Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə374/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   431
Anjuman Boku (6)

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Primqulov A. E. “Ogahiy masnaviylari”. Filologiya Fanlari nomzodi ilmiy 
darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya. T: 128 bet. 
2.
Huvaydo Xo’janazar G’oibnazar o’g’li. “Rohati dil”. “Abdulla Qodiriy 
nomidagi xalq nashriyoti”. T:. 1994.- 124 bet. (Nashrga tayyorlovchi va 
so’z boshi muallifi Saidbek Hasanov, Nilufar Juvanmardieva).
3.
Qosimov B. “Huvaydo”. “ O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy 
nashriyoti”, Toshkent: 14-tom, 216-217-betlar. 
 
 
ASHURALI ZOHIRIY – O‘ZBEK MILLIY 
MATBUOTIGA MUHIM HISSA QO‘SHGAN JURNALIST! 
 
Nilufar JAVHAROVA, 
O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti
2-bosqich magistranti. 
 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Ashurali Zohiriyning o‘zbek milliy matbuoti 
rivojiga qo‘shgan hissasi, uning noshirligida chiqarilgan “Yurt” jurnali va jurnalda 
chop etilgan maqolalar haqida so‘z boradi. Shuningdek, “Yurt” jurnalidagi 
“Hukumat o‘zgarishi” nomli maqolasi tabdili berilgan. 
Kalit so‘zlar: 
O‘zbek milliy matbuoti, “Yurt” jurnali, eski o‘zbek yozuvi, 
Turkiston jadidlari. 
Abstract:
This article talks about Ashurali Zahiri's contribution to the 
development of the Uzbek national press, the magazine "Yurt" published by him, 
and the articles published in the magazine. Also, the article entitled "Government 
Change" in "Yurt" magazine is presented. 
Key words:
Uzbek national press, "Yurt" magazine, old Uzbek writing, 
modern Turkestan. 
Аннотация:
В данной статье рассказывается о вкладе Ашурали Захири в 
развитие узбекской национальной печати, издаваемого им журнала «Юрт», 
опубликованных в журнале статей. Также представлена статья «Смена 
правительства» в журнале «Юрт». 
Ключевые слова:
Узбекская национальная пресса, журнал «Юрт», 
старая узбекская письменность, современный Туркестан. 
Ashurali Zohiriy o‘zbek jurnalistikasi rivojiga munosib ulush qo‘shgan 
jurnalistlardandir. U “Sadoyi Farg‘ona”, “Xalq gazeti”, “Mehnat bayrog‘i”, 
“Farg‘ona”, “Yangi Farg‘ona” va boshqa ko‘plab gazetalarda adabiy xodim, 


818 
muharrir bo‘lib ishlab, matbuot tilini shakllantirish, insonlarga ma’rifat ulashish 
faoliyati bilan ham shug‘ullangan.
 
Ma’lumki, 1917-yilning mart-aprel oylari o‘lkamizning siyosiy uyg‘onishida 
burilish davri bo‘ldi. Paydo bo‘lib kelayotgan milliy demokratik kuchlarning 
yetakchisi jadidlar bo‘lib qoldi, ular o‘zlarining avvalgi butun faoliyatlari bilan shu 
vazifaga tayyorlangan edilar. Ular demokratik inqilobga va u e’lon qilgan 
tamoyillarga katta umid bog‘lab, uning g‘oyalari va shiorlarini amalga oshirishga 
faollik bilan kirishdilar. Shu oylarda ular xalq ongi shuurida jipslashish, milliy 
birlikni mustahkamlash ehtiyojini uyg‘otish bobida muhim qadamlar qo‘yishga 
erishdilar. 
Jumladan, 1917-yilda Ashurali Zohiriyning noshirligi va muharrirligi ostida 
“Yurt” nomli siyosiy, ijtimoiy, tarixiy, adabiy haftalik jurnal ta’sis etilgan va uning 
4 ta soni o‘quvchilarga yetib kelgan (“Yurt” jurnalining 1 va 4-sonlari Qo‘qon 
adabiyot muzeyi fondida saqlanmoqda. Jurnal eski o‘zbek yozuvida chop etilgan). 
Mazkur jurnal “Yashasin muxtoriyatli xalq jumhuriyati!” shiori ostida chop 
etilgan.
Jurnalning birinchi sonidan quyidagi maqolalar o‘rin olgan: 
1.Maqosid va a’molimiz.
2.Hukumat o‘zgarishi.
3.Milliy va ruhoniy boylig‘imiz.
4.She’r. Chin musulmon bo‘layliq.
5.Iste’molchilar jamiyati.
6.Turkistonga oid.
7.Kichik feleton. 
8.Yangi asarlar. 
1917-yil fevral-burjua inqilobini Turkiston jadidlari behad shodlik va 
xayrixohlik bilan kutib oldilar. Chunki inqilob e’lon qilgan Musovot, Ozodlik, 
Tenglik, Birodarlik shiorlari chor 
hokimiyati asoratidagi xalqlarning orzu-
istaklariga hamohang edi. Jadid ziyolilari Fevral inqilobi keltirgan imkoniyatdan 
foydalanib, milliy davlat qurish g‘oyalarini amalga oshirish yo‘lida kurashga bel 
bog‘ladilar.
Jadidchilik harakatining peshqadamlaridan biri bo‘lmish Ashurali Zohiriy 
ham ushbu maqsadlar yo‘lida tinimsiz harakat qildi. U o‘z maqolalarida milliy 
davlat qurish, xalqni uyg‘otish, ma’rifatli qilish, birlashish g‘oyalarini ilgari surdi.
Quyidagi “Yurt” jurnalining 1-sonida nashr etilgan “Hukumat o‘zgarishi” 
nomli maqolasida ushbu maqsadlar mujassamdir. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin