876
muhitini “Oltin beshik” deb nomladi hamda shu nom bilan adabiyotga olib kirdi.
Qo’qon adabiy muhitinig taraqqiy qilgan davrini «Amiri Umar davri» deb atadi.
Fuzuliy ijodining Qo’qon shoirlariga ta’sirini quyidagicha tahlil qilgan:
“Chig’atoy adbiyoti ila “Oltin beshik” adabiyoti oralarida bir farq ko’rinsa, u
ham “Fuzuliy” shevasining ta’sir ko’rsatishidir. Fuzuliy devoni qaysi yo’l ila
bo’lsa-bo’lsin, Farg’onaga kelgan. Amiri Umar davri shoirlarining she’rlarida
Fuzuliy ta’siri ko’rilib turadi. Uning g’azallariga muxammas bog’lagan shoirlar
bo’lganlari kabi uning shevasida g’azal yozganlari ham bor edilar. Bizning
yuqorida Qozi va Komila g’azallaridan olib ko’rsatgan namunalarimiz Fuzuliy
ta’sirini aks etdirib turadilar. Ayniqsa G’oziyning g’azali tomoman Fuzuliy
uslubida yozilgandir.
Ishqida menga hosil o’la dard bila cho’x,
Mehr ila vafo oz, vale javru jafo cho’x.
Olam eli gar tobsa sendin no’la maqsud,
Hotamni qilur mumsik agar bo’lsa gado cho’x.
Zulmu sitamu javru jafo jonina kam qil,
Aylar sani, G’oziy, sitamdiyda duo cho’x.
Demak, biz «Oltin beshik» adabiyotini chig’atoy adabiyotidan ayra turgan
farqini yolg’iz tili jihatda (u ham bo’lsa ba’zi shoirlardan) ko’ramiz.
Fuzuliy ta’siri bizga «Oltin beshik» davrida Fuzuliyning mamlakati bo’lgan
Iroqning Farg’onaga iqtisodiy bir munosabatining bo’lganini ko’rsatmaydi.
Bizning yuqorida chig’otoy xovos adabiyoti bahsida turkiy hukumatlar saroylarida
yashagan adabiyotning aralashib va tanishib turganini, bir sinfga oid adabiyotning
o’z ahlini axtarib topganini yozgan edik.
Bu yo’l ila Navoiy asari Iroqqa borib Fuzuliyni yaratgan bo’lsa, Fuzuliy ham
o’z navbatida jumladan, «Oltin beshik» doirasida o’ziga tarafdor va ahl topa olgan
demakdir.”[5, 85-86]
Xullas, XIX asrning birinchi yarmidagi Qo’qon adabiy muhitining
ta’sirlanishi turli adabiy muhitlardan kelgan shoirlarning ta’siridan tashqari Jomiy,
Bedil, Navoiy, Fuzuliy kabi shoirlarning ijodiga ergashib masnu’ tatabbu’lar
qilishi, adabiy aloqalarning qardosh xalqlar o’rtasida chegara bilmasligi va hamda
davomiyligini bildiradi. “Majmuai shoiron”ning qasidalar fasli hazrat Abu Bakr
Siddiqning munojotiga muxammas shaklidagi Zokir Xo’ja Eshonning munojat
qasidasi bilan boshlanishi Qo’qon adabiy muhitining rang-barangligini ko’rsatadi.
Dostları ilə paylaş: