796
Ключевые слова и выражение
: Хива, история, литература, рукопись,
деванизм, деван, газель, принц, поэт, Саъдулох тора Саъди, текст,
текстология.
Resume.
The article examines the text of the divan manuscript of the prince-
poet Saduloh tora Sadi, who worked in the literary environment of Khorezm in the
late 19
th
– early 20
th
centuries.
Key words and word expressions
: Khiva, history, literature, manuscript,
denanism, devan, gazal, prince, poet, Saduloh tora Sadi, text, textology.
Sa’dulloh to’ra Sa’diy Xivaning so’nggi xoni Said Abdullaxon (1918-1920-
yillar Xiva xoni)ning o’g’li bo’lib, bobosi Muhammad Rahimxon II Feruz
saroyida o’sib, ulg’aygan. Sa’dulloh to’ra Sa’diy yoshligidan adabiyotga qiziqqadi,
sharq mumtoz ijodkorlarining asarlarini o’qib chiqqadi. Sa’dulloh to’ra Sa’diy
taniqli muarrix va shoir
Bayoniyga shogird tushgan, 20 yoshligidan she’r mashq
qila boshlagan, u arab, fors tillarini bilgan. Sa’dulloh to’ra Sa’diy haqida Bobojon
Tarroh – Xodim shunday yozadi: “Sa’dulloh to’ra podshozoda oilasidan chiqqan.
U juda zehni o’tkir odam edi. Bir ko’rgan narsasini, xoh arabiy bo’lsin, xoh forsiy
bo’lsin, darrov yodlab olar edi”[2, 35].
Sa’dulloh to’ra Sa’diy shaxsiyati va uning ijodi haqidagi dastlabki
ma’lumotlar tazkira, majmua, estalik, bayozlarda uchraydi. Sa’dulloh to’ra
Sa’diyning lirik she’rlari jamlanib, devoni tuzilgan. Uning “Devon”idan
tashqari
boshqa asarlari ham ma’lum. Sa’diy fors adabiyoti ta’sirida turkiy tildagi
“Mufarrixi qulub” deb nomlangan asarida inson hayotida tarbiyaning o’rni, inson
xulq-atvori va insoniylik fazilatlarini ulug’lashga ahamiyat qaratadi. “Mufarrixi
qulub” nazmda yozilgan bo’lib, 10 bobdan iborat, har bir bob o’z nomiga ega,
asardagi
hikoyatlar, sarguzashtlar muallifning fikr-mulohazalarini yanada aniqroq
bayon etish uchun xizmat qilgan. Ushbu asarning qo’lyozma nusxalari
matnshunoslarimiz tomonidan o’rganilgan.
Xivada Feruz topshirig’i bilan shahzoda shoirlar she’rlaridan majmualar ham
tuzilgan. Shulardan biri “Haft shuaro” deb nomlanadi. “Haft shuaro” majmuasi
Bayoniy tomonidan tartib berilgan va unga etti nafar shahzoda shoirning she’rlari
kiritilgan, shulardan biri Sa’diy bo’lib, majmuaga uning 100dan ortiq she’rlari
kiritilgan[6, 12].
O’zbekiston Respublikasi Abu Rayhon Beruniy
nomidagi Sharqshunoslik
instituti Qo’lyozmalar fondida saqlanayotgan AR-7092 inventar raqamli “Devoni
Sa’diy” matni bilan tanishganimizda, qo’lyozmadagi she’rlar soni va janrlari
quyidagicha ekanligi ma’lum bo’ladi:
Dostları ilə paylaş: