Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   431
Anjuman Boku (6)

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 
1.
Karl Reichl. Turkic Oral Epic Poetry: Traditions, Forms, and Poetic Structures. 
New York: Garland. – 1992. P.4. 
2.
Karl Reichl (Ed.) Medieval Oral Literature. 2012 Walter de Gruyter 
GmbH&Co.KG, Berlin/Boston. – Germany. P.683–697. 
3.
D.A.Kalandarova. Research classification of Karl Reichl. Current Research 
Journal of Philological Sciences. USA. SJIF 2021= 5.823. (ISSN: 2767-3758). 
P.29-33. 
4.
K.D.Abdujamilovna. Attitude to uzbek folklore in the research of Karl Reichl. 
Academicia. Impact Factor: SJIF 2021 = 7.492. Vol. 11, Issue 5, May 2021. Р.514-
518.
5.
Kalandarova D. Issues of Uzbek Folklore and Its Research in Germany. Journal 
of Positive School Psychology 2022, Vol. 6, No. 9, 
http://journalppw.com
. P. 
4395-4398. 
6.
Kalandarova D. Research of the Sherabad Epic School Abroad. (In the Case of 
Walter Feldman Studies). International Journal on Integrated Education. 
https://journals.researchparks.org/index.php/IJIE
. Volume 5, Issue 10 |Oct- 2022. 
|P. 149-152. 
 
QADIMIY EPOSDA EPIK MATN BADIIYATI 
 
Venera ATAXANOVA 
Urganch davlat universiteti,
O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi
katta o’qituvchisi, phd 
Folklor asarlari orasida dostonlar eng murakkab janr hisoblanadi. Uning 
maxsus baxshi tomonidan musiqa jo’rligida keng auditoriya oldida ijro etilishi 
asarning badiiy barkamol bo’lishini taqozo qiladi. Epos xalq-millat tarixidagi eng 
muhim masalani o’zida mujassamlashtiradi. Uning paydo bo’lishi, albatta, o’z-


79 
o’zidan ro’yobga chiqavermaydi. “Xalqda umumiy rag’bat uyg’otib, uning 
fantaziyasini junbushga keltiradigan shunday bir lahza yuzaga keladiki, u albatta 
xalq epik poeziyasida o’zining muayyan ifodasini topadi” [1.298]. Shu sababdan
«doston» so’zi (atamasi) ta’rif va maqtov ma’nolariga ega [2.227]. 
Epik qahramonni ulug’lash, uning faoliyatini madh etish, g’alabalarini 
ta’riflash, unga loyiq ma’shuqa sifatlarini tavsif qilish ijrochidan so’z san’ati 
sirlarini mukammal bilishni talab etadi. Albatta, doston faqat madhu ta’rif-
tavsiflardangina iborat emas. U badiiy asar sifatida ijtimoiy-siyosiy hayot, maishiy 
turmushni tasvirlaydi. SHu sababli dostonda ta’rif va madhiyadan tashqari 
xalqning dardu g’ami, obrazlarning shodligi bilan birga ichki iztiroblari, do’stga 
muhabbati, g’animga bo’lgan nafrati o’z ifodasini topadi. Ushbu keng ko’lamdagi 
nutqiy bayon ijrochidan yuksak badehago’ylikni, suxandonlikni, tilning sehrli 
ohanglarini mahorat bilan qo’llay bilishni taqozo qiladi. Natijada o’z-o’zidan 
badiiy nutq bo’yoqdorligini ta’minlovchi omillarga murojaat etish mahorati talab 
etiladi. Agarda ertak oddiy kishilar tomonidan hikoya etilsa, doston professional 
baxshilar tomonidan ijro etiladi, kuylanadi [3.25]. 
Shu sababli eposda baxshi o’zining badiiy mahorati, ijro uslubi bilan bog’liq 
iz qoldiradi. Biroq «Uning epik matnga qo’shgan hissasi ijrochining hayotiy 
tajribasi va badiiy – estetik didiga bog’liq» [4.58]. Eposda ko’p asrlarga oid 
atributiv va stereotip formulalar borki, ular keyingi avlod baxshilari uchun 
an’anaviy klishelar bo’lib hisoblanadi. Agarda ijrochi ana shu formulalarga loyiq 
darajada biror narsa qo’sha olsagina o’sha hissa yana keyingi baxshilar uchun 
stereotip tasvirga aylanib qoladi [5.218] «Kitobi dadam Qo’rqut» matnidagi 
an’anaviy stereotip formulalar, atributiv ifodalar, tasvir vositalari masalasida ham 
o’sha fikrni aytish mumkin. 
Ilgarigi faslimizda qayd qilib o’tganimiz kabi o’g’uz yozma yodgorligining 
badiiyati masalasida ilk tadqiqot olib borgan olimlardan biri V.M.Jirmunskiydir. 
Uning ko’rsatishicha, epos qadimiy turkiy xalqlar epik an’analari doirasida 
yaratilgan. Voqea bayoni nasrda, obrazlarning ichki kechinmalari nazm orqali 
berilgan. Nasr tarkibida saj’, nazm tarkibida alliterasiya ko’p uchraydi. Ayrim 
misralarda bo’g’inlarning noteng ravishda kelishi turkiy arxaik eposdagi 
she’riyatga mos keladi, sintaktik parallelizmlarga ko’proq murojaat etiladi [6.616-
618]. Mumtoz o’g’uz eposidagi ushbu xususiyatlar uning qadimgi turkiy epos 
ana’analariga juda yaqin ekanligini ko’rsatadi. 
Bizning kuzatishimizga qaraganda, uning she’riy parchalarida aruzning ta’siri 
ko’rinmaydi. «Turkiy xalqlar poeziyasida qofiya va alliterasiya bir – biriga teskari 
proporsional bo’lib, qofiyaga e’tibor berilgan she’riyatda alliterasiyaning roli 
ikkinchi darajaga tushib qoladi» [7.50]. 


80 
Darhaqiqat, aruzda qofiyaga e’tibor juda kuchli bo’lganidan qadimgi turkiy 
poeziyadagi alliterasiya va sintaktik parallelizmning she’riyatdagi ishtirokini ancha 
chetga surib qo’yadi. «Kitobi dadam Qo’rqut» asarida aruzning ta’siri sezilmaydi. 
Xorazm dostonlarida esa bu holatning aksi kuzatiladi. Xorazm dostonlarida she’riy 
parchalar qat’iy bo’g’in tartibi asosida tuzilgan bo’lib, asosan, murabba’ tarzida 
qofiyalashadi. Shuningdek, she’riy parchalar orasida muxammas, g’azal kabi 
shakllar uchraydi. Umuman olganda, bu xususiyatni turkman, ozarbayjon kabi 
o’g’uz guruhiga mansub xalqlar eposida to’la kuzatish mumkin. 
Demak, «Kitobi dadam Qo’rqut»dagi matn juda qadimiy, arxaik epos qonun-
qoidalariga ancha mos keladi. Xorazm dostonlari esa (shu jumladan, turkman 
eposi ham) keyingi asrlarda yozma adabiyot ta’sirida ancha mukammal she’riy 
shakllarga ega bo’lib, musiqiylik tamoyillariga muvofiq qayta ishlangan. Bundan 
qat’iy nazar, «Kitobi dadam Qo’rqut» asaridagi epos qonuniyatlariga xos 
an’analarning katta ko’pchiligi Xorazm dostonlarida o’z ta’sirini saqlab qolgan. Bu 
holatlar asar leksikasida, epik bayon uslubida, badiiy tasvir vositalarida, ranglar 
simvolikasi va boshqa qator omillarda o’zini namoyon qilib turadi. 
«Kitobi dadam Qo’rqut» matnidagi o’g’uz shevasiga oid ko’plab leksik 
birliklar hozirda Xorazm shevasida faol ishlatiladi. Buni quyidagi so’zlar orqali 
ko’rish mumkin: o’kcha ‒ tovon; g’oli – gilam; gizlamoq – yashirmoq; cho’rak – 
kulcha; doyi – tog’a; cholimli – o’xshash; do’l – urug’, shaxvat, tuxum; et – go’sht; 
so’lqim – g’ujum kabilar. Bulardan tashqari mumtoz o’g’uz eposi tarkibidagi 
ko’plab frazeologik iboralar, uchiriq so’zlar, idiomalar ishlatilganki, ularning 
aksariyati hozirda ham mahalliy so’zlashuv nutqida qo’llaniladi. 
Xorazm dostonlarining tili va badiiy xususiyatlari haqida talaygina ishlar 
amalga oshirilgan va dostonlardagi an’anaviy formulalar, stereotiplar, 
parallelizmlar, badiiy tasvir vositalari va ularning lokal xususiyatlari haqida 
S.Ro’zimboev, 
O.Madaev, 
G.Eshchonova, 
I.Devanova, 
N.Sobirova, 
S.Soriyevlarning ishlarida ancha batafsil so’z yuritilgan [8.26….8.96]. Biroq ushbu 
masalalar «Kitobi dadam Qo’rqut» asari bilan qiyosiy ravishda o’rganilmagan. 
Qoraqalpoq folьklorshunosligida bu borada K.Polimbetovning nomzodlik ishida 
ayrim mulohazalar bildirilgan [9.22]. 
Shu narsa ko’zga yaqqol tashlanadiki, mumtoz o’g’uz eposida ishlatilgan epik 
bayon uslubi asosan og’zaki etib kelgan dostonlarda o’zini barqaror holda saqlab 
kelgan. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin