Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə365/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   431
Anjuman Boku (6)

Foydalangan adabiyotlar:
1.
Alisher Navoiy. G’aroyib us-sig’ar. Mukammal asarlar to’plami. 3 jild. – 
T.: “Fan”, 1988.
2.
Bobojon Tarroh. Xorazm navozandalari. – T.: G’afur G’ulom nomidagi 
Adabiyot va san’at nashriyoti, 1994.
3.
یدعس ناويد Majmua. Qo’lyozma. Inventar raqami: P N – 909 V.
4.
یدعس ناويد Qo’lyozma. Inv.raqami: A.P -7092.
5.
Sayfulloh S. Na’t g’azallar mohiyati. Alisher Navoiy. “Xazoyin ul-
maoniy”dagi na’t g’azallar. – T.: “Noshirlik yog’dusi”, 2010.
6.
Xajieva I.A. “Haft shuaro” majmuasining Xorazm adabiy muhitidagi 
o’rni. Filol.f.f.n. il.dar.Avtoreferat. – Toshkent, 2008. – B. 12.
7.
Erkinov A., Polvonov N., Aminov H. Muhammad Rahimxon II – Feruz 
kutubxonasi fehristi. – T.: “Yangi asr avlodi”, 2000.
ISHQ ICHRA POKU PORSOLIG‘... 
 
Zebo SAIDJANOVA 
UrDU o‘qituvchisi
(O ‘zbekiston) 
 
Annotatsiya: 
Maqolada shoir So‘fi devonidagi g‘azallarning asosiy qismi 
ishq mavzusida ekanligi misollar bilan asoslab beriladi.
 
Kalit so‘zlar:
 shoir, ishq, taxallus,inson, axloq 
Аннотация: 
В статье на примерах поясняется, что основная часть 
газелей в деване Суфи посвящена тему любви.
 
Ключевые слова:
 поэт, любовь, прозвище, человек,этика 


800 
Annotation: 
The article explains with examples that thr main part of the 
gazals in the devan Sufi is devoted to the theme of love.
 
Key words:
 poet, love, nickname, man, ethics 
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Xorazmda yashab ijod etgan iste’dodli shoir 
Ilyos Mulla Muhammad o‘g‘li So‘fi she’rlarining salmoqli qismini ishq-muhabbat 
mavzusidagi she’rlar tashkil etadi, ularda insonning ma’naviy komilligi, 
sadoqatga sobitligi kuylangan. So‘fi turli mazmundagi she’rlarini to‘plab, devon 
tuzishda ham ustozlari tajribasidan foydalandi. Alisher Navoiyni o‘ziga ustoz deb 
bilgan So‘fi shoirning devon tuzish uslubiga tayanadi. Sharq-islom she’riyati, 
devonchilik an’anasi bo‘yicha dastlabki g‘azallar hamd va na’tdan iborat bo‘lishi 
lozim. So‘fi devoni ham hamd va na’t g‘azallar bilan boshlanadi: 
Zihi soni’ durursan san’atingg‘a yo‘q amad paydo 
Ne qodirsanki yo‘qtur qudratingg‘a haddu ad paydo.


Ne bir hayyu tavonovu qadimu “lam yazal”dursen,
Ne bordur ibtido zotingg‘a ne anjomu, had paydo.
Qur’oni karim oyatlarida “Ogoh bo‘lingizkim, yaratish va buyurish faqat 
Unikidir. Barcha olamlar parvardigori – Olloh buyukdir”, “Osmonlar va erdagi bor 
narsalar Ollohnikidir”[1], - deb Ollohning yaratuvchanlik qudrati ulug‘lanadi.
G‘azalda Olloh taoloning sifatlari bir-bir ta’riflanadi. Uning olamni 
yaratishdagi san’atkorlik mahorati, har narsaga qudrati etadigan qodir Zot ekanligi 
madh etiladi. Ilohiy sifatlarining chegarasi yo‘q, abadiy yashaguvchi Zotning 
paydo bo‘lishining oxiri ham, avvali ham insonga ma’lum emas, har qanday inson 
bilishdan ojiz. Inson Ollohni U yaratgan narsalarni, qudratini ko‘rib Uni tanishi, 
Unga ishonishi lozimligi ta’kidlanadi. G‘azal So‘fining Yaratganga bo‘lgan 
cheksiz mehru muhabbatini ifoda etadi.
Bu davr she’riyatida an’anaviy ishq, axloq-odob, ilm-ma’rifatga undash, 
diniy mavzularda she’rlar yozish davom ettirildi[2,15]. Mavzu jihatidan So‘fi 
g‘azaliyotida ishq mavzusi etakchilik qilishi barobarida ijtimoiy mazmundagi 
g‘azallar ham ko‘plab uchraydi.
Devonda bitta arab tilida yozilgan g‘azal ham bor. Bundan ko‘rinadiki,
shoir fors-tojik tilidan tashqari arab tilini ham yaxshi bilgan. Turkiy tildagi 
she’rlarida ham arabiy birikmalardan, “Qur’oni karim”dan iqtiboslar keltiradi. Bu 
holat ham o‘sha davr adabiy muhiti uchun xos xususiyatlardan biri edi. So‘fi 
devoni uning iste’dodli shoir sifatida mumtoz she’riyat an’analaridan yaxshi 
ta’lim olgani, o‘zbek she’riyatiga yangi, xalqchil she’rlari bilan katta hissa 
qo‘shganini yaqqol ifoda etadi.
Shoirning “So‘fi” degan taxallusni olishi bejiz emas. So‘fi haqidagi ilk 
ma’lumotlarni fanga taqdim etgan va uning ijodi bo‘yicha bir necha maqolalar 
e’lon qilgan adabiyotshunos Yunus Yusupov shoirning qanday sabab bilan o‘ziga 


801 
So‘fi taxallusini olganini izohlab bermaydi va uning she’rlarini davr mafkurasi 
tazyiqi tufayli so‘fiyona-tasavvufiy she’rlar emas, deb baholaydi. Ammo aslida bu 
taxallusning qo‘llanishi tasodifiy hol bo‘lmay, bu nom shoirning butun she’riyati 
mazmun-mohiyatiga hamohangdir. Shoirning o‘zi esa bu haqda shunday deydi:

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin