Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə361/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   357   358   359   360   361   362   363   364   ...   431
Anjuman Boku (6)

 
NODIR MANBALAR IZIDAN
 
 
Barno MIRZAYEVA,

O’zR FA O’zbek tili, adabiyoti va folьklori instituti 
filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) 
mirzayeva-70@mail.ru 
 
Annotasiya
: Maqolada Hodi Zarifovning Qo’qonga uyushtirilgan folklor 
ekspedisiyalari davrida yozib borgan shaxsiy kundalik daftarlaridagi ba’zi qaydlar 
tahlil qilingan. 
Kalit so’zlar
: folklor, ekspedisiya, kundalik, doston, baxshi, ertakchi, 
folьklorshunos. 
Аннотация: 
В статье анализируются некоторые записи личных 
дневников Ходи Зарифова, которые были записаны во время фольклорных 
экспедиций в Коканд. 
Ключевые слова
: фольклор, экспедиция, дневник, эпос, сказитель, 
рассказчик, фольклорист. 
Annotation
: The article analyzes some entries of Khodi Zarifov's personal 
diaries, which were recorded during folklore expeditions to Kokand. 
Keywords
: folklore, expedition, diary, epic, baxshi, narrator, folklorist. 


792 
 
Mana, yuz yildirki, tinib-tinchimas folklorshunos olimlarimiz va ularning 
qishloqlardagi o’nlab yordamchilarining mislsiz mehnati tufayli juda ko’p xalq 
og’zaki ijodi namunalari yozib olindi hamda madaniy boyligimiz jam bo’lgan 
folklor arxivi paydo bo’ldi. Eng qadim davrlardan beri yaratila boshlangan va 
og’izdan-og’izga o’tib bizgacha yetib kelgan xalq og’zaki ijodi namunalarini yozib 
olish va o’rganish barobarida uni qayta xalqqa taqdim qilish borasida ko’p ishlar 
qilindi. O’zbek folьklorshunosligining asoschisi Hodi Zarifov boshchiligida juda 
ko’p folklor ekspedisiyalari tashkil etildi. Buyuk Karimiy, Mansur Afzalov, 
Muzayyana Alaviya, Zubayda Husainova, To’ra Mirzayev, Malik Murodov va 
boshqa folklorshunos olimlar ushbu folklor ekspedisiyalarida ishtirok etdi. Hodi 
Zarifov folklor safarlari davomida nafaqat folklor materiallarini yozib olish 
ishlarini, balki dala kundaliklarini ham joriy qildi. Bu kundaliklar 
folklorshunoslarning safar chog’ida ko’rgan-kechirganlari, xalq ijrochisiga o’z 
munosabati, ijrochi mahoratiga bahosi, ijro jarayoni va xalqning ijodkorga 
munosabati ochiqlanib borilgan. Bundan tashqari, ekspedisiya a’zolarining 
kundalik vazifalari, folklor materiallarini qayd etib borish tartibigacha ma’lumotlar 
berilgan.
Folklor arxivida saqlanayotgan nodir manbalar bo’lmish kundaliklarni 
varaqlar ekanmiz, har bir sahifani to’lqinlanib yangi asar o’qiganday bo’lamiz. 
Bosib o’tilgan behisob yo’llar, qishloqlar taassuroti, fanga ma’lum bo’lmagan 
dostonchilarning, ertakchilarning topilishi va ulardan yozib olinayotgan xalq ijodi 
namunalari haqidagi izohlar... Bu qaydnomalarda jonli og’zaki ijod jarayonini 
yozib olishdagi hap bir detal, fakt aniq qayd etilgan, e’tiborli ma’lumotlar bitilgan. 
Ma’lumki, ekspedisiya a’zolari 7–9 kishidan iborat bo’lar edi. Chunonchi, 
Hodi Zarifovning 1935-yili Farg’ona vodiysiga uyushtirilgan ekspedisiya 
kundaligining ilk sahifalarida shunday qaydlar bor: “O’zbek tili adabiyoti ilmiy-
tekshirish instituti O’zbekiston Fan komiteti bilan birga Farg’ona vodiysiga 
Folklor va lengvistik ekspedisiya tashkil etdi. Ekspedisiyaning a’zolari 
to’qqiz kishilik bir sostav tasdiqlandi. Ekspedisiya boshlig’i H.Zarifov, 
ekspedisiya muddati 2 oy. Ekspedisiya a’zolari: H.Zarifov B.Karimov, 
Sh.Rajabov, 
S.Zufarov, 
S.Ibrohimov, 
Y.Sultonov, 
Sh.Abdullayeva, 
T.Ahmedov, M.Afzalov” 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   357   358   359   360   361   362   363   364   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin