Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə373/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   369   370   371   372   373   374   375   376   ...   431
Anjuman Boku (6)

Key words: 
literary environment of Ferghana, classical, mathnavi, epic 
poem, companion, neighbor, text, Sharia, love, Sufism. 
Huvaydoning “Rohati dil” dostoni masnvaiy janrda yozilgan bo’lib, mavzu 
ko’lami keng va xilma-xil. Mumtoz ijodkorlar o’tmishda bu janrda ko’p va xo’b 
ijod qilishgan. Janr takomil bosqichlarini boshidan kechirgan va shu kungacha 
mumtoz adabiyotning sara namunasi sifatida etib kelgan. Bugungi kun 
adabiyotshunoslik ilmidan masnaviy janr sifatida o’z shakliy xususiyatlariga ega. 


815 
“Rohati dil” va “Sabotul ojizin” asarlari o’zbek adabiyotidagi masnaviy janrining 
yorqin namunalaridan hisoblanadi. Bu asarlarning badiyati va g’oyasi masnaviy 
janr yordamida ochib berilgan. Bu janr haqida tadqiqot olib borgan Abdurahmon 
Piriqulov shunday yozadi: 
“ ... masnayi ham janr, ham shakl xususiyatiga ega. Ularda ma’lum epik 
voqelik qator personojlar ishtirokida aks ettiriladi yoki lirik qahramon faoliyati, 
shuningdek, ichki kechinmalari, ruhiy holati lirik chekinish shaklida ifodalanadi.”
76
G’oyaviy jihatdan So’fi Olloyorning “Sabotul ojiz” asari singari turkiy 
zabon xalq orasida ma’rifat tarqatishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. “Rohati 
dil”dostni boshqa badiiy asarlar kabi o’z davridan to hozirgi kungacha kitobxonlar 
qalbidan joy olgan. Asarning g’oyasi xuddi nomlanishi kabi turkiy zabon xalq 
orasida dillar rohatiga aylangan hamda mazusini belgilagan. Bu asarda shoir turkiy 
kitobxonni badiiy yo’sinda sof diniy va dunyoviy g’oyalarni, islomiy 
tushunchalarni o’z ona tili orqali ilg’ashga keng qamrovli imkoniyat yaratadi. 
SHariat ahkomlari, islom tarixi va musulmon kishining xulq-atvori qanday 
bo’lishi lozimligi badiiy g’oyalar bilan muhim xulosalar chiqarishga da’vat etadi. 
Huvaydo she’riyati va ijodi haqida adabiyotshunos olim Begali Qosimovning o’z 
qarashlari mavud: 
“ Huvaydo ijodi va dunyoqarashining shakllanishida Xoja YAssaviy, Alisher 
Navoiy, So’fi Olloyor, Mashrablarning tasavvufiy, falsafiy fikrlari va asarlarining 
ta’siri katta bo’lgan. Huvaydo majoziy va haqiqiy ishq haqidagi orifona, dunyoviy 
she’rlaridan tashqari zolimlik va mazlumlik, kamolot va axloqiy tubanlik haqidagi 
she’rlarida ham mazkur shoirlar an’analarini davom ettirgan va yangi fikrlar bilan 
boyitgan.” 
77
Huvaydo asarlari tili ravonligi, ifodasi soddaligi matni turkiy xalqlar uchun 
mutoala jarayonida qiynchilik tug’dirmaydi. SHoir o’zi asarida turkiy xalqlar 
uchun mo’ljallanganini quyidagicha alohida uqturib o’tadi:
Bu Chimyon shahrining piyru javoni, 
Tamomiysi erurlar turkiyxoni. 
Alar garchi so’zga behunarroq, 
Dedim bo’lsa kitobim turkiy behroq.
78
Shoir “Rohati dil”ning badiiy asar ekanligiga asar ichida “Dar bayoni kitob 
va ismi musannif rahimahullohu ta’olo” bobida quyidagicha maxsus ishora qiladi:
Ko’ngul shahri yagona azm qildim, 
Kitobim nasr erdi, nazm qildim. 
79
76
Примқулов А. Э. “Огаҳий манавийлари”. Фил. Фанлари номзолик дисс.. Т: 24- бет.
77
Қосимов Б. “Ҳувайдо”. “ Ўзбекистон Миллий энциклопедияси Давлат илмий нашриёти”, Тошкент: 14-
том, 216-217-бетлар. 
78
Ҳувайдо Хўжаназар Ғоибназар ўғли. “Роҳати дил”. “Абдулла Қодирий номидаги халқ нашриёти”. Т:. 
1994.- 16-бет. (Нашрга тайёрловчи ва сўз боши муаллифи Саидбек Ҳасанов, Нилуфар Жуванмардиева).


816 
Doston matni, mazmun-mohiyatida haqida O’zbekiston Respublikasi 
Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyida 
saqlanadiga qo’lyozmalari asosida 1994 yil nashr qilgan adabiyotshunos olim 
Saidbek Hasanov o’zning ilmiy munosabatini bildirgan. 
“Huvaydo har bir hikoyatning hayotiy mazmunini va bosh qahramonning 
qiyofasini badiiy ifodada ochib berishga kirishar ekan, o’ziga xos uslub, yuksak 
badiiylik, tilning ravonligi, she’rning jarangdor va o’ynoqiligini rang-barang 
buyoqlar orqali ochib beradi. Dostondagi har bir misra o’quvchini to’lqinlantiradi, 
undagi chuqur mazmunni idrok etishga chorlaydi.”
80
Doston mazularing nomlanish forsiy va arbiy so’z va so’z birikmalaridan 
tashkil tongan. Matnida arabiy, forsiy so’zlar asosan, turkiy so’zlar ishlatilgan. 
Ba’zi o’rinlar o’zbek tilining qipchoq lahjalaridagi so’zlar kam bo’lsada uchraydi. 
Masalan, dostonning “Dar bayoni asmoi jahannam”, “Dar bayoni haqqi hamsoya ” 
bobida: 
Qadam masjid sorig’a qo’ymadilar, 
Jiyuldilar sahobalar borisi. 
Sahobalar jiyulub jam’ bo’ldi, 
Rasuli olamin oldig’a keldi.
81 
Huvaydoning “Rohati dil” dostoni turkiy didaktik adabiyot ichida salmoqli, 
mazmunan boy, badiiy hihatdan yuksak saviyada, g’oyaviy jihatdan o’z davri va 
hozirgi zamaon uchun muhim ahamiyatga ega. Islom dunyosida eng mashhur 
hadis roviylari Abu Hurayra roziyallohu anhu, Salmon raziyallohu anhu va Uns 
bin Moliklar (“Rohati dil”dostoning nashr matnida shunday yozilgan. Aslida Anas 
ibn Molik ko’p hadis rivoyat qilgan olim sahobalardan.) orqali ibratli va hamma 
zomonlarda insoniyat tarbiyasi uchun zarur bo’lgan hadislarni hikoyatlar va 
rivoyatlar shaklda badiiy usulda masnaviy janri orqali adabiyotimizga singdirgan.
Xullas, So’fi Olloyorning “Sabotul ojizin” asariga nisbatan ham tilining 
soddaligi va turkiy xalqlarning ma’no va mazmun mohiyatini tez tushunib olishiga 
mo’ljallangan. Turkiy zabon buyuk ijodkorlar singari Huvaydo beqiyos adabiy 
merosini mumtoz adabiyotimiz sahifalariga muhrlab qoldirgan. Bugungi kundagi 
turkiy xalqlarni bir g’oya ya’ni, umummilliy g’oya atrofida jam bo’lishiga xizmat 
qiladi.
79
Ҳувайдо Хўжаназар Ғоибназар ўғли. “Роҳати дил”. “Абдулла Қодирий номидаги халқ нашриёти”. Т:. 
1994.- 4-бет. (Нашрга тайёрловчи ва сўз боши муаллифи Саидбек Ҳасанов, Нилуфар Жуванмардиева).
80
Ҳувайдо Хўжаназар Ғоибназар ўғли. “Роҳати дил”. “Абдулла Қодирий номидаги халқ нашриёти”. Т:. 
1994.- 16-бет. (Нашрга тайёрловчи ва сўз боши муаллифи Саидбек Ҳасанов, Нилуфар Жуванмардиева).
81
Ҳувайдо Хўжаназар Ғоибназар ўғли. “Роҳати дил”. “Абдулла Қодирий номидаги халқ нашриёти”. Т:. 
1994.- 36, 58-бет. (Нашрга тайёрловчи ва сўз боши муаллифи Саидбек Ҳасанов, Нилуфар Жуванмардиева).


817 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   369   370   371   372   373   374   375   376   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin