Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti


Nasrda nazmiy san’atlar ishlatish tamoyili



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə358/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   431
Anjuman Boku (6)

Nasrda nazmiy san’atlar ishlatish tamoyili

Albatta, badiiy san’atlarni nasr 
va nazmga xos tarzida guruhlashtirish mutlaq to’g’ri bo’lmasa ham, bu erda 
ularning asosan qanday nutqda ko’proq ishlatilishi, qaysi nutqqa ko’proq 
xoslangani nazarda tutiladi. Masalan, tarse’ aksar hollarda nazmda ishlatiladi. 
Atoulloh Xusayniy bu san’atning forslar nazdida ko’pincha matla’da ifoda 


789 
topishini aytib o’tishi bejiz emas [9.35]. Ogahiy lirikasida xususan, 
musammatlarida bu san’atning ishlatilishi haqida G.Xallieva e’tiborli fikrlar 
bildiradi [10.122]. Ammo shuni ta’kidlash mumkinki, tarse’ Ogahiy lirikasidan 
ko’ra tarixiy asarlarining nasriy qismida ko’proq uchraydi. Ayrim misollar bilan 
cheklanamiz: “...
hidoyat osmonining axtari jahontobi va shariat ummonining 
gavhari serobi
...”. Bunda har ikkala juzvlar tarkibi bir-biriga juda munosib o’rin 
olgan: 
hidoyat osmonining axtari jahontobi 
↕ ↕ ↕ ↕
shariat ummonining gavhari serobi

Bu kabi misollarni kuzata turib, Ogahiy ularning tarkibiy shakllanishini 
ma’lum bir mezonlar asosida belgilaganini sezib qolamiz: bu ham bo’lsa, har 
qismda o’sha qism tarkibini belgilovchi asosiy tushuncha mavjud bo’lib, qismdagi 
boshqa so’zlar o’sha tushuncha asosida mutanosiblanadi, ya’ni tanosub hosil 
qilinadi. Jumladan, yuqoridagi misollar ikkita asosiy tushuncha bor: 
hidoyat
va 
shariat
. Dastlabki nigohda bunda asosiy tushunchalar 
axtar
va 
gavhar 
bo’lib 
ko’rinadi. Lekin Ogahiy bu erda mavsuf Xoja Nizomiddin muftiyning xalq 
hidoyati va shariatni mahkam tutish yo’lidagi xizmatlari uchun baho bermoqda. 
SHu tariqa 
hidoyat 
tushunchasi 
osmon
ni,
osmon 
o’z o’rnida 
yulduz, quyosh, oy
kabi tushunchalarning birini, so’ngra o’sha tushunchalarga ega sifatlardan birini 
ergashtiradi. Ta’kidlash lozimki, asosiy tushuncha vasf qismining qaysi o’rnida 
kelishi jumla tuzilishi xususiyatlari bilan bog’liq. Masalan, chahoryorlar vasfidagi 
quyidagi parchada 
hidoyat, xilofat, zalolat, avoyib, millat, shariat
asosiy 
tushunchalar sanalib, qolgan birliklar mazkur tushunchalar atrofida tarse’ san’ati 
asosida birlashadi:


Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin