875
Mazmuni:
Amirning mirzosiga yuz ofarin,
Dilni toruvchi xusni xatiga ega edi.
Munshiy g’azali
Ey pari, la’li labing qandi mukarrartak laziz,
So’zlaring, jono, ko’ngulga shahdu shakkartak laziz.
Jon verur la’ling tamannosida Xizr ila Masih,
Kim erur labtashnalarga havzi kavsartak laziz.
Halqa(yi) zulfung banogo’shinda ko’nglum domidur,
Donai xoling yuz uzra mushki anbartak laziz.
Faqr eli sultonim mehnat diyoridur erim,
Gardi rohing boshim uzra toji afsartak laziz.
Masnading gar o’lsa tufrog’u libosing eski shol,
Bu Tajammul Munshiy yo Xoqonu Qaysartak laziz.
[3, 174]
Munshiy g’azalida ham Fuzuliy qo’llagan an’anaviy obrazlar: pari, la’l,
qand, shahd, shakar, Xizir, Masih, obi kavsar, labtashna, halqa, banogo’sh, dom,
mushki anbar, toji afsar, tufrog’,
eski shol, Qaysarlar. Bu obrazlar ikkala shoir
ijodida ham oshiq va ma’shuq personajlari ishtirokida ochib berilgan. Munshiyning
bu masnu’ tatabbu’sida so’z o’yinlari, she’riy san’atlar hamda shakl unsurlariga
alohida e’tibor qaratgan. Fuzuliy qo’llagan qofiyalardan faqat “mukarrartak,
“shakkartak” so’zlarini takoror qo’llagan boshqa qofiyalarni olmagan.
Shoirlar
na faqat Amir Umarxonga, balki boshqa salaf shoirlarga tatabbu’
qilishlari bilan ham Qo’qon adabiy muhitining o’zbek adabiyotidagi qamrovini
ko’rsatadi.
XIX asr Qo’qon adabiy muhitida ijod qilgan shoirlarning Fuzuliyga
ergashishini XV asrdagi Hirot adabiy muhitidagi tatabbu’navislikka
qiyoslash
mumkin. Afzaliddin Haqoniy Shervoniy (1120-1199) va Mir Xusrav Dehlaviy
qasidalariga A.Jomiy, A.Navoiy, Mavlono Zohidiy,
Mavlono Abdulvahob va
Mirxondlar payravliq qilgan. Tatabbu’ bir shoir ijodidan ikkinchi bir shoirga
o’tganda aynan, sayyor syujetlar bir millat adabiyotidan ikkinchi bir millat
adabiyotiga o’tganida uning mulkiga aylanishiga qiyoslash mumkin. Tatabbu’
qiligan asarning adabiyotdagi o’rni asosan takomiliga bog’liq. Rivojlanishi ya’ni,
adabiy jarayonga
yangiliklar olib kirma-sa, uning quruq shakl yoki
nazirago’ylikdan farqi qolmaydi. Bu haqda adabiyotshunos I.Haqqulovning
qarashlari o’rinlidir. “Taqlidchilik ko’chirmachilik bilan barobar. Klassik
adabiyotdagi tatabbu’ usulining esa unga aloqasi yo’q. U- ijodiy jarayon”.
[4, 192]
O’zbek
adabiyotining dastlabki, tadqiqotchilaridan biri Miyon Buzurk
Solihov O’zbek adabiyotini uch davrga bo’lib tasnif qildi. Va Qo’qon adabiy
876
muhitini “Oltin beshik” deb nomladi hamda shu nom bilan adabiyotga olib kirdi.
Qo’qon adabiy muhitinig taraqqiy qilgan davrini «Amiri Umar davri» deb atadi.
Fuzuliy ijodining Qo’qon shoirlariga ta’sirini quyidagicha tahlil qilgan:
“Chig’atoy adbiyoti ila “Oltin beshik” adabiyoti oralarida bir farq ko’rinsa, u
ham “Fuzuliy” shevasining ta’sir ko’rsatishidir. Fuzuliy devoni qaysi yo’l ila
bo’lsa-bo’lsin, Farg’onaga kelgan. Amiri Umar davri shoirlarining she’rlarida
Fuzuliy ta’siri ko’rilib turadi. Uning g’azallariga muxammas bog’lagan
shoirlar
bo’lganlari kabi uning shevasida g’azal yozganlari ham bor edilar. Bizning
yuqorida Qozi va Komila g’azallaridan olib ko’rsatgan namunalarimiz Fuzuliy
ta’sirini aks etdirib turadilar. Ayniqsa G’oziyning g’azali
tomoman Fuzuliy
uslubida yozilgandir.
Ishqida menga hosil o’la dard bila cho’x,
Mehr ila vafo oz, vale javru jafo cho’x.
Olam eli gar tobsa sendin no’la maqsud,
Hotamni qilur mumsik agar bo’lsa gado cho’x.
Zulmu sitamu javru jafo jonina kam qil,
Aylar sani, G’oziy, sitamdiyda duo cho’x.
Demak, biz «Oltin beshik» adabiyotini chig’atoy adabiyotidan ayra turgan
farqini yolg’iz tili jihatda (u ham bo’lsa ba’zi shoirlardan) ko’ramiz.
Fuzuliy ta’siri bizga «Oltin beshik» davrida Fuzuliyning mamlakati bo’lgan
Iroqning Farg’onaga iqtisodiy bir munosabatining bo’lganini ko’rsatmaydi.
Bizning yuqorida chig’otoy xovos adabiyoti bahsida turkiy hukumatlar saroylarida
yashagan adabiyotning aralashib va tanishib turganini, bir sinfga oid adabiyotning
o’z ahlini axtarib topganini yozgan edik.
Bu yo’l ila Navoiy asari Iroqqa borib Fuzuliyni yaratgan bo’lsa, Fuzuliy ham
o’z navbatida jumladan, «Oltin beshik» doirasida o’ziga tarafdor va ahl topa olgan
demakdir.”[5, 85-86]
Xullas, XIX asrning birinchi yarmidagi Qo’qon adabiy muhitining
ta’sirlanishi turli adabiy muhitlardan kelgan shoirlarning ta’siridan tashqari Jomiy,
Bedil, Navoiy, Fuzuliy kabi shoirlarning ijodiga ergashib masnu’ tatabbu’lar
qilishi, adabiy aloqalarning qardosh xalqlar o’rtasida chegara bilmasligi va hamda
davomiyligini bildiradi. “Majmuai shoiron”ning qasidalar
fasli hazrat Abu Bakr
Siddiqning munojotiga muxammas shaklidagi Zokir Xo’ja Eshonning munojat
qasidasi bilan boshlanishi Qo’qon adabiy muhitining rang-barangligini ko’rsatadi.
Dostları ilə paylaş: