Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti


She’rning arab tilidan qilingan nasriy tarjimasi



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə369/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   365   366   367   368   369   370   371   372   ...   431
Anjuman Boku (6)

 
She’rning arab tilidan qilingan nasriy tarjimasi:
 
“Men tarafimdan mana shu 
nafis, nozliklikni his etyapsanmi, uning ikki chakkasi tinch-u mening holim 
hayajonli, albatta, bu hayajonim ila himoyalangan kimsani nafaslarim shu’lasi 
bilan yoritaman, agar tun zulmatlansa. Tanbeh beruvchi menga rahm qilib aytadi, 
yoninga olov yoqdingmi yoki ichida yarqirash bormi?Mendan shafqat bilan 
yaxshilik keladi, uning ikki tarafida go’zallik bor agar yursa, albatta, sirimni 
berkitdim, shunga qaramay baribir u tarqalib ketdi.Xuddi sharqning sodri 
saxiyligini berkitadi, lekin, manglayining xursandchiligi u ila va u bilan bezanadi 
[13:277]
68

Albatta, shoir o’zi arabiyzabon she’riyatida taqlidiy uslubga moyil bo’lgan. 
Uning she’rlarini o’qiganimizda o’ziga xos uslubda ekani va shaxsiyati namoyon 
bo’ladi. U she’rlarida har zamon mubolag’a qilish, ahli va bobolari bilan faxrlanish 
yoki oilasining saxiyligi haqida gapirishga hamda in’om berishdagi saxiyliklaridan 
so’z ochishga moyil bo’ladi:
مهلك ساـنلا قاـفتاب يل َّحص دق
يفلـس نع فاصنلإاﻭ لدـعلا ةـیاﻭر
مهﺸیاعم تناك رﺸعم ْن ِّمَل ينإ 
فرَّﺸلابف مﻫایاـطع اـمأ دصقلاب
مﻫرـثآم لاــيل ْتعلط ىتم موق
فسﺨنُم ِّّي ِّز يف ىجدلا َردب َتیأر 
 
She’rning arab tilidan qilingan nasriy tarjimasi:
 
“Mening bobolarimning 
insofli va adolatli ekaniga insonlarning barchasi ittifoq qilgani ila menga ruxsat 
bo’ldi. Albatta, men jamoadagi har bir kishi uchun, ularning yashashlaridan 
maqsad bo’lsa, ammo, ularning in’omlari isrof iladir. Qavmning maqtovga 
sazovor ishlari tunni ham yorishtirar, qorong’uda oyning tutilib, to’silganini 
ko’rasiz. Podishohning davlati go’zal, ko’rkamdir, albatta, qaerni qasd etsam ham 
meni o’rab turar 
[13:289]
69

Ma’lumki, islomda kibr va ujb katta nuqsonlardan sanaladi. Arab she’riyatida 
nasab bilan faxrlanishning turli darajalarini uchratish mumkin. Hatto ayrim 
68
Ҳинд Ҳусайн Тоҳо. Ал-адаб-ул-арабӣ фӣ иқлим Хоразм. Силсилат-ул-кутуби-л-ҳадиса. – Бағдод:
Маншурот Визорати-л-иълом, 1976.
69
Ҳинд Ҳусайн Тоҳо. Ал-адаб-ул-арабӣ фӣ иқлим Хоразм. Силсилат-ул-кутуби-л-ҳадиса. – Бағдод:
Маншурот Визорати-л-иълом, 1976. – С. 289.


809 
hollarda tug’yonga ketishgacha boriladi. Nasl-nasab e’tiborga olinmagan, u asosiy 
mezon sifatida qaralmagan ilk islom davri, saodat asri edi, deyish mumkin. 
Keyinchalik adabiyotda ham, adabiyotshunoslikda ham nasl-nasab muhim 
mezonlardan sanala boshlangan. Masalan, Abu Mansur as-Saolibiy o’zining 
“Kitob latoyif al-maorif” asarining beshinchi bobida irq va nasab jihatdan, ya’ni 
o’zi, otasi, bobosi kabilar xalifa, vazir, qozi va boshqa hukmdorlar, nasl-nasabi 
bilan shoir bo’lganlar haqida so’z yuritadi. Masalan, podshohlardan nasl-nasab 
jihatidan podshohlikda eng dong taratgani Nu’mon ibn Munzir ibn Imru ul-Qays 
ibn Nu’mon ibn Imru ul-Qays ibn Amr ibn Adiy al-Lahmiydir. Uning o’zi va nomi 
qayd etilgan barcha ajdodlari “yurt so’ragan [2:8]
70
”.
Yoqut Hamaviy so’zlariga ko’ra, Qosim ibn Husayn go’zal xulqli, 
shirinzabon va ochiq chehrali kimsa edi. Yoqut uni vasf etib aytadi: “Xorazmda 
uning uyiga bordim, unda ko’ngillarni to’ldiradigan saxovat ko’rdim. Go’zal xulq, 
ochiq chehra, shirinzabonligini ko’rdim. Qalbim va ko’ksim to’ldi, uni sifatlashdan 
nazmlarim va nasrlarim ojiz qoldi”. 
E’tiborlisi, Yoqut Hamaviy aytadi: “Qosim ibn Husaynni ziyorat qilganimda, 
u biror kishini maqtamaganiga qasam ichdi. She’ridagi madhlar esa mavjud 
bo’lmagan kimsalar, ya’ni shoir tasavvuridagi ideal insonlarga tegishli”. Qosim ibn 
Husayn aytadi: 
ملّظلا يف حﻻ امهم كـنيبج اَنَس
مركلا َةﺨسُن هن ِّم ُعلاطُن انْتب 
امرك مهقلاخأ يف سانلا عرزی نإ 
م
َیِّّدلاب نانطلا كدوج نم رذـبلاف
هرـفاوـﺣ رضخ رقشأ ىلع ﻭدبت
مرض ىلع ًاجاومأ مِّطلاُی ارﺤب
مجعلا ديص كدنع ُّمُﺸت
ةﺨلﺨل
مــقلا نـم فانآب ماـغرلا نم
She’rning arab tilidan qilingan nasriy tarjimasi:
 
“Manglaying yaltirab 
zulmatlarni yoritar, “Karam” nusxasini o’qib tunaymiz. Albatta, insonlar 
xulqlariga karamlilikni eksalar, bas, urug’, tinimsiz yomg’ir sening 
saxiyligingdandir. Yashil boshoqlardan dengiz tomchisidek ko’rinar, olov 
shu’lasidek mavjlanib turar.Sening huzuringda ajamlar shohi, yoqimli hidlar 
tuyar, Har narsaning oliysida chang to’zon bordir 
[13:282]
71
”. 
Mulohaza qiladigan bo’lsak, shoirning madhi karam, saxiylik, ilm kabi go’zal 
xulqlar bilan yo’g’rilgan. 616 yilda Yoqut Hamaviy uning ziyoratiga borganda, u 
70
Абу Мансур ас-Саолибий. Китоб латойиф ал-маориф. Тадқиқ қилувчи, таржимон, изоҳ ва кўрсаткичлар 
тузувчи Исматулла Абдуллаев. ‒ Тошкент: Фан, 1987. ‒ Б. 8.
71
Ҳинд Ҳусайн Тоҳо. Ал-адаб-ул-арабӣ фӣ иқлим Хоразм. Силсилат-ул-кутуби-л-ҳадиса. – Бағдод:
Маншурот Визорати-л-иълом, 1976. – С. 282.


810 
yaxshi holda qarigan, to’ladan kelgan, uncha harakatlana olmaydigan, bo’ynida 
tuguni bor edi.
Yana Yoqut Hamaviy shoir haqida quyidagicha zikr qiladi: “Mazhabi haqida 
so’radim, u hanafiyman, lekin xorazmiy emasman, Buxoro ahlining so’zini so’z 
deb bilaman”. Shundan ma’lum bo’ladiki, Qosim ibn Husayn mazkur gapi bilan 
o’zining mo’’taziliy emasligini aytyapti. Bu shoir, adibning hayoti qayg’uli tugadi, 
ya’ni 1018 milodiy 617 hijriy yilda mo’g’ullar bosqini vaqtida o’ldirildi.
Qosim ibn Husayn aytadi: “Xorazm qoziyul quzzoti mendan yangi qurgan 
uyining peshtoqiga yozib qo’yish uchun bir necha baytlar yozib berishimni 
so’radi”. Qosim ibn Husayn shunday deb yozib yubordi:
فرُّﺸلاﻭ ناينبلاب رَﺨفی ناك نم
فرَّﺸلاﻭ دجملا ريغب يرﺨف سيلف
اهنكاس لضف ﻻ ول رادلا ةميق ام 
فد
ّصملل ِّّرُّدلا نﻭدب نزﻭ ُّيأﻭ
ةدنسم بﺸُخ ينبجعی ناك نإ
فلخ ينب نم لـجَـن مركأ ُتسلف
مهلك سانلا قافتاب يل َّحص دق
اـصنلإاﻭ لدعلا ةیاﻭر
يفلس نع ف
مهﺸیاعم تناك رﺸعم نمل ينإ
فرّسلابف مﻫایاطع اـمأ دصقلاب
مﻫرثآــم لاـيل تعلط ىتم موق
فسﺨنم ِّّي ِّز يف ىجُّدلا َردـب َتیأر
هرـئاط نوميملا كلملا ةــلﻭدب
يفنتكم لابقلإاف ُتهّجوت ىّنأ

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   365   366   367   368   369   370   371   372   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin