870
Birinchi baytdan so’ng ikkinchi baytgacha bӯlgan oraliqda shunday fikr –
mulohazalar paydo bo’ladi. Shundan so’ng shoira tavakkul maqomini tavsiya etadi.
Buning ma’naviy zaminini Fuzuliyning orifona ohanglarga yo’g’rilgan
she’riyatidan qidirmoq maqsadga muvofiqdir. Zukko adabiyotshunos Ergash
Ochilov o’rinli ta’kilaganidek: “Shoir (Fuzuliy-B.F.) she’riyatini tasavvufdan
ajratib olib o’rganish mumkin emas. Bir qator she’rlarida u yeru ko’kning
sohibi
Olloh taoloni madh etadi, unga munojotlar qiladi, zohidlarga ta’na-malomat
toshlarini yog’dirib, so’fiy va darveshlarni ulug’laydi, faqru fanolik maqomiga
intiladi, ilohiy mahbubani ta’rif-tavsiflab vahdat sharobi mastligidan so’z ochadi,
ishqu oshiqlikni tarannum aylab, dunyoga berilishni qoralaydi va hakazo...”
91
. Shu
nuqtai nazardan Uvaysiy she’rida ham bu an’ana izchil davom ettrilgani yuqorida
tilga olingan tatabbu g’azali misolida ham kuzatish mumkin. Ya’ni tavakkul –
Haqqa ishonch va e’tiqod, uning inoyatiga umid bog’lash. Tavakkul solikni
poklab, qalbiga xotirjamlik beradi. Shoira talqinicha, ishq ummondir. Ishqda
kamolga etish uchun ana shu ummonda g’avvos kabi sho’ng’imoq lozim. Bu esa
turli
andishalarni emas, balki tavakkulni taqozo etadi. Zero, tavakkul ham vasl
zinalaridan biridir. Shunday ekan, ishq yo’lida vasl masnadiga etish uchun
tavakkul zarur. Ammo tavakkulning o’zi o’zlik fanosini taqozo etadi. Chunki
dunyoviylikdan butunlay ozod bo’lmay turib, tavakkulga erishib bo’lmaganidek,
tavakkul qilmay vasl poyasiga ham etib bo’lmaydi.
Shunday shoirona mahorat sirlari Furqat tatabbularida ham yaqqol ko’zga
tashlanadi. Shu jihatdan shoiring “Kelinchak” nomi bilan mashhur bo’lgan tazmin
tatabbusi diqqatga sazovor. U ozar shoiri Fuzuliy g’azliga bog’langan bo’lib,
Furqat hatto salaf g’azalining birinchi misrasini tazmin sifatida keltiradi. Furqat
g’azali ham Fuzuliy g’azali vaznida – ramali musammani mahzufda yozilgan
bo’lib, u ham ozar shoiri kabi yor go’zalligini ulug’laydi. Fuzuliy she’rida
an’anaviy mahbubning go’zal siymosi chizilgan. Uning
qaysi xalq yoki hududga
mansub ekanligi yaqqol sezilmaydi. Zero, u Sharq she’riyatidagi an’anaviy go’zal
sifatida tasvirlangan bo’lib, uning oshig’i ham an’anaviy tarzda fikrlovchi lirik
qahramon holida berilgan. Furqat tatabbusida esa bunday emas. Unda muayyan
hudud va o’sha yerdagi xalqqa mansub go’zal siymosi chizib berilgan. Furqat
tatabbusiga jiddiy nazar tashlansa, unda aniq Farg’ona go’zali, aniqrog’i,
kelinchagi siymosi chizilganini sezish mumkin. To’g’ri, barcha go’zallar ham
ko’ziga surma, qo’liga xina, yuziga g’oza, qoshiga o’sma tortishi, sirg’a, uzuk,
bilaguzuk taqishi mumkin. Bular go’zallar pardozidagi umumiy xususiyatlar. Endi
tatabbudagi go’zalning kiyimlariga e’tibor qarataylik:
3. Очилов Э. Нафис мажлислар. 2-китоб. – Тошкент: « Info Capital Group»,
2018. 90-бет.
871
Za’faroniy ko’ylak uzra arg’uvoniy kamzihul,
Ro’ymol og’ushidin peshonani(ng) ahvoli tang.
Bori nozik panjalar oltin uzukdin zebnok,
Qo’l bilagzukdin muzayyan, nuqradin og’izda chang
92
.
Yor za’faroniy, ya’ni
tillarang, yaltiroq sariq ko’ylak ustidan arg’uvoniy
kamzihul, ya’ni engsiz, yoqasiz, kalta qizil kamzul kiyib olgan. Ro’ymolini esa
umuman ayollar kabi iyagi ostidan aylantirib bog’lamay, peshonasiga tang’ib
qo’ygan. Ingichka bamog’laridagi tilla uzuklarni yaltiratgan holda, bilagidagi
bilaguzuklarini shiqirlatib chang chaladi. G’oyat go’zal tasvir. Shu tarzda kiyinish
va uning ustiga chang ham chalish o’tmishdagi o’zbek qizlari, xususan, Farg’ona
vodiysi go’zallariga xos edi. Tatabbuda yor mahorat bilan jonli insondek
tasvirlangan. U nihoyatda erka, sho’x. O’z latofatidan o’zi ham zavqlanadi. Shu
sababli bir nafas tinch turmaydi. Goh “g’amza birla ӯlturur, goh jilvalar birla
yurur”. Xullas, sho’xligi va noz-karashmalarini bir nafas to’xtatmaydi. Lirik
qahramon
uning harakatlaridan, noz, g’amza va sho’xliklaridan hayratga tushadi.
Uning oldida o’zini unitib, aqlini yo’qotar darajaga etadi. Lekin bularning
hammasi unga huzur bag’ishlaydi. U o’z oldida xayoliy go’zal emas, balki hayot
go’zali turganligini, bu go’zal paridan ham ustunligini his etadi. Yor oshig’ining
o’ziga bo’lgan muhabbatini chuqur his etadi. Shu sababli erkaligini ba’zan haddan
oshiradi, oshiqni qiynaydi. Natijada, ular orasida tez-tez jang va sulh holati yuz
berib turadi. Bunday holat barcha chin oshiq va ma’shuqlar orasida yuz beruvchi
hol bo’lib, shoir tatabbu qahramonlari munosabatlari misolida bu manzaralarni
g’oyat go’zal, hayajonli va ta’sirli chizib bergan.
Bularning hammasi XIX asr birinchi yarmi she’riyati o’zbek,
tojik va
ozarbayjon mumtoz adabiyotlarining boy va yuksak badiiy an’analari asosida
rivojlanganini ko’rsatadi. Muhimi shundaki, bu adabiy an’analar rivojida
tatabbunavislik alohida o’rin tutadi. Chunki bu davrda tatabbunavislik boshqa
davrlarga nisbatan g’oyat keng qirrali bo’ldi. O’zbek she’riyatida Alisher Navoiy
birinchi bo’lib tatabbunavislikni maxsus adabiy yo’nalish darajasiga ko’tarib,
tatabbulardan devon tuzgan bo’lsa, undan keyin ham bu an’ana davom etdi.
Voqean, XIX asr va XX asr boshlaridagi Qo’qon adabiy muhitida tatabbunavislik
adabiy yo’nalishi g’oyat keng rivojlandi. Shuning natijasida, 1821 yilda Qo’qonda
Fazliy Namangoniy tomonidan tuzilgan “Majmuai shoiron” tazkirasi boshdan-oxir
tatabbulardan iborat bo’ldi.
Agar XVII-XVIII asrlarda tazmin tatabbu, mazmunda pand-nasihat kuchli
bo’lgan mav’iza tatabbular yozish keng tus olgan bo’lsa,
XIX birinchi yarmi
tatabbunavisligida so’z o’yinlari, she’riy san’atlar va, umuman, shakl unsurlari
4. Фурқат. Танланган асарлар. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1975. – 47-бет.
872
ustunlik qiluvchi
masnu’
tatabbular yozish avj oldi. XIX asr oxiri va XX asr
boshlarida esa, ma’noga e’tibor berish kuchayishi tufayli mazmun va shakl birligi
aks etuvchi
matbu’
tatabbular yaratish ommalashdi.
Shunday qilib, XVII-XIX asrlar va XX asr boshlari tatabbunavisligi
jarayonida o’zbek she’riyati ham mazmunan, ham shaklan boyidi. She’riyatimiz,
ayniqsa, g’azalchilik borasidagi tatabbunavislik yuksak muvaffaqiyatlarga erishdi.
Bu borada yaratilgan mumtoz lirik asarlar o’z davrida
va keyingi davrlarda ham
badiiy ijodning yuksak namunalari sifatida e’tirof etilib, barcha zamonlarda
hamma ijodkorlar uchun adabiy ilhom manbai bo’lib qoldi.
Tatabbunavislik natijasida boshqa xalqlar adabiyoti qatorida ozar shoiri
Fuzuliy asarlariga ham badiiy-g’oyaviy etuk tatabbu asarlar paydo bo’ldi.
Jumladan, Qo’qon adabiy muhitiga mansub boshqa mumtoz shoirlar ham
Fuzuliydan ilhomlanib, Uvaysiy va Furqat kabi badiiy mukammal asarlar
yaratganini mavjud manbalardan kuzatish mumkin. Ularning fuzuliyona yaratgan
asarlari alohida tadqiqotlar uchun mavzu bӯla oladi.
Dostları ilə paylaş: