Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə375/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   431
Anjuman Boku (6)

 
 
 


819 
Hukumat o‘zgarishi 
Muhtaram dindoshlar! 
 
 
Ota-bobosi bilan 300 yildan buyon va o‘zi 22 yildan beri ulug‘ rusiyaning 
taxtida o‘turg‘on podshoh 28-fevralda taxtidan tushurulib, maxbus etildi. 
Vazirlarini ham arestoniskiye otdileniya nomlik (katta aybliklar ovog‘i)ga 
qamadilar. Mamlakat idorasini bir tartibga qo‘yub bo‘lg‘onlaridan keyin ishlarini 
qarab, loyiq bo‘lg‘on jazolarini berurlar. Bu ong‘acha adolat, musovot va 
haqqoniyat hibisda edi. Ammo zulm, jabr, xiyonat hukumfarmo edi. Endi bularni 
tutib, ularning o‘rinlarig‘a yotquzdilar. Adolat, musovot, hurriyat yuzlarini bir 
ko‘rmoqqa zor bo‘lub yotgan ulug‘ rusiyaning har grajdan o‘g‘ullarining 
ziyoratig‘a yubordilar.
Buni kimlar qildi? – Xalq vakillari – g‘.duma qildi! Podshoh ham duma 
xalqniki, zohirda podshoh ustun va baland ko‘rulsa ham, ammo haqiqatda duma 
andan zo‘rdur, ulug‘dur. Shunday bo‘lsa ham duma ochilg‘on kuni (1905-yil 17-
oktabr)dan buyon hukumati mustabida qo‘lida bir o‘yichoqdek bo‘lub keldi. Ya’ni 
xohlasa, dumani yig‘di, xohlamasa, tarqatdi. Agar duma a’zolaridan ba’zilari 
haqiqatni ochubroq so‘zlamoqqa boshlasa yoki xalq va fuqaro uchun foydalik 
masalalarda tortishmoqqa boshlasa, “duma so‘llanib ketibdur!” deb, butun dumani 
quvib, yangidan saylovlar chiqarub, saylovlarda ham xalqning xohishig‘a 
qo‘ymay, avvalda ko‘z ostig‘a olub qo‘yg‘on kishilarini saylatdurmaslikka 
harakatlar qilib keldi. Imkoni boricha o‘zining so‘zidan chiqmaydurg‘onlarni 
hukumati oldida millatining millionlarcha foydasini ham qurbon qilodurg‘on, yoki 
hech narsadan xabari yo‘q, quruq kishilarni saylatdurodurg‘on bo‘lub keldi. Hatto, 


820 
rusiya hukumatini “hukumati mashruta” deb atamoqqa qo‘ymay, “hukumati 
mutlaqa” (samo derjaviye)ni talqin etdurub, 19-asrni unutdirmadi. 
Shunday tadbirlar bilan ulug‘ rusiyaning yuz yetmishin million nufusini temir 
panjasi ostida olib kelgon bo‘lsa ham bu mashrutiyatga qanday fidokorlig‘lar va 
qanday qurbonlar bilan yetishkonliklarini yodda tutkon vatan o‘g‘ullari uxrifning 
hiylalarig‘a tamom mag‘mum bo‘lub qolmag‘on edilar. “Tortish! Tortishmog‘da 
toparsan, san o‘z huquqingni!” mazmunicha qilg‘on hukumat bilan duma ko‘b vaqt 
kurashib keldi. Ya’ni hukumat faqat o‘z foydasini, duma esa xalq – siz va bizning 
foydamizni ko‘zlar edi. Bu yo‘lda ko‘b zotlarning umrlari turmalarda o‘tub ketdi, 
qonlari qurbon, xonalari vayron bo‘ldi. Eng osoni Sibiriyaning sovuq yerlarig‘a 
borsa-kelmas qilingan edi. Shul kayfiyatda ko‘b yillar o‘tdi, ko‘b yoshlar, ko‘b 
qonlar zulm tikoni oquzilmoq uchun oqizuldi. Xalq ilmsiz, hunarsiz, huquqsiz va 
tag‘in allanarsalarsiz yashab kelub edi.
Tangri taologa shukurlar bo‘lsin! “Al-haq ya’luv val ya’la” holicha haqliq 
tarafdori bo‘lgo‘n duma oxirda zulm ifratini yiqitdi. Qufullang‘on umid eshiklarini 
ochdi. Endi rusiyada yashag‘uchi jumla vatan bolasig‘a bir ko‘z bilan qaralur. 
“Hurriyat”, “Musovot”, “Adolat” quyoshidan hamma barobar foydalanur. Lekin 
“Endi hammaga bir ko‘z bilan qaralur ekan! Hamma barobar foydalanur ekan!” 
deb, tek o‘turg‘on bilan ish bitmas. “Mana, sizning so‘rag‘onlaringiz! Mana, 
sizning muddaolaringiz!” deb, hech kim qo‘ynimizga solib qo‘ymas.
O‘zimizning diniy, milliy, ehtiyojlarimizni o‘zimiz bilamiz, o‘zimiz 
tushunamiz. “Bemor tuzalgusi kelsa, tabib o‘z ayog‘i bilan kelur” deganidek, 
“Adolat”, “Musovot” bizga o‘zi keldi. O‘zi kelgan tabibga bemor dardining 
qanday ekonligini aytmasa, tuzala olmag‘onidek, hozirgi daqiqalarda ham o‘z 
kerakliklarimizni va o‘z ehtiyojlarimizni indamasak, kim bilsin, balki, “bular shuk 
turmushlarig‘a rozi ekon!” deyurlar. 
Endi zamonig‘a qarab harakat etaylik! Bilmag‘onimizni bilganlardan 
so‘raylikda, iloji borocha ittifoqlik bilan ishga kirishaylik! Ittifoq har nav zulmdan 
qutulmoqning muqaddimasidur. Muqaddima yaxshi bo‘lur, ammo muqaddima 
qurilg‘onda (ish boshlang‘onda) bir lahza ham g‘aflat qilinmasun endi, chunki, 
g‘aflatning natijasi doimo pushaymondur. Xususan, bunday muhim fursatlarda 
g‘aflat ulug‘ bir jinoyatdur. Joniylar kim bo‘lsa bo‘lsun, Alloh taolo ham xalq 
oldida muohaza qilinur. Xususan, avomunnos o‘zlarig‘a peshvo qilib olg‘on 
imomlar, eshonlar mas’ul bo‘lurlar.
Bizning vazifamiz shul zavoti kromlarg‘a o‘z vazifalaridan xabar bermoqdur, 
ammo ularning vazifalari avomunnosni matlabdan va yangi hukumat maslagidan 
xabardor etmakdur.


821 
Maskovdagi umumrusiya musulmonlarining isizdlari (siyezd) bo‘lub o‘tdi. 
Endi oldimizda muassislar majlisi (sobraniye uchrediteley)g‘a kishi saylamog‘imiz 
turubdur. Mana bu saylovg‘a hozirdan tayyorlanmog‘imiz lozim.
Bir so‘z bilan aytganda, Ashurali Zohiriy milliy uyg‘onish davrining taniqli 
ma’rifatparvar ziyolisidir. U o‘zining bor bilim va imkoniyatini xalqni ma’rifat 
bilan tarbiyalash, ziyoli qilish, milliy ta’lim tizimini joriy etish, o‘zbek tilini 
takomillashtirish va qadrini oshirish kabilarga bag‘ishladi. 
Prezidentimiz Sh.Mirziyoev ta’kidlaganlaridek: “…Butun umrini el-yurtni, 
millatimizni ma’rifatli va madaniyatli qilishga bag‘ishlagan, 1937-yili “xalq 
dushmani” sifatida qatag‘on qurboni bo‘lgan bu betakror insonning xotirasini 
munosib qadrlash, nomini abadiylashtirish uchun zarur chora-tadbirlarni amalga 
oshirsak, o‘ylaymanki, tarixiy adolat qaror topadi”. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin