866
bo‘lganlaridan keyin yarata boshlaganlar. Yana shuni unutmaslik kerakki, bunda
g‘azal muallifi bilan unga taxmis bog‘layotgan muallif o‘rtasida mushtarak
dunyoqarash, estetik ideal hamohangligi va g‘oyaviy yaqinlik bo‘lishi zarur.
Taxmis muallifi g‘azalda keltirilgan fikrlarni mantiqan rivojlantirib, uni o‘z ijodiy
g‘oyalari bilan shunday to‘ldirishi va boyitishi kerakki, natijada vujudga kelgan
she’r unga asos bo‘lgan g‘azal bilan uyg‘unlashib,
bir muallif tomonidan
yaratilgandek tasavvur uyg‘otsin”
88
.
Shu ma’noda Fuzuliy g‘azallari hissiy ta’sir kuchining kattaligi, chuqur
mazmundorligi, xalqona va ravon ohangdorligi, dil nazokati bilan shoirni o‘ziga
maftun etgan, ta’sirlantirgan. Fuzuliyning «etmisham» radifli g‘azaliga qilingan
muxammas xususan, fikrimizning dalili bo‘la oladi. Jonona visoliga etguncha
o‘zining joni chiqar holatga etkanini bayon etuvchi salafiga G‘oziy donishmandona
mushohadalari bilan ergashadi, ustozi fikrlarini kengaytirishga, to‘ldirishga harakat
qiladi. Fuzuliy qahramoni oshiq bo‘lsa, G‘oziy
uning bir devona oshiq, davlatsiz
muflis, ne’matlardan bebahra tashnalab ekanligini ham qayd etib badiiy obrazni
takomilga etkazishga harakat qiladi. Fuzuliy yaratgan favqulodda qiziqarli badiiy
lavha – chumolining cho‘llar kezib podshoh Sulaymon dargohiga etib borishi,
ya’ni chumolidek xoru haqir oshiqning badavlat ma’shuqa dargohida vosil bo‘lishi
hodisasini ijtimoiy mavzusidagi fikrlar bilan boyitib, oshiq timsolida o‘z davri
kishisi qiyofasini aks ettiradi. Muxammas bandining uchinchi misrasida esa
mahbubaning – mahbubi mutlaq ekanligini ishora etadi:
Soqiyi davri ichurdi banga zahri g‘am ezib,
Kul bo‘ldi mehnating o‘tidan paykarim qizib,
Dutti g‘amingni jon hama ahbobdin bezib,
Mo‘ri muhaqqaramki sarosima cho‘l kezib,
Nogoh borgohi Sulaymona etmisham. . [G‘oziy. №121. 38 a.]
Muxammasning oxirgi – ettinchi bandida Fuzuliy va G‘oziy
obrazlari
(taxallus tufayli) bitta mazmun-mohiyatdagi bitta timsol sifatida namoyon bo‘ladi.
Fuzuliy-miskin, G‘oziy-jahd ila ulug‘ bo‘la olmadi; Fuzuliy- umidvor, G‘oziy-
noumid. Ammo, Fuzuliyning umidvorligi bilan G‘oziy ham umidvor holda she’rini
tugatadi:
Yo‘x shomi motamimg‘a bugun subhidam padid,
Bog‘landi aysh qobusi paydo emas kalid,
G‘oziy bo‘lurmu hech shaqi jahd ila said,
Miskin Fuzuliyam sanga dutmisham umid,
Yo bir kamina qatraki ummona etmisham.
88
Юсупова Д. Алишер Навоий тахмислари // Шарқ юлдузи. – Тошкент, 2013. – № 2. –Б. 445.
867
Fuzuliydan ta’sirlanish G‘oziyning “etogin” radifli muxammasida ham
ko‘zga tashlanadi. Ozarbayjon salafining aynan shu radifdagi g‘azalini
beshlantirgan G‘oziy Fuzuliy g‘azalidagi sho‘x va bebok ma’shuqa obrazini engil
kulgu va nozik hissiyotlar asosida yangi mazmun bilan boyitadi va natijada ikki
shoir tuyg‘ularining umumlashmasidan yangi betakror she’r paydo bo‘ladi.
Taxmisning birinchi bandini keltiramiz:
Qaytorur beliga ul qotili barno etogin,
Mani o‘lturg‘oli qon aylosun to etogin,
Duta olmom
1
, na qilay jahd ila, aslo etogin,
Ayla olur keza chek, ul guli ra’no etogin.
Vahm edar, kim duta, bir oshiqi shaydo etogin.
[G‘oziy. №121: 134-b]
XVIII asr oxiri – XIX asr boshlari Qo‘qon adabiy muhitining atoqli
namoyandasi Muhammad G‘oziy shu davrning barcha
taniqli ijodkorlari singari
mumtoz adabiyotimizning uzoq asrlik an’analari zaminida qalam tebratdilar. Ular
buyuk salaflari ijodidan ta’sirlanib qalam tebratar ekanlar, ayni zamonda o‘zlari
yaratgan she’riyatning ham mazmun jihatidan, ham badiiy jozibadorlik jihatidan
o‘ziga xosligi, originalligini ta’minlash uchun harakat qildilar. G‘azalda mazmun
etakchi mavqe egallashini nazarda tutgan holda, ijodkorlar uni rang-barang
obrazlar, badiiy lavhalar, xalqona iboralar orqali ifodalashda o‘ziga xos
san’atkorlik namunalarini ko‘rsatdilar.
Shoir ijodida davr she’riyatining an’anaviy hodisalaridan biri bo‘lgan
muxammasnavislikning yuksak namunalari
ham salaflar ijodiga izdoshlik, adabiy
ta’sir va o‘ziga xoslik masalalarini ochib beradi. G‘oziy muxammaslarida
zullisonaynlik an’analarining badiiy takomilini bir nechta forsiy, shiru shakar
taxmislari misolida ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek salafi Fuzuliyga izdoshlik
bilan bitilgan taxmislar lingvistik va poetik jihatdan o‘ziga xoslikni kasb etdi.
Shoirlar ijodining Sharq mumtoz she’riyati ta’sirida shakllangan yuksak badiiyati
o‘z navbatida ulardan keyingi shoirlar uchun ijod maktabi vazifasini o‘taganligida
ham ko‘rinadi. Muhammad G‘oziy ma’rifatparvar shoirdir. Sharq she’riyatining
eng yaxshi an’analari asosida shakllandi. Asarlari g‘oyaviy-badiiy, mavzu mazmun
sohasidagi takomilida, o‘zining beqiyos she’riyat ustasi bo‘lib etishuvida ma’rifat
darg‘alarining ilhomlantiruvchi kuchi nihoyatda katta bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: