863
Akademik Vohid Zohidov to‘g‘ri ta’kidlaganidek, bu ajoyib so‘z san’atkori
ayniqsa, 18–19-asrlarda yashab ijod qilgan o‘zbek shoirlarga katta ta’sir o‘tkazgan.
Fuzuliyning shirali tili, g‘azallaridagi
ravon uslubi, ishq dardiga to‘la otashin
satrlari deyarli barcha shoirlar ijodiga, ayniqsa, G‘oziyning she’riyatida chuqur iz
qoldirgan. “Kima”, “holima”, “etmaz”, “cho‘x”, “ver”, “dushdim” va hokazolar
qator o‘zbek shoirlari ijodiga bevosita o‘sha ustoddan kirib keladi. Fuzuliy
she’rlariga muxammaslar yoziladi”
83
.
G‘oziyning turkiy g‘azallarining asosiy qismi Fuzuliy va Navoiy
g‘azallariga izdoshlik yo‘lida bitilgan. Bu holat Qo‘qon
adabiy muhitidagi
ijodkorlarning ko‘pchiligida mushohada etiladi. Ayniqsa, Amiriy, Gulxaniy,
Nodira she’riyatida Fuzuliy va Navoiyga izdoshlik jarayoni yaqqol ko‘zga
tashlanadi. Fuzuliyning uslubi G‘oziyning she’riyatida katta ta’sir ko‘rsatgani ham
ushbu xulosani yanada quvvatlantiradi. Bu haqda A. Qayumov shunday yozadi:
«G‘oziy asarlarini o‘rganib chiqish natijasida uning ijodi mashhur ozarbayjon
shoiri Muhammad Fuzuliy she’rlarining katta ta’siri ostida rivoj topganini ko‘rish
mumkin. Fuzuliy she’rlaridagi to‘lqinlantiruvchi kuch, o‘ynoqilik chuqur mazmun
va dard o‘tining harorati G‘oziy she’rlarida ham o‘z izini qoldirgan. G‘oziy o‘z
she’rlarining mazmuni bilan ham, dunyoga atrofdagi muhitga munosabatini
ko‘rsatishda ham, shuningdek badiiy so‘z tizmalarini tuzish va hatto ayrim so‘z va
ifodalarini ishlatishda ham Fuzuliy yo‘li va uslubini qo‘lladi. Fuzuliyona
tarannnum etishga urindi. Bu hol uning Fuzuliy g‘azallariga bog‘lagan
muxammaslarida, ayniqsa ochiq ko‘rinib turadi».
84
G‘oziyning Fuzuliy ijodidan ta’sirini ikki shaklda ko‘rish mumkin:
birinchidan, shoir Fuzuliyning ijodidan ilhomlanib o‘zi mustaqil g‘azallar va
tatabbular yozgan bo‘lsa, ikkinchi holatda Fuzuliyning ayrim g‘azallariga taxmislar
bog‘lagani bilan izohlanadi.
Akademik Aziz Qayumov to‘g‘ri ta’kidlaganidek, “Fuzuliyning ta’siri
G‘oziyning original asarlarida ham ochiq ko‘rinib turibdi”:
Dostları ilə paylaş: