797
Qo’lyozma 106 bet, 53 sahifadan iborat bo’lib, kitob to’q ko’k rangli qatiq
qog’oz
bilan muqovalangan, dastlabki varoq ochiq qolgan. Qo’qon fabrika
nisbatan dag’alroq qog’ozida nasta’liq xatida qora siyoh bilan yozilgan. Ba’zi
o’rinlar, asosan, sarlavhalar, sonlar qizil siyoh bilan ajratib berilgan.
Qo’lyozmaning ba’zi varoqlari cheti bukilib, uringan. Kotibning xati aniq, qatorlari
tekis tushgan.
Sa’diy she’rlari asosan oshiqona mavzuda bo’lib, ko’proq an’anaviy mumtoz
lirikaga monand yozilgan. SHarq devonchilik an’anasiga muvofiq “Devoni Sa’diy”
avval 1,2,3-hamd g’azallardan keyin na’t g’azal keladi. Sultoniy devonidagi
g’azallar ko’proq ramal, hajaz, rajaz bahrlarida yozilgani ma’lum bo’ladi.
Ma’lumki, SHarq mumtoz adabiyotida o’zga bir shoir she’ridan ta’sirlanib,
undagi vazn, qofiya va radifni saqlagan holda asar yaratish adabiy aloqa va o’zaro
ta’sirning keng tarqalgan shakllaridan bo’lib, salaflar
yoki zamondosh shoirlar
bilan muayyan tarzda o’zaro ijodiy musobaqaga kirishish bilan bog’liq an’ana
hisoblangan. “Devoni Sa’diy”ida jami 8 xil janrdagi she’rlar jamlangan bo’lib,
ko’proq shoir ijodida an’analarning adabiy ta’siri ko’zga tashlanadi. Xususan,
shoirning muxammaslari Alisher Navoiy, Fuzuliy, Ogahiy, Feruz kabilarning
g’azallariga yozilgan. Sa’diy muxammaslarini ustozlarga izdoshlik,
ijodiy
ergashish va payravlik tarzida sharhlasak xato bo’lmaydi. Qo’lyozma 80-81-
betlaridagi “Zihi sariri risolat uzra erursan shoh” deb boshlanuvchi 9-
muxammasga e’tibor qaratadigan bo’lsak, muxammas matni shunday beriladi:
Zihi sariri risolat uzra erursan shoh,
Karam bila sanga Haq berdi oncha izzatu joh.
SHariating bila tuz yo’l topar bori gumroh,
YUz ko’zingda muayyan kamoli sun’i Iloh
Ne yuzdurur bu, ne ko’z, laa ilaaha illalloh.
Muxammas matnidan ma’lum bo’ladiki, Sa’diy muxammasi Alisher
Navoiyning “G’aroyib us-sig’ar” devonidagi “YUzu ko’zungda muayyan kamoli
sun’i Iloh” deb boshlanuvchi na’t g’azaliga yozilgan. “Deyarli o’n asrga yaqin
shoirlar tomonidan yozilgan na’t g’azallarni diqqat bilan o’qisak,
hazrat
Payg’ambarimiz bani basharning eng ulug’ va eng komil insoni sifatida ta’rif tavsif
qilingan. SHoirlar na’t g’azallarida payg’ambar alayhissalomni oddiy maqtash
yo’lidan bormay, yuksak axloq g’oyalarini ham targ’ib qilganlar. YA’ni muborak
surat bilan birga ilohiy siyrat madh etilgan va ulardan ibrat olishga da’vat etilgan”
[5, 3]. Sa’diy muxammasi ham payg’ambarimizning ta’rif ta’siflari, Muhammad
s.a.ning Xudoyi Taoloning sharafiga muyassar bo’lgani va barcha musulmon ahli
uchun payg’ambar xulq-atvori asosiy mezon ekanligini tarannum etadi.
SHabe sango qilibon lutfni Xudo shomil,
Karam birla sani dargohig’a qilib vosil.
798
Qilib u dam bori maqsudlaringni Haq hosil.
Jamoling oyinai “Vash-shams” surasi nozil,
Ko’zing qarosig’a “mo zog’” surmasi hamroh.
SHu o’rinda
aytish kerakki, Sa’diy muxammasida Navoiy g’azali
baytlaridagi ba’zi so’zlar o’zgargani ma’lum bo’ladi.
Jumladan, biz muxammasnig
2-bandi 4-misrasida Navoiy g’azalidagi “ko’zgusi” so’zi o’rniga “surasi” so’zi
yozilgan. YA’ni, Alisher Navoiy g’azalida “Jamoling oyina va-sh-shamsi ko’zgusi
nozil”[1, 403 ] bo’lsa, qo’lyozmada “Jamoling oyinai va-sh-shamsi surasi nozil”
[4,80 ] yozilgan. YOki muxammasning 5-bandi 5-misrasida Navoiy g’azalidagi
“hasratingdin” so’zi o’rniga “furqatingdin” so’zi yozilgan. G’azalda “Emaski charx
chekar kecha hasratingdin oh”[1,403] bo’lsa, qo’lyozmada “Emaski charx chekar
furqatingdin o’ylaki oh” [4, 81] tarzida yoziladi. Muxammasning oxirgi bandi
shunday yakunlanadi:
Bu Sa’diy ummatingiz xaylidin qavm o’lg’ay,
SHafoating mayin ichmak onga rusum o’lg’ay.
Kuroming bila ul sohib ulum o’lg’ay,
Navoiy gulshanini nargisi nujum o’lg’oy,
Ko’z uchidin onga qilsang hisob vaqti nigoh.
“Devoni Sa’diy”ida shoir g’azallaridan keyin uning muxammaslari nisbatan
katta qismni egallaydi. Umuman, Sa’diy she’rlari turkona uslubga xos sodda,
ravon bitilgan. Sa’diy Xorazmda yashab ijod etgan shahzoda shoirlar va ularning
davr adabiy muhiti, devonchiligi takomila tutgan o’rnini belgilashda muhim manba
bo’ladi.
“Muhammad Rahimxon II – Feruz kutubxonasi fehristi”idan “Devoni
Sa’diy”ning 909/ II 7022 raqamli nusxasi ham borligi aniq bo’ladi [7, 111]. YAna
Sa’diy she’rlari yuqorida aytib o’tilganidek, tazkira, majmua, bayozlarda ham
beriladi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi
SHarqshunoslik instituti Qo’lyozmalar fondida RN–909V inventar raqamli
“Devoni Sultoniy. Devoni Sa’diy. Devoni Sodiq. Devoni G’oziy. Devoni Asad”
kabi devonlardan tashkil topgan she’riy majmua saqlanadi. Majmua “Haft shuaro”
singari alohida nomlanmagan. Qo’qon fabrika silliq qog’ozida nasta’liq xatida qora
siyoh bilan yozilgan. SHe’riy to’plamdan joy olgan ikkinchi devon muallifi
“Sa’dulloh to’ra Sa’diy ”[3] – deb ko’rsatiladi va shoir Sa’diy she’rlari
matni
beriladi.
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Xorazm adabiy muhitining Munis,
Ogahiy, Feruz, Bayoniy, Avaz O’tar, Tabibiy, Rojiy, Rog’ib, Komyob, Mutrib,
Muhammad Rasul Mirzo kabi namoyandalari hayoti va ijodini tadqiq etish
yuzasidan adabiyotshunoslik, adabiy manbashunoslik va matnshunoslikda
muayyan yutuqlarga erishilgan bo’lsa-da,
ular bilan zamondosh, bir adabiy
799
muhitda faoliyat olib borgan Sultoniy, Sa’diy, G’oziy, Asad, Murodiy, Sodiq,
Farrux, Oqil kabi xon oilasidan etishib chiqqan ijodkorlar devonlari qo’lyozmalari
hanuzgacha o’rganilmagan. Vaholanki, bugungi
kunda shahzoda shoirlarning
devonlari O’zbekiston Respublikasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi
SHarqshunoslik instituti Qo’lyozmalar fondida, Xorazm Ichan qal’a qo’lyozma
fondida va Sankt-Peterburgdagi Rossiya Fanlar akademiyasi SHarqshunoslik
fondida saqlanmoqda. Xorazm devonchilik an’analarini o’rganish, shahzoda
shoirlar tomonidan tartib berilgan devonlar qo’lyozmalarining o’zaro
matniy-
qiyosiy tadqiqi va tahlilini amalga oshirish o’zbek adabiyoti tarixini to’ldiradi
hamda bu davrning tarixiy, madaniy, adabiy muhitini o’rganadigan tadqiqotlar
uchun muhim manba bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: