867
Fuzuliydan ta’sirlanish G‘oziyning “etogin” radifli muxammasida ham
ko‘zga tashlanadi. Ozarbayjon salafining aynan shu radifdagi g‘azalini
beshlantirgan G‘oziy Fuzuliy g‘azalidagi sho‘x va bebok ma’shuqa obrazini engil
kulgu va nozik hissiyotlar asosida yangi mazmun bilan boyitadi va natijada ikki
shoir tuyg‘ularining umumlashmasidan yangi betakror she’r paydo bo‘ladi.
Taxmisning birinchi bandini keltiramiz:
Qaytorur beliga ul qotili barno etogin,
Mani o‘lturg‘oli qon aylosun to etogin,
Duta olmom
1
, na qilay jahd ila, aslo etogin,
Ayla olur keza chek, ul guli ra’no etogin.
Vahm edar, kim duta, bir oshiqi shaydo etogin.
[G‘oziy. №121: 134-b]
XVIII asr oxiri – XIX asr boshlari Qo‘qon adabiy muhitining atoqli
namoyandasi Muhammad G‘oziy shu davrning barcha taniqli ijodkorlari singari
mumtoz adabiyotimizning uzoq asrlik an’analari zaminida qalam tebratdilar. Ular
buyuk salaflari ijodidan ta’sirlanib qalam tebratar ekanlar, ayni zamonda o‘zlari
yaratgan she’riyatning ham mazmun jihatidan, ham badiiy jozibadorlik jihatidan
o‘ziga xosligi, originalligini ta’minlash uchun harakat qildilar. G‘azalda mazmun
etakchi mavqe egallashini nazarda tutgan holda, ijodkorlar uni rang-barang
obrazlar, badiiy lavhalar, xalqona iboralar orqali ifodalashda o‘ziga xos
san’atkorlik namunalarini ko‘rsatdilar.
Shoir ijodida davr she’riyatining an’anaviy hodisalaridan biri bo‘lgan
muxammasnavislikning yuksak namunalari ham salaflar ijodiga izdoshlik, adabiy
ta’sir va o‘ziga xoslik masalalarini ochib beradi. G‘oziy muxammaslarida
zullisonaynlik an’analarining badiiy takomilini bir nechta forsiy, shiru shakar
taxmislari misolida ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek salafi Fuzuliyga izdoshlik
bilan bitilgan taxmislar lingvistik va poetik jihatdan o‘ziga xoslikni kasb etdi.
Shoirlar ijodining Sharq mumtoz she’riyati ta’sirida shakllangan yuksak badiiyati
o‘z navbatida ulardan keyingi shoirlar uchun ijod maktabi vazifasini o‘taganligida
ham ko‘rinadi. Muhammad G‘oziy ma’rifatparvar shoirdir. Sharq she’riyatining
eng yaxshi an’analari asosida shakllandi. Asarlari g‘oyaviy-badiiy, mavzu mazmun
sohasidagi takomilida, o‘zining beqiyos she’riyat ustasi bo‘lib etishuvida ma’rifat
darg‘alarining ilhomlantiruvchi kuchi nihoyatda katta bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: