877
2.
Фузулий Муҳаммад.
Асарлари, 2 ж. 1ж.. Девон. ( Озарбайжончадан
нашрга тайёрловчи: Холид Расул ) –Т.: “Ғ. Ғулом”, 1968, 90- б.
3.
Фазлий Намагоний. ЎзРФАШИ № 7510 қўлёзма. 174
б
-
саҳифа
(ҳошияда берилган).
4.
Ҳаққулов И. Абадият фарзандлари.- Т.: Ёш гвардия. 1990.- 192-б.
5.
Бузурк М. Ўрта-Осиё ва Ўзбек адабиёти тарихига умумий қараш.
Самарқанд-Тошкент. Ўзнашр.- 85-86- бетлар.
FUZULIY VA QO’QON ADABIY MUHITI
Gulsanam NOROVA
Navoiy davlat pedagogika instituti katta o’qituvchisi,
Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori PhD,
Annotatsiya.
Maqolada Fuzuliy hayoti va ijodi o’zbek adabiyotida mavjud
uch adabiy muhit: Buxoro, Xiva, Qo’qon muhitiga o’zining beqiyos ta’siri haqida
aniq ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so’zlar.
Tili, madaniyati, urf-odati va an’analari, Muhammad Sulaymon
Fuzuliy, Buxoro, Xiva, Qo’qon, Ozarboyjon adabiyoti.
Turkiy xalqlar uchun umumiy bo’lgan adabiyotimizni sak(soq)lar davridan
boshlashimiz taxminlarga asoslangan faraziy gaplar emas, aksincha, aniq dalillar
bilan isbotlangan haqiqat bo’lsa, bu davrdan qolgan merosni o’rganish, tadqiq
qilish – zamon talabi, bizning muqaddas burchimiz hamdir. Adabiyotimiz tarixini
qaysi
davrdan boshlash, qanday tarixiy taraqqiyot davrlariga bo’lib o’rganish
adabiyot tarixidagi asosiy omillardan bo’libgina qolmay, biz uchun millat sifatida
tariximizni o’rganishimizda ham o’ta muhim ahamiyatga ega. Sababi, bunday
tadqiqotlar bizning milliy mentalitetimizning shakllanishi va xalq sifatidagi teran
ildizlarimiz qaylarga borib tutashajagini ham yoritib beradi. Binobarin, biz
adabiyotimiz tarixini to’g’ri yorita olmasak, zaiflashib ketgan milliy xotiramizni
ham asl holiga keltira olmaymiz, milliy-madaniy taraqqiyot dasturimizni ham
zamonga mos ravishda rivojlantira olmaymiz.
Tili, madaniyati, urf-odati va an’analari bir-biriga yaqin bo’lgan o’zbek va
ozarboyjon xalqlari o’rtasidagi adabiy aloqalar tarixi uzoq yillarga borib taqaladi.
Adabiyotimiz tarixining to’g’ri yoritilishi – turkiy xalqlar birligiga asos bo’ladigan,
bizni ruhiy-ma’naviy mushtaraklik sari boshlaydigan yo’ldagi dastlabki asosiy
qadamdir. Turkiy xalqlar uchun umumiy bo’lgan adabiyotimizni beixtiyor o’zbek
va ozarboyjon adabiyoti uyg’unligisiz tasavvur etish qiyin.
Bir xalqning adabiyoti o’sha xalqqa mansub bo’lgan dastlabki ota-
bobolarning dunyoga kelgan davrlaridan, shu xalqni shakllantirgan urug’-qabilalar
umrguzaronlik qilgan davrlardan boshlanishi chin haqiqat. Ilm-fan hamisha
878
taraqqiyotda, rivojlanishda davom etadi. Har bir davr kishilari o’z zamonasidagi
moddiy imkoniyatlarga asoslanib, tadqiqotlar olib boradi, nuqtai nazarlarni,
tahlillarni o’rtaga tashlaydi. Shu sabablarga ko’ra ham,
har bir davrda ilm
o’zigagina xos bo’lgan xususiyatlarni namoyon qiladi, o’ziga xos saviyaga
ko’tariladi. Shu o’rinda Ozarboyjon adabiyotini Fuzuliy ijodisiz, uning betakror
adabiy merosisiz tasavvur etib bo’lmaydi.
Adabiyotda forsiy til hukumron bo’lgan bir paytda, turkiy tilning g’oyatda
katta imkoniyatini ko’rsatib bergan Alisher Navoiy bo’lsa, undan so’ng bu
adabiyot rivojiga katta hissa qo’shgan ijodkor Muhammad Fuzuliydir.
Muhammad Fuzuliy ibn Sulaymon (
Məhəmməd Füzuli
) 1498-yil Karbalo
shahrida
dunyoga kelib, 1556-yil vafot etgan. O’rta asrlar ozarbayjon shoiri,
mutafakkir va faylasuf. Ozarbayjon va turk adabiyoti tarixida devon janrining eng
mashhur va taniqli namoyandalaridan biri sifatida tanilgan. Bir qancha tazkiralarda
Bag’dodiy taxallusi bilan ham tilga olinadi. Manbalarda boshqa ismi Mulla
Muhammad Bag’dodiydir. Faqat shoir Bag’dodda emas, uning yaqinidagi Karbalo
shahrida tug’ilgani ma’lum. Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2019-yil 7-may 211-son Qaroriga binoan Muhammad Fuzuliy Ozarbayjon
Respublikasida asarlari davlat mulki deb e’lon qilingan mualliflar ro’yxatiga
kirgan.
Muhammad Fuzuliy Ozarbayjonda mashhur bo’lgan turkiy elatli Bayot
urug’idandir. Ba’zi manbalarga ko’ra, Muhammadning otasi Sulaymon Iroqqa,
Ozarbayjonning Arash tumanidan ko’chib borgan. Keyinchalik shoirning o’g’li
Fayzulloh Arashga qaytib, yaqin qarindoshlari yonida yashagan.
U bu yerda
o’zining olimligi bilan katta shuhrat qozongan. Fuzuliyning o’zi ham mukammal
ta’lim olgan. Buni e’tiborga olgan tadqiqotchilar shoirning otasi o’ziga yarasha boy
odamlardan bo’lgan deb hisoblashadi. Shuningdek, uning ziyoratgoh hisoblangan
Hilla va Karbalo kabi shaharlarda yashashi Sulaymonning dindorlardan
bo’lganidan dalolat beradi.
Haqiqatdan ham Fuzuliyning otasi Hilla shahrining muftiysi bo’lgani haqida
rivoyat bor. XI asrda Iroq Saljuqiylar, keyinchalik esa Mo’g’ullar va Temuriylar
tomonidan bosib olingach, Bag’dodda va uning atroflarida turklar soni ortib bordi.
Bu vaziyat keyin ham davom etadi. 1508-yilda shoh Ismoil tantanali ravishda
Bag’dodga kirib, Iroqni Ozabayjonga qo’shib oladi, keyinchalik esa 1534-yilda bu
shahar uzoq muddat Usmoniylar imperiyasi tarkibida bo’ladi. Shunday qilib,
Fuzuliyning hayoti va ijodining ilk davrlari Iroqi-arabning Ozarbayjonning
Safaviylar hokimiyatiga tobe bo’lgan yillariga to’g’ri keladi.
Dohiy Muhammad
Fuzuliy 1556-yilda Karbaloda o’latdan vafot etadi. Shoirning qabri ham aynan
Karbalodadir.
Muhammad Fuzuliy boshlang’ich ta’limini Karbaloda olgan, Bag’dodda
davom ettirgan. Bir muddat Iroqning Najaf va Hulla shaharlarida ham yashagan.
Uning ustozi Vali Mammadzoda bo’lgan. Shaxsiy mutolaasi soyasida o’rta asr
fanlari (mantiq, tibbiyot, astrologiya, matematika va gumanitar fanlar), xususan,
diniy-falsafiy oqimlar, arab tarjimalari asosida yunon falsafasi bilan yaqindan
tanishgan, klassik turk, arab, fors va hind adabiyotini o’rgangan.
879
„Bangu Boda“ („Nasha va may“) asarini Shoh Ismoil Xatoiyga
bag’ishlaganiga, Shoh Tahmasbga va uning sarkardalariga,
har bir hokimlarga,
xonlarga qasidalar yozishiga qaramay, saroyga qiziqishi bo’lmagan. Sulton
Sulaymonga bir necha qasida taqdim etgan Fuzuliy Sulton qo’shini bilan
Bag’dodga kelgan turk shoirlari Xayoliy va Yahyobey bilan uchrashgan, „Layli va
Majnun“ (1537) asarini esa „Rum zariflari“ deb atagan bu ijodkorlarning
iltimosiga ko’ra qalamga olgan.
Fuzuliy uch tilda g’azal, qasida, musaddas, tarkibband, tarji’band, ruboiy,
qit’a, murabba yozgan. Falsafiy mohiyatga ega qasidalari, „Etti jom“, „Anisul
qalb“, „Sihat va Dard“ asarlari keksalik davri mahsullaridir. U qasidalarini alohida
asar sifatida to’plab,
kitob shakliga solgan, turk, fors va arab tillarida devonlar
tuzgan.
Nizomiy Ganjaviyning ilk bora yozma adabiyotga olib kelgan „Layli va
Majnun“ mavzusining ko’pgina turk, fors, hind, o’’zbek va tojik shoirlari
tomonidan qalamga olinishiga qaramay, Fuzuliyning ona tilida yaratgan asari
originalligi bilan bu mavzuda avvalroq yozilgan poemalardan ajralib turadi.
Fuzuliy qadim yunon va Sharq falsafasi bilan tanish edi. Uning falsafiy
qarashlari asosan arab tilida nasrda yozgan „Matla-ul e’tiqod“ asarida o’z aksini
topgan. Fuzuliy bu yerda Aristotel, Platon, Empedokl, Demokrit va boshqa yunon
faylasuflarining fikrlaridan, an-Nizomning falsafiy merosidan ta’sirlangan.
Fuzuliyning boshqa asarlarida ham adabiy falsafiy fikrlarga duch kelish mumkin.
Dostları ilə paylaş: