Fuzuliyning ijodkorlar tomonidan o’qilgan (audio tarzidagi) she’rlari
• Hadiqat-us Suado — o’qigan: Anvar Valiyev
• Shabi hijron yonar jonim — o’qigan: Elshan Rustamov
• Ey hakim — o’qigan: Shohrux Naxoiy
Fuzuliyning she’rlariga yozilgan musiqay asarlar
Operalar
Layli va Majnun — musiqa: Uzeyir Hojibeyov
Musiqa poemalari
• Fuzuliy vokal-simfonik poema (1993) — musiqa:
• „Shabi-hijron“ lirik poema — xor va katta simfonik orkestr uchun —
musiqa: Mammad Quliyev
Romanslar
• Shavkat Alakbarova — Fuzuliy kantatasi (Mani jondan o’sondirdi) — muv
• Gulog’a Mammadov — Vatanimdir — musiqa: Sulaymon Alaskarov
• Ramil Qosimov — Suvlar oynasi — musiqa: Rashid Shafaq
• Ramil Qosimov — Yod ay uchun)- musiqa: O’qtay Zulfiqorov
Tasniflar, maqomlar
• Abulfat Aliyev — Tasnif Mani jondan o’sondirdi
• Alibobo Mammadov — Muxolif tasnifi Shabi hijron
• Guliston Aliyeva — Tasnif Ey kamon-abru shahidi navoki mujgoningman
• Hayrat, ey bud
• Bulbul — Fuzuliy tasniflari
Filmografiya
1. Muhammad Fuzuliy (film, 1958)
886
2. Layli va Majnun (film, 1961)
3. Muhammad Fuzuliy (film, 1989)
4. Shabi hijron (film, 1993)
5. Suhbat-ul asmor (film, 1994)
Fuzuliy nomining abadiylashtirish uchun 1994-yilda Ozarbayjon shoiri va
mutafakkiri Muhammad Fuzuliy tavalludining 500 yillik yubileyi munosabati bilan
davlat komissiyasi tuzilgan. 1996-yil 13-sentyabr dohiy Ozarbayjon shoiri va
mutafakkiri Muhammad Fuzuliy tavalludining 300 yillik yubileyi munosabati bilan
„Fuzuliy entsiklopediyasi“ning tayyorlanishi va nashr etilishini ta’minlash
maqsadida „Fuzuliy entsiklopediyasi redaksiyasi“ tuzilishi haqida qaror qabul
qilindi. Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti 1996-yil 13-sentyabrda "Fuzuliy
nomidagi xalqaro mukofoti ta’sis etilishi haqida Buyruq imzolandi.
Shuningdek, Toshkentda Alisher Navoiy nomidagi davlat o’zbek tili va
adabiyoti universitetida M.Fuzuliy nomidagi Ozarbayjon madaniyat, ta’lim va
tadqiqotlar markazi ochildi. 2019-yil 30-oktyabrda universitetda o’tkazilgan
„O’zbek tili taraqqiyoti, turkologiya va xalqaro hamkorlik masalalari“ nomli
xalqaro konferensiya doirasida Ozarbayjonning dohiy shoiri Muhammad Fuzuliy
nomini olgan Ozarbayjon madaniyat, ta’lim va tadqiqotlar markazining ochilish
marosimi bo’lib o’tdi.
O’zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat
markazining loyihasi asosida yaratilgan Ozarbayjon bo’limida maxsus tartibot va
dizayn ishlari amalga oshirilib, Ozarbayjon tili, adabiyoti, madaniyatining targ’ibi
maqsadi bilan o’lkamizga tegishli nashrlar, ko’rgazmali vositalar sovg’a qilindi.
Markazda xalqlar orasidagi do’stlik, madaniy-adabiy aloqalarga doir burchaklar,
shuningdek, davlat atributlarimiz va milliy madaniyatimizga tegishli xususiy
stendlar yaratilgan, Ozarbayjon adabiyotining taniqli namoyandalari portretlari,
xususan, dohiy Fuzuliyning hayoti va ijodi, asarlari, asarlaridan miniaturalar
joylashtirilgan.
Markazning asosiy faoliyati Ozarbayjon tili va adabiyotining o’rganilishi va
targ’ibidir. Markazda ozarbayjon olimlar, shoirlar, yozuvchilar, mutaxassislarning
ishtirokidagi uchrashuvlar, ma’ruzalar, yubileylar, ochiq darslar, ko’rgazma va
seminarlar tashkil etiladi, ochilgan kutubxona doimiy ravishda Ozarbayjonga
tegishli yangi nashrlar bilan ta’minlanadi. Markaz vositasi bilan Universitet
o’qituvchi va talabalari Ozarbayjon bilan, uning qadimiy tarixi, boy madaniyati,
adabiyoti bilan yaqindan tanishishga muvaffaq bo’ladi va markaz tadqiqotchilar,
tarjimonlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Yakunda O’zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat
markazi direktori Samir Abbosov yangi ochilgan Muhammad Fuzuliy nomini
olgan Ozarbayjon madaniyat, ta’lim va tadqiqotlar markaziga milliy
madaniyatimizni o’zida aks ettiruvchi Ozarbayjon gilami va milliy suvenir taqdim
etdi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, shoir nomini abadiylashtirish maqsadida
shahar-tumanlarga uning nomi berilgani ham adabiyotga bo’lgan mehr-
muhabbatning namunasidir. Xususan: 1959-yil aprel oyida buyuk ozarbayjon
887
shoiri Muhammad Fuzuliy tavalludining 400 yilligi sharafiga Karyagin tumani
Fuzuli tumani deb qayta nomlandi.
Fuzuli tumani — Ozarbayjon Respublikasidagi ma’muriy-hududiy birlik.
1993-yildan beri hududning bir qismi arman qurolli kuchlari tomonidan bosib
olingan. Fuzuli Qorabog’ tog’ tizmalarining pasttekisliklari va pasttekisliklarini
janubi-sharqiy etaklaridan Araz daryosigacha. Ozarbayjonning Jabrayil, Xojavand,
Agjabadi, Beyl’qan tumanlari va Araz daryosi bo’ylab Eron bilan chegaradosh.
Fuzuli tumanining maydoni 1386 km2, aholisi esa 105,000 kishini tashkil etadi.
Tumanda 1 ta shahar, 1 ta shaharcha, 75 ta qishloq va boshqa aholi punktlari
mavjud. Mintaqada Armaniston qurolli kuchlaridan ozod qilingan 13 aholi punkti
va 20 qishloq mavjud. Ozod qilingan hududda o’n ikkita aholi punkti yangidan
qurilib, u yerda vaqtincha ko’chmanchi oilalar joylashtirildi. Hozirgi kunda ushbu
hududda 51 mingta nogironlar istiqomat qilishgan. Fuzuli tumanining markazi va
boshqa qishloqlari arman qurolli kuchlari tomonidan bosib olingan.
Shu bilan birgalikda Muhammad Fuzuliyning haykali Ozarbayjon poytaxti
Bokudagi markaziy parkda Ozarbayjon Davlat Akademik Milliy Drama Teatri
oldida
o’rnatilgan.
Yodgorlik
1958/1963-yillarda
taniqli
Ozarbayjon
haykaltaroshlari Tokay Mammadov va Omar Eldarov tomonidan bunyod etilgan,
arxitektori Hoji Muxtorov. Ushbu haykal uchun haykaltaroshlar TokayMammadov
va Omar Eldarov SSSR Badiiy akademiyasining kumush medallariga sazovor
bo’lishdi.
Shuningdek Muhammad Fuzuliy nomidagi qo’lyozmalar institute ham
mavjud bo’lib, ushbu institut Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi tarkibiga
kiritilgan ilmiy tashkilotdir. Muhammad Fuzuli nomidagi Ozarbayjon Milliy
Fanlar Akademiyasining Qo’lyozmalar instituti 1950-yilda Nizomiy nomidagi
Adabiyot institutining Qo’lyozmalar bo’limi asosida O’rta asrlar Sharq yozma
yodgorliklarini to’plash, tizimlashtirish, himoya qilish va nashr etishning yagona
markazi sifatida tashkil etilgan. 1986-yilda fond asosida Qo’lyozmalar instituti
tashkil etildi. 1996-yil 13-sentyabrda institutga Muhammad Fuzuliy nomi berildi.
Qo’lyozmalar instituti o’rta asrlar fanining tibbiyot va astronomiya, matematika va
mineralogiya, poetika va falsafa, ilohiyot va huquq, grammatika, tarix va
geografiya, badiiy adabiyot va she’riyat kabi barcha sohalarini qamrab olgan.
Institut ozarbayjon, turk, arab, fors va boshqa tillardagi boy va noyob qo’lyozmalar
to’plamiga ega. Hozir Qo’lyozmalar institutida 40 mingdan ortiq materiallar
mavjud.
O’zbekistondagi buyuk shoir Muhammad Fuzuliy nomidagi Ozarbayjon
madaniyati, ta’limi va tadqiqot markazi 2019-yilda Toshkentdagi Alisher Navoiy
nomidagi davlat O’zbek tili va adabiyoti universitetida ochilgan. Markaz
O’zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniy markazining
loyihasi asosida tashkil etilgan. Muhammad Fuzulining O’zbekistondagi ishiga
bo’lgan katta muhabbatni inobatga olgan holda, ushbu markaz ikki mamlakat
o’rtasida ilm-fan, ta’lim va adabiy aloqalar ko’prigi vazifasini o’taydi. Fuzuliy
nomidagi Ozarbayjon madaniyat, ta’lim va tadqiqotlar markazi O’zbekistonda
ozarbayjon adabiyotini yuqori darajada targ’ib qiladi va bu yerda tashkil etilgan
888
kutubxona o’zbek talabalariga Ozarbayjon haqidagi yangi nashrlarni taqdim etadi.
Markazda ozarbayjon tili va adabiyotidan dars berishdan tashqari uning
madaniyatini targ’ib qiladigan nashrlar, Fuzuliyning kitoblari, asarlarining
miniatyuralari, taniqli ozarbayjon yozuvchilarining portretlari, ozarbayjon
gilamlari va esdaliklari joy olgan.
Fuzuliy she’riyatining qaryib besh asr davomida sevib o’qilishiga sabab ham
uning ilmga asoslanganligi va barcha misralarning qalb harorati bilan
yo’g’rilganligidadir. Uning g’azallari xalq ko’ngli va tiliga yaqin bo’lgan. Shuning
uchun g’azallari barcha kitobxonlar qalbida birdek joy egallagan. Fuzuliy ijodini
o’rganish, unga izdoshlik o’z davrida boshlangan. Qator tazkiralarda shoir ijodi
haqida ma’lumotlar berib o’tiladi. Shunday tazkiralardan biri Sultonmuhammad
Noyi Mutrubiy Samarqandiy tomonidan tuzilgan “Tazkirat ush-shuaro”
tazkirasidir. Mutrubiy 16/18-asrlardayoq o’zbek kitobxonlari orasida munosib
shuhrat topgan Muhammad Sulaymon o’g’li Sulaymon o’g’li Fuzuliyning hayoti,
badiiy mahorati haqida qisqacha ma’lumot berib o’tishi bilan bir qatorda quyidagi
misralarni ilova qiladi:
Bulbuli dil gulshani ruxsori aylar orzu,
To’tiyi jon la’li shakkar boring aylar orzu.
Fuzuliy Navoiyni ustoz sifatida bilgani kabi keyingi davr o’zbek klassik
adabiyoti ijodkorlari asarlarida Fuzuliy ijodiga izdoshlik, uning g’azallariga
yozilgan ko’pgina muxammas va tatabbularni uchratamiz. 18-asrdan boshlab
turkiy she’riyatga Fuzuliydek ta’sir ko’rsatgan ijodkorlar juda kamdir.
Fuzuliyning o’zbek ta’siri sabablarini T.Jalolov quyidagi xususiyatlarni
ko’rsatish orqali izohlaydi:
1) Fuzuliy tilining o’zbek tiliga yaqinligi;
2) Fuzuliyning xushlafz she’rzabonligi;
3) Fuzuliy asarlarining barkamolligi.
Fuzuliy yashab ijod etgan adabiy davr ozarboyjon adabiyotining nihoyatda
gullab yashnagan davri edi. O’zbek adabiyotida munosib o’ringa ega bo’lgan
ko’plab ijodkorlar ijodida Fuzuliyning adabiy ta’sirini sezish mumkin. Jumladan,
16/17-asrlarda yashab ijod etgan Ahsaniy, Vafoiy, 18-asrda Ravnaq, Nishotiy,
Kironiy, Munis, shuningdek, keyingi davri ijodkorlari G’oziy, Ogohiy, Turdi,
Mashrab, Uvaysiy, Muqumiy, Shavqiy, Furqat, G’.G’ulom, H.Olimjon, E.Vohidov
va boshqalarning ijodida Fuzuliyga izdoshlik holatlarini kuzatishimiz mumkin.
Umuman olganda, Fuzuliy ijodi o’zbek adabiyotida mavjud uch adabiy
muhit: Buxoro, Xiva, Qo’qon muhitiga ham o’zining beqiyos ta’sirini ko’rsatgan.
O’zbek she’riyatining juda ko’p atoqli arboblari Fuzuliyni ishqiy g’azallar
yaratishda hassos san’atkor deb bilib, unga nazira bitganlar, g’azallariga
muxammaslar bog’laganlar. 18-asrda yetishib chiqqan ijodkorlardan biri
Polvonquli Ravnaq ham Fuzuliy lirik merosidan ilhomlangan, ta’lim olgan.
Jumladan, uning Fuzuliy she’rlariga o’xshash: Kelki boshingg’a do’nub nozingga
qurbon o’layin, Chashma jodu fusunzoringga qurbon o’layin, misralarida buni
yaqqol ko’rishimiz mumkin.
889
O’n sakkizinchi asrda yashagan o’zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri,
mashhur “Husnu Dil” dostonining muallifi Muhammadniyoz Nishotiy ijodida ham
Fuzuliyga izdoshlik holatlarini uchratamiz. Uning she’riyati lektsikasi Fuzuliy
asarlari tiliga juda yaqindir. Buni bir tomondan Fuzuliy ijodidan ta’sirlanish
sifatida baholash mumkin. “Husnu Dil” dostonida tushum kelishigi qo’shimchasi –
i(-ni) (Kelturing Aqli dedi kishvariston), qaratqich kelishigi qo’shimchasi –ng (-
ning) shaklida (Qomating og’ushiga qildi nigoh) qo’llangan bo’lib, bu poetik
qo’llanishlar Fuzuliy dostonlarida ham aynan shunday tarzda ifodalangan.
Qo’qon xonligi hududiga hozirgi Farg’ona, Namangan, Andijon, Toshkent,
Xo’jand, Qirg’iziston va Janubiy Qozog’iston kirgan. XVIII asr boshlari (1702-
1710)ga kelib Buxoro xonligida parokandalik kuchaydi. Bundan foydalanib,
keyinchalik Qo’qon xonligi deb atalgan hududda, Minglar urug’i oqsoqollari
birlashib mustaqil davlat tuzishga qaror qilishdi. 1709-yilda Minglar Farg’ona
vodiysida hokimiyatni o’z qo’llariga oldilar. Yo’lboshchilardan biri Shohruhbiy
hukmdor deb e’lon qilindi. Shu tariqa Movarounnahrda Buxoro va Xiva xonligi
qatorida mustaqil Qo’qon xonligi vujudga keldi. Ko’qon xonligida Shohruhbiy
(1709-1721), o’g’illari - Abdurahimxon (1721-1733), Abdulkarimxon (1733-1750)
hukmronlik qilishadi. Keyinchalik ularning avlodlaridan Erdona (1751-1762),
Norbo’tabek (1763-1798), Olimxon (1798-1810), Amir Umarxonlar (1810-1822)
xonlikni boshqardilar. Ular o’z faoliyatlari davrida hududni kengaytirishga,
markazlashtirishga harakat qilishdi. Jangu jadalllar olib borishdi. Qo’shni davlatlar
bilan hamkorlik va do’stona aloqalar o’rnatishga intilishdi. Ba’zan yutuqlar ko’lga
kiritildi, ba’zan yutqazildi.
Ijtimoiy hayotni yaxshilash choralari izlandi. Olimxon davrida Ko’qonning
siyosiy mavqei kuchaydi, harbiy islohotlar o’tkazildi. U 1805 yili rasman o’z
davlatini Ko’qon xonligi deb e’lon etdi. O’ziga xon rutbasini qabul qildi.
Olimxondan keyin ukasi Umarxon o’zini “xon” emas, “amir” deb atadi. 1818 yili
“amirul–muslimin” unvonini oldi. Ko’qon xonlari xalqning ijtimoiy-iqgisodiy va
madaniy darajasini ko’tarish choralarini izlashgan. Ijodkorlarga rahnamolik qilib,
rag’batlantirishgan. Adabiyot va san’at rivojiga imkon yaratishgan. Ular vositasida
xalqning ma’naviy kamoliga ta’sir o’tkazishgan. XVIII asr I yarmida Ko’qon
adabiy muhiti tashkil topa boshlagan. Jumladan, bu borada Mirzo Olim “Ansobus-
salotin” asarida 1732-1733 yillarda Abdulkarimxon davri haqida shunday yozgan:
“Abdulkarimxon... xizmatiga eshon, domullo,Olim Konibodomiy va domullo Vali
Xo’jandiy va Mashrabi devonayi Namangoniy kelib suhbat tutar erdilar. Alarning
suhbatidin ifoda va istifoda topib, necha umumiy diniy va kashf yaqinig’a olim va
koshif bo’lib kamolot hosil qildi”.
Qo’qon adabiy muhitining eng gullagan, taraqqiy topgan davri bu – Amir
Umarxon davridan boshlangan. Uning o’zi shoir bo’lgani sababli ijod ahliga
imkoniyat yaratib bergan. Ularga homiylik va rahnamolik qilgan. Miyon
Buzrukning 1930 yilda Toshkentda chop etilgan “O’zbek adabiyoti tarixiga
umumiy qarash” kitobida bu davr Qo’qon adabiy muhitini “Oltin beshik davri
adabiyoti” deb ataydi. Bu ta’rif, birinchi navbatda, Saroy tarixchilari tomonidan
to’qilgan “Oltin beshik” va Bobur haqidagi afsona bilan bog’liq. Ikkinchidan,
890
adabiy muhitda yaratilgan qulay ijodiy sharoit va jarayon ham nazarda tutilgan.
Amiriy taxallusi bilan ijod qilgan Amir Umarxon o’zining siyosiy faoliyatidan
tashqari adabiyot va san’at, ilm-fan rivojiga ham katta e’tibor bergan. Xonlik
hududidagi barcha iqtidorli ijodkorlarni saroyga jamlab faol ijodiy jarayonni
tashkil etdi. Ushbu adabiy jamoa o’zini turli yo’nalishlarda namoyon eta olgan.
Tarixnavislik, tazkiranavislik, she’riyat, nasr, matbaa ishlari, adabiy
hamkorlikning noyob mahsullari dunyoga kelgan. Hakimxon To’raning
“Muntaxab ut-tavorix”, Avazmuhammad Attorning “Tuhfat ut- tavorix”, Ishoqxon
To’raning “Tarixi Farg’ona”, Mushrifning “Ansobus-salotin va tavorixi Xavoqin”,
Mutribning “Shahnomai devona Mutrib”, Mushrifning “Shahnomai Nusrat payom”
kabi tarixiy asarlari, Fazliy Namangoniyning “Majmuai shoiron” tazkirasi mazkur
davrda yaratilgan. U haqdagi ma’lumotlarni o’zida jamlagan. Umarxon tashabbusi
bilan dunyoga kelgan Fazliy tazkirasi tazkiranavislikda yangi yunalishni
shakllantirdi. Keyinchalik bu an’ana boshqa adabiy muhitlarda ham davom
ettirilgan.
Qo’qon adabiy muhitida xalq og’zaki ijodi namunalarini o’zlashtirishga,
jamlashga, yozma adabiyot bilan uyg’unlashtirishga katta e’tibor berilgan. Bu
harakatning noyob mahsuli sifatida Gulxaniyning "Zarbulmasal" asarini eslash
kifoya. Uvaysiy, Nodira, Fazliy, Ado, Maxmur, Amiriy kabi ijodkorlarning
asarlarida ham xalqona hikmatlardan, iboralardan unumli foydalanish yaqqol
ko’zga tashlanadi. Qo’qondagi matbaachilikning o’z taraqqiyot tarixi mavjud.
Mazkur davrda ham ko’plab qo’lyozmalar qayta-qayta ko’chirildi. Ayniqsa, ushbu
davr matbaa tarixini adabiy aloqalar, adabiy hamkorliklardan ayri tasavvur etib
bo’lmaydi. Chunki, Bedil devonlari ko’chirib, ko’p nusxalarda tarqatilgan. Uning
asarlariga shoirlar naziralar, muxammaslar bog’lashgan. Lutfiy, Navoiy, Amiriy
devonlaridan iborat “Muhabbatnoma” majmuasi Turkiya sultoniga sovg’a
tariqasida yuborilgan. 1836-1837 yillarda Amiriy va Nodiraning o’g’li
Muhammadalixon buyrug’iga binoan xattot Dabir tomonidan Fuzuliy devoni
ko’chirilgan.
XIX asr Qo’qon adabiy muhitida yashagan adiblarning ijodida Fuzuliyning
adabiy ta’siri kuchli bo’lgan. Shoir asarlaridagi so’zlar xazinasidan
foydalanishgan. Uning asarlariga naziralar, muxammaslar bog’lashgan.Qo’qon
adabiy muhitida ijod qilgan ijodkorlar Amiriy, Uvaysiy, Nodira, Madalixon ijodiga
nazar tashlaganimizda Fuzuliyga izdoshlik aks etsa, buni keyingi o’zbek
ijodkorlari ijodida ham ko’rish mumkin. Jumladan, XX asrda o’zbek
g’azalchiligida munosib asarlar yaratgan shoir Erkin Vohidov “Fuzuliy haykali
qoshida” she’rida shunday yozadi:
Oshiqlar uxlaydi saharga tomon,
Fuzuliy devonin boshiga qo’yib...
G’azal ham bo’lurmi shuncha dilrabo,
Bunchalar serishva, bunchalar sernoz.
Mening shoirligim yolg’ondir, ammo,
Fuzuliy she’riga oshiqligim rost.
891
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, o’zbek xalqi qardosh ozarboyjon
farzandi Fuzuliy ijodiga zo’r qiziqish va katta hurmat bilan qarab kelgan va hozir
ham shundaydir. Qadimdan ota-bobolarimiz navoiyxonlik, fuzuliyxonlik
kechalarini uyuushtirib tonggacha g’azallar o’qishgan. Buyuk shoir
E.Vohidovning: “Bizning ota-bobolarimiz Fuzuliy baytlarini ibtidoiy maktabda
yod olib, ko’ngliga jo qilganlar”, – deyishiga sabab shundadir. Fuzuliy o’z
asarlarining ta’sir kuchi va taqdiri haqida o’z devoni debochasida shunday
yozgandi: “... mening har bir so’zim bir pahlavondir, ular yurish boshlaganda yer-u
suvni batamom bosib oladi. (She’rlarim) qayerga borsa, u yerdan mol-mulk talab
qilmaydi, hech kimga ozor bermaydi. Zamonning o’tishi mening so’zlarimga zarar
yetkazib, paymol qila olmaydi”. Bu so’zlarning nechog’li to’g’ri ekanligini bugun
hayotning o’zi ko’rsatib turibdi.
Dostları ilə paylaş: |