Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti


O’zlashmalarda grammatik butunlikni saqlash tamoyili



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə357/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   431
Anjuman Boku (6)

O’zlashmalarda grammatik butunlikni saqlash tamoyili

Ogahiy tarixiy 
asarlarida muallif qalamining yaqqol izlaridan biri sifatida o’zlashmalar, xususan, 
arabiy birliklarda asliyat lisoniy qoidalarining eski o’zbek tili doirasida qabul 
qilingan jihatlarining saqlanishidir. Bu deganimiz arab tilida sifatlovchi va 
sifatlanmish to’rt jihatdan: son, jins, holat va kelishikda moslashadi. Ogahiy 
tarixiy asarlarida esa ularning eski o’zbek tiliga qabul qilingan jins va sonda 
moslashishini ko’ramiz. Eski o’zbek tilida hamma adiblar tilida ham jins va sonda 
moslashish kuzatilavermaydi. Masalan, boshqa ijodkorlar tilida 
davlati azim 
bo’lgan izofa Ogahiy asarlarida 
davlati uzmo 
tarzida forsiy izofa orqali jins va 
sonda moslashadi: “
Va bu amrin o’zlariga 
davlati uzmo
bildilar
” [5.88
a
] kabi. 
Bunday qoidalarga qat’iy amal qilish Alisher Navoiy asarlari tilida uchraydi.
Ki harne 
olami sug’roda
mavjud
Bori bu 
olami kubroda
mavjud [12.76].
Arab tilida 
olam
so’zi muannas [13] sanalgani uchun uning sifatlovchi 
aniqlovchilari 
kubro
va 
sug’ro 
shaklini olmoqda.
Jins va sonda moslashish Ogahiy tarixiy asarlari uchun odatiy holat bo’lsa, 
eski o’zbek tilida bu moslik, asosan, istilohlar tizimida saqlanib qolgan: 
fosilayi 
kubro, fosilayi sug’ro
kabi.
SHuningdek, ot ikkilik sonda bo’lsa, aniqlovchisi ham ikkilik sonda kelishi 
Ogahiy tarixiy asarlari badiiyatini farqlovchi belgilardan biri sanaladi: 

dasturayni muazzamayn
Muhammad YUsuf mehtar va Muhammad Rizo 
qo’shbegi navvarallohu marqadahumo” [1.274
a
]. Bu erda asli forsiy bo’lgan vazir 
ma’nosidagi 
dastur 
so’zi arabcha ikkilik shaklini olmoqda. Eski o’zbek tili uchun 
arabcha o’zlashmalarning asliyatdagi holat va kelishik shakllari e’tiborsiz ekanini 
ushbu birikma ham ko’rsatib turibdi. Parchada “ikki buyuk vazir” tilga olingani 
uchun duo jumlasida 
-humo
(ular ikkisi) birikma olmoshi ishlatilgan.

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin