869
Qo’qon adabiy muhitida ham chuqur tomir otgan bo’lib, mustahkam va boy
an’analarga ega ekanligi ko’zga tashlanadi.
XIX asr boshlariga kelib, Markaziy Osiyodagi uchta davlat- Buxoro xoligi,
Xiva xonligi va Qo’qon xonligi to’la markazlashdi. Qayd
etish lozimki, xonliklar
madaniy hayotidagi rivojlangan tomon adabiy muhit edi. Umuman olganda esa,
XIX asrning birinchi yarimi adabiyoti badiiy ijodkorlarining ko’pligi va
sermahsulligi bilan ajralib turadi. Avvalo shu narsani maxsus qayd etish lozimki,
bu davrda zullisonaynlik nihoyatda keng tus oldi
va tatabbunavislik yuksak
chӯqqiga kӯtarildi. Shu tufayli hatto boshdan – oxir tatabbulardan tuzilgan
tazkiralar paydo bӯldi.
Bu davr adabiy jarayonida salaflar she’riyatiga tatabbunavislik uch
yo’nalishda rivojlandi. Uning brinchisi, o’zbek mumtoz shoirlari, xususan, Navoiy,
Bobur va Huvaydo she’rlariga tatabbu bog’lash.
Ikkinchisi, fors-tojik shoirlari,
xususan, Hofiz, Jomiy va Bedil she’rlariga tatabbunavislik. Uchinchisi, ozarbayjon
shoiri Fuzuliy she’riyatiga tatabbu bog’lash shaklida rivoju ravnaq topdi. Bu uch
yo’nalishdagi tatabbunavislik Qo’qon adabiy muhitida ham,
shuningdek, Xiva va
Buxoro adabiy muhitlarida ham izchil davom ettrildi.
Jumladan, Uvaysiy ijodida ham Navoiy, Fuzuliy va Mashrab an’analari izchil
davom ettirilganini kuzatish mumkin. Shoira talqinicha, ishq qudratli kuchga ega.
Buni Uvaysiy “Kerakmazmi sango?” radifli ikkita tatabbusida ham mahorat bilan
chizgan. Ular Fuzuliyning shu radifdagi g’azaliga
89
bog’langan bo’lib, mazmunan
biri ikkinchisini to’ldiradi. Uvaysiy Fuzuliy fikrlarini turli tashbehlar vositasida
sodda va hayotiy tarzda rivojlantiradi:
Yozma tummoringni, umr ey gul, kerakmazmi sango?
Verma ko’p xotiringg’a yo’l, bulbul kerakmazmi sango?...
G’o’ta ur bahri tavakkul ichra, ey g’avvos dil,
Ishq baxti ichra aqli kull kerakmazmi sango?
Dostları ilə paylaş: