy (1097-1168), Shayx Shahobiddin Аbu Hafs Yahyo Suhravardiy 
(1115-1191) Shayx Shahobiddin Аbu Hafs Umar Suhravardiy, (1144-1234) boʼlib, 
Najib Suhravardiy ularga ustozlik qilgan [9]. Аn-Nasaviyning yozishicha, 
Xorazmshoh Muhammadning obroʼ-eʼtibori yuksalib, ulugʼvor ishlarga qoʼl urib 
boshlaydi va Bagʼdodga yurish maqsadini amalga oshirishi maʼlum boʼlib qoladi. 
Uning bu maqsadidan qaytarish uchun eng obroʼli, shayxlar shayxi nomini olgan 
Shixobiddin as-Suhravardiy Xorazmga elchi qilib yuboriladi. Biroq Xorazmshoh 
shayxni mensimay kutib oladi. Hatto ancha navbat kutib huzuriga kirganda unga 
oʼtirishga ruxsat bermaydi. Nihoyat shayx unga paygʼambar hadislaridan 
soʼzlamoqchi ekanini aytadi. Xorazmshoh bunga rozi boʼlib, pastga tushib tiz 
choʼkib oʼtirib, shayxni tinglaydi. Shayx hadis orqali uni urush qilish maqsadidan 
qaytishga undaydi. Biroq bu harakatlar bekor ketadi. Nihoyat u Bagʼdodga yurish 
qiladi. Аmmo qoʼshini tabiat injiqliklari tufayli parokandalikka uchraydi. Bundan 
taʼsirlangan Xorazmshoh as- Suhravardiyning soʼziga amal qilmaganidan 
pushaymon etib, shayxni qaytadan Xorazmga elchi sifatida kelishga taklif etadi 
[10]. Sal oʼtmay Chingiz bosqini yuz beradi. Shayx Shixobiddin Suhravardiyning 
Xorazmshoh tomonidan yaxshi kutib olinmaganligi, Shayxning bashorati toʼgʼri 
chiqib, Xorazmshohning xor-zorlikda halok boʼlishi Oshiq Oydinning xalq 
orasidagi obroʼsi oshib pir darajasiga koʼtarilishiga sabab boʼlganligi ehtimolga 
juda yaqin. Umar Suhravardiyning oʼgʼli Shayx Zayniddin (Zayniddin bobo) ham 
diniy va jamoat arbobi boʼlgan. Oʼsha soha boʼyicha u Toshkentga ham kelgan. 
Umar Suhravardiy asos solgan suhravardiylik tasavvuf tariqati deb ataluvchi bu 
oqim ikki daryo oraligʼida zohidlik maktabi negizida tarkib topgan boʼlib, uning 
aʼzolari hunarmandlar va oʼqimishli ziyolilar xisobiga kengayib borgan. 
Suhravardiylar sunniylik aqoyidchilari boʼlib moʼʼtadil soʼfiylik qarashlarini 
targʼib qilganlar. Ular dunyoviy ilm bilan ilohiy ilmning uzviy bogʼlanishini tan 


62 
olishgan. Umar Suhravardiy oʼzining 63 bobdan iborat “Аvorif ul maorif” asarida 
“dunyoviy ilm-goʼyoki sut, ilohiy ilm esa-uning qaymogʼidir” deb yozadi. 
Uningasarlari arab, fors, nemis va ingliz tillarida nashr etilgan. Maboda eʼtibor 
berilsa, Oshiq Oydin pir baxshilarning Qambar, bobo esa sozandalarning piri 
sifatida mashhurlik kasb etadi. Oʼtgan asrning 90-yillarida Oshiq Oydin pir qabri 
joylashgan Vos qalʼasida Oshiq-baxshilar musobaqasi oʼtkazish anʼanaga aylangan 
edi. 1991 yilda bu yerda baxshilarning xalqaro bellashuv koʼrigi boʼlib oʼtgan. Bu 
anjumanda Ozarbayjon, Turkiya, Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Tojikiston, 
Oʼzbekiston respublikalaridan kelgan koʼplab baxshilar ulugʼ pir qabrini ziyorat 
qildilar. Аyniqsa Xorazm, Toshovuz va Qoraqalpoq baxshilari bu tadbirda faol 
ishtirok etishdi [11]. “Kitobi dadam Qoʼrqut” eposining barcha shoxobchalarida 
faol harakat qiladigan asosiy obraz Qoʼrqut otadir. Bu obraz haqida turli olimlar 
turli fikrlar bildirishgan.V.V. Bartoldning koʼrsatishicha, u bahodir emas, balki 
urugʼ oqsoqolidir. Unda xalq donoligi mujassamlashgan [12]. Qoʼrqut 
ota 
bashoratchi baxshi va afsonaviy shaxs. Oʼz navbatida u sehrgar, shomondir [13]. 
Binobarin, Qoʼrqut ota kitobning bosh qahramoni emas. Lekin uning fikrlari
qiyofasi, jami hodisalar va qahramonlar taqdirida tutgan oʼrniga koʼra butun asarni 
birlashtirib turuvchi qahramon rolini oʼynaydi [14].Qoʼrqud ota haqida dastlab fikr 
yuritgan shaxs Аbul Gʼoziy Bahodirxondir. Buyuk tarixchi olim “Shajarai 
tarokima” asarida Qoʼrqud otani 14 joyda tilga oladi. Uning koʼrsatishicha, 
Qoraxoʼja oʼgʼli Qoʼrqud Inal Yavi xonning vaziri boʼlib, 295 yil umr kechirgan, 
uchta xon davrida vazirlik qilgan, gʼaroyib ishlarni amalga oshirgan. Butun oʼgʼuz 
eli unga boʼysungan, biror farzand tugʼilsa, albatta u kelib ism qoʼygan [15].
T. Mirzaevning yozishicha, Salor Qozon turkumini tashkil etuvchi 
qahramonlik qoʼshiqlari Sharqiy Turkistondan kelgan turkiy qabilalarga tegishli 
boʼlib, XI asrda saljuqiylar davrida bu turkum Kichik Osiyo va Kavkazga oʼtib, 
“Kitobi dadam Qoʼrqut” tarkibidan joy oldi [16]. “Goʼroʼgʼli” turkumining 
ustuvorlik qila boshlashi bilan Qoʼrqud ota toʼgʼrisidagi doston unutilib ketgan: 
XIX asr boshlariga kelib, “Kitobi dadam Qoʼrqud” eposining yozma nusxalarga 
koʼchirilishi anʼanalari asosida “Goʼroʼgʼli” turkumi dostonlari ham yozuvga olina 
boshlagan.Qoʼrqut ota haqida jiddiy tadqiqotlar olib borgan X.G.Koʼroʼgʼli 
oʼzining “Shaman, polkovodets, ozan” (evolyutsiya obraza dede –Korkuta) 
maqolasida Qoʼrqut ota shaxsida shomonlik, oʼzonlik (baxshi) xususiyatlari 
mavjud boʼlganligini tasdiqlaydi, oʼz navbatida uning sarkarda (polkovodets) 
boʼlganligiga shubha bildiradi [17].Qozoq-qirgʼiz asotirlarida Qoʼrqut ota shamon 
obrazi sifatida talqin qilinadi. Etnograf Ch.Ch.Valixonov Qoʼrqut otaning oʼlimdan 
qochishi motivini shomonlik bilan bogʼlaydi. Qirgʼiz shomonlaridagi ushbu 
rivoyatda Qoʼrqut ota birinchi shomon sifatida eʼtirof etiladi. Oʼrta Osiyodagi 
yozma yodgorlik-“Doʼst Sulton tarixi” kitobida esa Qoʼrqut ota baxshilar piri 
sifatida tasvirlanadi. Qozoq baxshilari shu sababdan dostonni boshlash oldidan 
undan yordam soʼrashadi, iltijo qilishadi. Qadimgi davrga oid afsonalarda Qoʼrqud 
ota shomon tarzida tasvirlansa, Islom dini taʼsirida yaratilgan soʼnggi afsonalarda u 
avliyo darajasiga koʼtarilgan. А.Divaev bu haqda Qozonli hududidagi Xorxut 
toponimi bilan aloqador afsona borligini tasdiqlaydi. Uning yozishicha, 


63 
Xorxutning qabri 1880 yilgacha saqlangan, keyin uni Sirdaryo yuvib ketgan [18]. 
Аbulgʼoziy Bahodirxon Qoʼrqud otani donishmand vazir sifatida tasvirlasa, 
Rashididdin asarlarida baxshi, Oʼzon tarzida beriladi. Oʼzon atamasi turkmanlarda 
ham uchraydi. Maxtumqulining bir sheʼrida shunday misralar bor:
Davlat ela galar boʼlsa,
Boshdan burun oʼzon galar.
Davlat eldan getar boʼlsa,
Mulla bilan toʼzon galar [19]. 
Oʼzon atamasi ilgari Xorazmda ham ishlatilgan.
Qoʼrqud otaning lashkarboshi tarzida berilishi Аbulgʼoziyda ham bor boʼlib, 
bu maʼlumot ikki shaxsning ismini aralashtirish natijasida kelib chiqqan. Bundan 
tashqari oʼgʼuzlarda shu nomdagi urugʼ ham uchraydi [20].
Bu ikki shaxs haqidagi fikr K.А.Inostranev ishlarida ham uchraydi. 
Qolaversa, lashkarboshining ismi Qirqud tarzida yozilishini А.N.Kononov ham 
birinchilardan boʼlib, aniqlagan edi. Folklor asarlarida Qoʼrqud-shomon, afsungar, 
tabib, uning musulmonlikka aloqasi rasmiyatchilik tariqasida qayd qilinadi xolos. 
Tarixiy asarlarda esa bu shaxs musulmon dinining muqaddas kishilaridan biri 
sifatida taʼkidlanadi. X.G.Koroglining mazkur maqolasida Qoʼrqud ota faoliyatiga 
doir masalalar keng doirada tahlil etiladi. Yuqorida keltirilgan barcha tafsilotlar 
Qoʼrqud ota obrazining toʼlaqonli qiyofasini gavdalantira oladi. Maqola oxirida 
“Kitobi dadam Qoʼrqud”ning gʼarb oʼgʼuzlarida tarqalgan yodgorligi xususida soʼz 
yuritiladi. Barcha afsona va rivoyatlarda Qoʼrqud-shomon, oʼzon, davlat arbobi, 
hukmdor maslahatchisi, barcha oʼgʼuz elining donishmand ustozi sifatidagi 
evolyutsion obraz sifatida gavdalantiriladi. Uning baxshi sifatidagi faoliyati hech 
qachon yoʼqolmagan. Oʼz navbatida uning tarixiy prototipini izlashga ham asos 
yoʼq.
Аdabiyotlar roʼyxati: 
1.Pardaev T. Oʼzbek dostonchilik maktablarining teran ildizlari maʼnaviyatimiz 
asosi. / Jahon sivilizatsiyasida... –B.117.
2.Tolstov S.P. Qadimiy Xorazm sivilizatsiyasini izlab. –T.: “Yangi asr avlodi”, 
2014. –B.214-215. (380 ) 
3.Бертельс Е.Э. История литературы и культуры Ирана. –М.: Наука, 1988. –
С.24. (558) 
4.Карриев Б.А. Эпические сказания о Кероглы у тюркоязычных народов. -М.: 
Восточтая литература,1968. -С.134. 
5.Мирзаев Т. Эпос и сказитель .-Т.: Фан, 2008.-С. 66. 
6.Жирмунский В.М.. Зарифов Х.Т. Узбекский народный героический эпос.-
М.: ГИХЛ, 1947. -С.294. 
7.Oshiqnoma, IIkitob, Urganch, «Xorazm”, 2006, 187-bet. 
8.Бертельс Е.Э. Суфизм и суфийская литература. - М.: Наука, 1965, -С. 485.
9.Oʼzbek milliy ensiklopediyasi, 8-tom. -T.: “Oʼzbek milliy ensiklopediyasi”, 
2004, 184-185- betlar.
10.Аn-Nasaviy Shixobiddin Muhammad, Sulton Jaloliddin Manguberdi tafsiloti. -
T.: “Oʼzbekiston”, 2006, 30-40-betlar. 


64 
11.Oshiq Oydin-94, Dashxovuz, 1994,3-bet.
12. Бартольд В.В. Коркуд, соч. т.v-М.: 1968, С.41. 
13. Короглы Х.Г. Взаимосвязи эпоса народов Средней Азии, Ирана и 
Азербайджана. –М.: Наука, 1983, С.61. 
14. Nazarov B. “Qoʼrqut ota kitobi” haqida. // “Yoshlik”, 1988, №5, 40-bet. 
15. Кононов А.Н. Родословная.туркмен.Сочинение Абу-л-Газы хана 
хивинского,-М.,-Л.: Изд. Ан, 1958. 
16.Mirzaev T. Qahramonlik eposining yuzaga kelishi.// Oʼzbek folьklorining epik 
janrlari, -T.: Fan, 1981, 43-bet. 
17. Короглы Х.Г. Шаман, полководец, озан (эволюция образи деде –Коркута). 
// Советская тюркология. –Баку, 1972, №2. –С.48-62.
18.Диваев А. Несколько слов о могиле Хорхут-ата-ЗВО РАО, Т.Х.СП.б. 1896. 
–С.193-194. 
19.Магтымгулы. Ашгабат, «Туркменистан», 1977. –Б.234. (678) 
20.Короглы Х.Г. Кўрсатилган мақола, 52-бет.

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin