Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə398/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   394   395   396   397   398   399   400   401   ...   431
Anjuman Boku (6)

Cho‘x edur javru jafo dilbari bedodu fanim,
Tarki rahm ayladi go‘yo buti paymonshikanim. 
Kokuli fikrida jon vermisham, ey do‘stlarim, 
Tori sunbul bila zihor tikinglar kafanim. 
 
 
 
 
 
 
 
[G‘oziy. №121: 19 b] 
Mazkur baytlar bilan boshlanadigan g‘azal Fuzuliyning quyidagi mashhur 
g‘azali ta’sirida yozilganiga shubha yo‘q: 
Punbai dog‘i junun ichra nihondur badanim, 
Diri o‘ldiqcha libosim budur, o‘lsam kafanim. 
83
Зоҳидов В. Ўзбек адабиёти тарихидан. Т.: Ўзадабийнашр, 1961. – Б.194. 
84
Қаюмов А. Ғозий. Тошкент. Фанлар академияси нашриёти, 1959 й, 29-б 


864 
Joni jonon dilamish, vermamak o‘lmaz, ey dil, 
Na nizo‘ aylayalim, ul na saningdur, na manim
85

 
[G‘oziy. №121: 19 b] 
She’riy parchalarda ko‘rinib turibdiki, shoir o‘zbek tilidagi ko‘p so‘zlarni 
ozarbayjon tili talaffuzi bilan beradi. Bu hodisa shoirning nafaqat shoir 
muxammaslari, balki uning lirik janrlardagi asarlarida, asosan g‘azallarida ham 
namoyon bo‘ladi. Shoir biror o‘rinda «yo‘q», «tut», «bermoqqa», «olmoqqa», 
«sindirgan» kabi so‘zlarni ishlatmaydi, uning o‘rniga «yo‘x», «dut», «vermag‘a», 
«olmag‘a», «sinduran» istilohlarini qo‘llaydi. Shuningdek, G‘oziy o‘z she’rlarida 
o‘zbek va ozarbayjon tiliga (o‘g‘uz lahjasiga) umumiy bo‘lgan ba’zi umumiy 
so‘zlarni ozarbayjon talaffuzida ishlatish bilan cheklanmay, ozarbayjon tiliga xos 
bo‘lgan so‘zlarni ham ishlatadi. Chunonchi, «do‘ndurub», «bengzamaz», 
«alimdin», «o‘lduqcha», «cho‘x», «duta olmam» va hokazo shu kabilar. 
Shoir o‘ziga “G‘oziy” degan taxallus tanlab, o‘zining din yo‘lida jaholat 
bilan kurashuvi va g‘olib chiquvchi ekanligini e’lon qilgan. Bunday taxallus 
tanlash tasodifan qabul qilingan qaror emas edi. U dinga kirmagan dinsizlarga 
qarshigina emas, johillarga qarshi, dunyoga qattiq ko‘ngil bergan g‘ofillarga 
qarshi, jannat ta’ma qiluvchi nodonlarga qarshi, riyokor zohidlarga qarshi g‘azot 
e’lon qilgan. Ma’rifat nuri jaholat zulmatini engishga uning iymoni komil. O‘zi 
ma’rifat talabida yo‘lchi va ma’rifat yoyuvchi ekan, demak, u G‘oziy. Ma’rifat 
tushunchasi dunyo va oxirat, butun borliq tushunchalaridan ko‘ra kengroq. U butun 
borliqni yaratguchi zotga talabgorni yaqin etuvchi, oshno etuvchi vosita. Shu 
boisdan shoir uyg‘oq qalbining rohati uchun faqat ma’rifat istaydi: 
Farog‘at istasang kech hosili dunyovu uqbodin, 
Bir ohi sard ila ikki jahon raxtini barbod et. 
 [G‘oziy. №121. 12 a.]
Mumtoz shoirlar an’analariga taqlid etib, shoir faqirlik bilan o‘z qalbini yoki 
ma’rifattalab solik qalbini “sing‘on safol”, yoxud “sing‘an kosa” deb ataydi. 
Ammo, bu “sing‘an kosa” unga Shoh Jamshidning jomi jahonnamosidan afzal, 
majusiy bo‘lsa ham, Yor ishqida yonganidan to‘plangan gulxan kuli Shoh 
Doroning taxti murassa’sidan afzal. U o‘zi anglagan va qalbini to‘ldirgan 
muhabbat Doroyu Jamshid davlatlaridan ham ziyoda ekanligini faxr bilan qayd 
etadi. Mana shu mazmundagi ba’zi baytlar: 
-
Muyassar bo‘lsa sing‘an kosau gulxan kuli G‘oziy, 
Havoyi taxti Doro, orzui jomi Jam qilmaz;
[G‘oziy. №121. 27 a.] 
-
Masnadim gulxan kulidur, sog‘arim sing‘on safol, 
85
А.Қаюмов тадқиқотида Ғозийнинг ушбу ғазали мисол тариқасида келтирилган, аммо Фузулийнинг қайси 
ғазалига татаббуъ экани белгиланмаган. Қаранг: А.Қаюмов. Асарлар. 7-Жилд. – Т.Мумтоз сўз, 2010. –Б.65. 


865 
Oncha men topdim bu davlat topmadi Dorou Jam.

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   394   395   396   397   398   399   400   401   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin