Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti


"Mani jondan o’sondirdi, jafodan yor o’sonmazmi…"



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə407/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   403   404   405   406   407   408   409   410   ...   431
Anjuman Boku (6)

"Mani jondan o’sondirdi, jafodan yor o’sonmazmi…" 
 
Mani jondan o’sondirdi, jafodan yor o’sonmazmi’ 
Falaklar yondi ohimdan, murodim shami yonmazmi’ 
Qamu bemorina jonon davoyi dard etar ehson, 
Nechuk qilmaz manga darmon, mani bemor sonmazmi’ 
Shabi hijron yonar jonim, do’kar qon chashmi giryonim, 
Uyodir xalqi afg’onim, qaro baxtim uyonmazmi’ 
Guli ruxsoringa qarshu go’zimdin qonli oqar su, 
Habibim fasli guldir bu, oqar suvlar bulanmazmi’ 
Ga’mim pinhon tutardim man, dedilar, yora qil ravshan, 
Desam ul bevafo bilman, inonurmi, inonmazmi’ 
Dagildim man sanga moyil, san etding aqlimi zoyil, 
Manga ta’n aylayan g’ofil, sani ko’rgach, o’tonmazmi’ 
Fuzuliy rindi shaydodir, hamisha xalqa rasvodir, 
Ko’ringkim, bu na savdodir, bu savdodan o’sonmazmi’ 


880 
*** 
G’azal, majnuni-dilpazindir 
Yo Rab, baloyi-ishq ila qil oshno mani! 
Bir dam baloyi-ishqdan etma judo mani! 
Oz aylama inoyatini ahli-darddan, 
Yani ki, ko’p balolarga qil mubtalo mani! 
O’lduqcha man go’turma balodan irodatim, 
Man istaram baloni, chun istar balo mani! 
Tamkinimni baloyi-muhabbatda qilma sust, 
To do’st tan etib demoqqa bevafo mani! 
Ketdikcha husning ayla ziyoda nigorimin, 
Keldikcha dardina battar et mubtalo mani! 
Man qandanu mulozamati-e’tiboru joh, 
Qil g’olibi-saodati-faqru fano mani! 
O’yla zaif qil tanimni firqatida kim, 
Vaslina mumkin o’la keltirmak sabo mani! 
Naxvat qilib nasib Fuzuliy kabi manga, 
Yo Rab, muqayyad aylama mutlaq ma’no mani! 
"Layli va Majnun", Fuzuliy 
Fuzuliy o’z she’rlarida, XVI asrgacha ozarbayjon turkchasida yozgan 
shoirlarning barcha yaxshi tajribalarini hisobga olib, uni buyuk jur’at va mahorat 
bilan rivojlantirgan. Kirikaning eng qimmatli namunalarini berish bilan 
Ozarbayjon, shuningdek, turkiy adabiyot tarixida yangi, juda katta va go’zal 
maktab ochgan. Fuzuliy adabiy maktabi o’zining ma’no mazmunan boyligi, badiiy 
yuksakligi bilan inson his va fikrlarining badiiy entsiklopediyasini tashkil etadi. Bu
maktab she’rimizning sifatini so’nggi darajada yuksak martabaga olib chiqish 
bilan cheklanib qolmagan. U Ozarbayjon turkchasining barcha go’zalliklarini, 
imkon va qudratini porloq sur’atda namoyish ettirgan. Bu maktab klassik 
adabiyotdagi eskirgan qoida va normalarni yo’q qilishda, rivojlanishga to’siq 
bo’luvchi klassik an’analarga jasur, ozod va epchillik bilan yondashishda buyuk 
tarixiy xizmat ko’rsatgan. 
Fuzuliy Nasimiydan keyin ona tilda yaratilgan she’rning eng go’zal 
namunalari bo’lgan asarlari bilan adabiy-badiiy tilni yangi yuksakliklarga olib 
chiqqan, klassik Ozarbayjon, shuningdek, boshqa turkiy xalqlar poeziyasiga kuchli 
ta’sir ko’rsatgan, adabiy maktab yaratgan. Uning asarlari Tabrizda, Bokuda, 
Istanbulda, Anqarada, Qohirada, Toshkentda, Buxoroda, Ashxobodda bir necha 
bor nashr etilib, dunyo sharqshunoslari tomonidan yuksak baholangan. Muhammad 
Fuzuliy qamariy 963-yilda, milodiy 1556-yilda Karbaloda o’latdan vafot etib, 
o’sha yerda dafn etilgan. 
Layli va Majnun afsonasi haqida ko’pgina poemalar yozilgan. Lekin 
Fuzuliyning „Layli va Majnun“ poemasi o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Muallif 


881 
o’sha davrning patriarxal madaniyatini, uning ob-havosini har tomonlama va 
ochiq-oydin ravishda izohlab bergan. Layli va Majnun timsolida insonga, hayotga 
va sevgiga yangi munosabat ifodalangan. Layli va Majnun yangi inson idealining, 
inson haqidagi yangi qarashlarning eski qarashlar va ziddiyat bilan to’qnashuvini 
aks ettiradi. Bu to’qnashuv eski qarashlarning, tushunchalarning tarix sahnasidan 
chiqish vaqti yaqinlashganini ko’rsatadi. Lekin bu eski qarashlar hali shuurlardan 
o’chmagan.
Unga qarshi har bir chiqish, har bir harakat ahmoqlik, beaqllik, majnunlik 
hisoblanadi. Xoh qiz, xoh o’g’il farzand kimnidir tanlashi, kimnidir yoqtirishi hali 
ham ota haqlarini toptalash, davrning odat-an’analariga qarshi borish sifatida qabul 
qilinadi. Asar bilan yaqindan tanish bo’lganlar Layli va Majnun muhabbati 
maktabdan boshlanganini biladi. Bu hech ham tasodif emas. Ya’ni komillik, 
ijtimoiy munosabatlar tizimining rivoji ayol va erkak munosabatlarining yo’lga 
qo’yilishi uchun ilm va ta’lim zaruriy shartlardan biridir. Ular bir-birini faqat 
maktabda ko’rishadi va bu muhabbatga, o’zaro munosabatga ana shu yerda yana-
da yaqinlashishadi.
Majnunning iztirobi, hasrati Laylining maktabdan ketishi bilan boshlaydi. 
Albatta, Fuzuliyning komil inson, shaxsiyat timsolida yaratgan inson obrazi Layli 
va Majnun munosabatlarida qo’ygan kontseptsiyasini va uning gender 
munosabatlarining asosini tashkil etadi. Ham Majnun, ham Layli ayni ijtimoiy 
statusga egadirlar. Ya’ni har ikkisi qabila boshliqlarining yagona farzandidir, mol-
mulk jihatdan ham bir xil boylikka egadirlar. Ammo Laylining otasi qizini bunday 
boy oilaga berishni istamaydi. Shubhasiz, bu yerda asosiy masala Qaysning 
insoniy munosabatlarga, muhabbatga, oila qurishga tegishli o’ziga xos jihatlarga 
ega bo’lishidadir. Uni tushuna olmaganlari yoki qabul qilmaganlari uchun Qays 
Majnunga aylandi. Bu „majnunlik“ inson sevgisidan, insonning insonga bo’lgan 
munosabatidan paydo bo’ladi. Shuning uchun ham u o’zini sahroda, hayvonlar 
orasida yaxshiroq his qilardi. 
Layli Majnunga jo’natgan maktubida o’zining huquqdan mahrumligi, qul, 
buyum kabi olinib sotilishini bildirib shunday deydi: 
Men gavharman, o’zgalar xaridor, 
Menda emas ixtiyori-bozor, 
Davronki, meni mazoda soldi, 
Bilmam kim edi sotgan, kim oldi, 
O’lsaydi manim o’z ixtiyorim, 
O’lmasdi sendan o’zga yorim. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   403   404   405   406   407   408   409   410   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin