Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə401/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   397   398   399   400   401   402   403   404   ...   431
Anjuman Boku (6)

 
Annotation

The article d iscusses the development of tatabbunavism in 
the Kokand literary environment . 
Key words and phrases: 
tzadition, follower, influence originality
skill,ghazal, tatabbu, vazn, rhyme, radif ,interpretation, emulate,comperative
analysis 
Ijtimoiy hayotning barcha sohalari an’analar asosida rivojlanadi. 
An’analarga ijodiy yondoshish yangiliklarni yuzaga keltiradi. Yangiliklar esa 
taraqqiyotni belgilaydi. Bu narsani voqelikning barcha jabhalarida, jumladan
badiiy adabiyotda ham ko’rish mumkin. An’anaviylik badiiy adabiyotning muhim 
belgilaridan. Chunki adabiyot taraqqiyotining o’zak nuqtalaridan birini an’analar 
tashkil etadi. Bu hol mumtoz adabiyotda ayniqsa ravshan ko’zga tashlanadi. Buni 
birgina tatabbunavislik an’analari misolida ham ko’rish mumkin. Tatabbunavislik 
butun Sharq mumtoz adabiyotida, jumladan, o’zbek mumtoz adabiyotida ayniqsa 


869 
Qo’qon adabiy muhitida ham chuqur tomir otgan bo’lib, mustahkam va boy 
an’analarga ega ekanligi ko’zga tashlanadi. 
XIX asr boshlariga kelib, Markaziy Osiyodagi uchta davlat- Buxoro xoligi, 
Xiva xonligi va Qo’qon xonligi to’la markazlashdi. Qayd etish lozimki, xonliklar 
madaniy hayotidagi rivojlangan tomon adabiy muhit edi. Umuman olganda esa, 
XIX asrning birinchi yarimi adabiyoti badiiy ijodkorlarining ko’pligi va 
sermahsulligi bilan ajralib turadi. Avvalo shu narsani maxsus qayd etish lozimki, 
bu davrda zullisonaynlik nihoyatda keng tus oldi va tatabbunavislik yuksak 
chӯqqiga kӯtarildi. Shu tufayli hatto boshdan – oxir tatabbulardan tuzilgan 
tazkiralar paydo bӯldi.
Bu davr adabiy jarayonida salaflar she’riyatiga tatabbunavislik uch
yo’nalishda rivojlandi. Uning brinchisi, o’zbek mumtoz shoirlari, xususan, Navoiy, 
Bobur va Huvaydo she’rlariga tatabbu bog’lash. Ikkinchisi, fors-tojik shoirlari, 
xususan, Hofiz, Jomiy va Bedil she’rlariga tatabbunavislik. Uchinchisi, ozarbayjon 
shoiri Fuzuliy she’riyatiga tatabbu bog’lash shaklida rivoju ravnaq topdi. Bu uch 
yo’nalishdagi tatabbunavislik Qo’qon adabiy muhitida ham, shuningdek, Xiva va 
Buxoro adabiy muhitlarida ham izchil davom ettrildi.
Jumladan, Uvaysiy ijodida ham Navoiy, Fuzuliy va Mashrab an’analari izchil 
davom ettirilganini kuzatish mumkin. Shoira talqinicha, ishq qudratli kuchga ega. 
Buni Uvaysiy “Kerakmazmi sango?” radifli ikkita tatabbusida ham mahorat bilan 
chizgan. Ular Fuzuliyning shu radifdagi g’azaliga
89
bog’langan bo’lib, mazmunan 
biri ikkinchisini to’ldiradi. Uvaysiy Fuzuliy fikrlarini turli tashbehlar vositasida 
sodda va hayotiy tarzda rivojlantiradi: 
Yozma tummoringni, umr ey gul, kerakmazmi sango? 
Verma ko’p xotiringg’a yo’l, bulbul kerakmazmi sango?... 
G’o’ta ur bahri tavakkul ichra, ey g’avvos dil, 
Ishq baxti ichra aqli kull kerakmazmi sango? 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   397   398   399   400   401   402   403   404   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin